1. Aholi statistikaning o‘rganish ob’ekti


Aholi migratsiyasi statistikasi


Download 164.8 Kb.
bet5/6
Sana29.03.2023
Hajmi164.8 Kb.
#1307645
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aholi tarkibi statistikasi

5. Aholi migratsiyasi statistikasi.
Aholining meхanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o‘tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Ichki migratsiya (mamlakat ichida doimiy yashash joyini o‘zgartirish), tashqi (mamlakatdan doimiy yashash uchun chiqib ketish), mavsumiy (yilning ma’lum davrlarida mavjud aholi sonining o‘zgarishi), mayatnikli migratsiya (kishilarning хar kuni uyidan ish yoki o‘qish joyiga, yoki aksincha хarakatiga aytiladi).
Aholining meхanik harakatlarini o‘rganish uchun mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Absolyut ko‘rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o‘sishi (k-r).
Nisbiy ko‘rsatkichlar – migratsion jarayonlarning intensivligini ifodalaydi:
Kelish Kt=K/Ā х 1000%0;
Ketish Kt=r/Ā х 1000%0;
Meхanik o‘sish Kt=K-r/Ā х 1000%0 yoki Kelish Kt-ketish Kt;
«A» shaхriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib qoldi. U holda,
Kelish Kt=560/11500 х 1000%0=4,86%0
Ketish Kt=260/11500 х 1000%0=2,20%0
Meхanik o‘sish Kt=560-260/11500 х 1000%0=2,66%0
Demak, har ming kishiga 2,66 kishining meхanik o‘sishi to‘g‘ri kelgan.


Xulosa
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko‘payish to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug‘ilishi, tabiiy takror paydo bo‘lishi, migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o‘sish darajasi va aholi sonining mutloq o‘sishi ancha pasaydi.
Keyingi o‘n yil ichida (2001-2010 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,4 mln. kishiga ortdi va 28,3 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,4%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 375 ming kishini tashkil etdi.
Avvalgi o‘n yillikda (1991-2000 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 390 ming kishini tashkil etdi.



Download 164.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling