1. Aholi sonini prognozlashning qanday usullari bilasiz


Download 74.5 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1615353
  1   2
Bog'liq
Asenova Statistika 17 variant


1.Aholi sonini prognozlashning qanday usullari bilasiz.

Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi, shaxsiy iste‘mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolarni rivojlantirish rejalashtiriladi. Хullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bogliq.


―Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini, turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashki iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish.
Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziqovqat mahsulotlari iste‘mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho‘jaligi, aholiga maishiy hizmat ko‘rsatish, ta‘lim, madaniyat, san‘at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni muhofaza qilish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun kup qirrali asos bulib hizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq ho‘jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik prognozlar aholi harakati va mehnat resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab oladi. Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, tugilish, hududiy harakati tugrisidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida kurib chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi, aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.
Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari hajmi va strukturasi, iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta‘limi, sogliqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil boglangan.
Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin.
Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya‘ni tugilishlar va ulishlar soni, hududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent yetarlidir.
Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling