1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarning o’rni


Download 155.47 Kb.
bet3/3
Sana01.06.2020
Hajmi155.47 Kb.
#112748
1   2   3
Bog'liq
Marufjon course work2


Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining xarajatlarini va mablag’lari sarfini makroiqtisodiy va tarkibiy tahlil qilish tadqiqot ishining predmetini tashkil etishini inobatga olgan holda, quyidagi 5-jadvalda aynan mazkur jamg’arma xarajatlarining byudjet tizimi byudjetlari xarajtlaridagi tutgan o’rni tahlili keltirilgan.

7-jadval ma’lumotlaridan anglash mumkinki, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasining umumiy salmoqdagi tutgan orni juda kichikdir. 2015-yilda atigi 0,06 foiz, 2017-yilga belib birmunch yuqorilash kuzatilgan 0,07 foiz. 2017-yilda tashkil etilgan va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yana bir jamg’arma Jamoat ishlari jamg'armasining jamidagi ulushi 0.04 foizni tashkil etgan. Bu ikki jamg’armaning jami byudjet tizimi byudjetlaridagi ulushi 2017-yilda 0,11 foizni tashkil etmoqda. Bu mutloq miqdorlarda qaraganda anchayin yuqori, biroq ulush hisobida davlat byudjeti tizimi xarajatlarining atigi mingdan bir ulushidir. Mazkur xarajatlarning aynan qaysi yo’nalishlar bo’yicha tarkibiy tahlilini quyidagi jadvalda aks ettirilgan.



Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi xarajatlarining tarkibiy tahlili (foizda)26

8-jadval

t/r

Xarajatlar yo'nalishlari

2012-y

2013-y

2014-y

2015-y

2016-y

2017-y

1

Ishsizlik nafaqalarini to’lash

1,30

1,98

2,16

2,66

4,00

5,21

2

Ishsizlarni haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish xarajatlari

0,17

0,53

0,68

0,67

1,04

0,96

3

Muddatidan oldin pensiya xarajatlarini to’lash

0,17

0,12

0,11

0,10

0,41

0,31

4

Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va o’quv xarajatlari

1,94

7,43

8,31

8,58

8,71

9,39

5

Bandlikka ko’maklashish markazlari hamda byurolarni saqlash xarajatlari

87,94

83,66

76,12

81,01

71,08

73,40

6

Nogironlarga ixtisoslashtirilgan ish o’rinlarini tashkil etish tadbirlarini qisman moliyalashtirish

0,00

0,00

0,00

0,00

0,00

0,00

7

Boshqa xarajatlar

8,49

6,27

12,63

6,98

14,76

10,73

Jami xarajatlar

100,00

100,00

100,00

100,00

100,00

100,00

2012-2017 yillarda jamg’arma xarajatlarining aksariyat qismi Bandlikka ko’maklashish markazlari hamda byurolarni saqlashga sarflangan bo’lib, uning jami xarajatlardagi salmog’i 2012-yilda 87.94 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017-yilga kelib, 73.4 fozini tashkil etgan. Eng mulohazali tomoni esa mazkur yillarda jamg’armaning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lgan nogironlarga ixtisoslashtirilgan ish o’rinlarini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirishga mutlaqo mablag’ sarflanmagan. Ulush jihatdan ikkinchi turuvchi xarajat esa ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va o’quv xarajatlari bo’lib, jamidagi ulushi 2017-yilda 9.39 foizdir, ishsizlik nafaqalarini to’lashga jamg’armaning 5.21 foiz mablag’lari yo’naltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001-sonli Qaroriga binoan 2018-yildan boshlab, Bandlikka ko’maklashish markazlari hamda byurolarni saqlash xarajatlari bevosita davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirila boshlandi va jamg’arma mablag’lari to’liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan funksional vazifasini amalga oshirishga yo’naltiriladigan bo’ldi. Bu esa jamg’armaning aholi bandligini ta’minlash borasidagi ahamiyati va o’rnini oshishiga sabab bo’ladi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida”gi PF – 4947 – sonli Farmonida ham ishsizlik muammosini hal etish borasida aholi bandligini ta’minlash dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo’lgan tuman va shaharlar ro’yxatini aniqlash, ushbu tumanlarda aholi bandligi dasturlarining manzilli ro’yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo’jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari uchun yangi «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish orqali aholining ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash ishlari belgilab olingan (9-jadval).



Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining asosiy xarajatlari fuqarolarning ishdan mahrum bo’lgan chog’dagi ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashdan iboratdir

2017-yilda Aholi bandligini taminlash Davlat dasturiga binoan Bandlikka komaklashish davlat jamgarmasidan yonaltirilgan mablaglar27

9-jadval

Asosiy ko'rsatkichlar

1-loyiha

2-loyiha

Amalga oshiriladigan chora-tadbir

Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag’lari hisobiga tashkil etilgan) kasb-hunarga o’qitish markazlarida mehnat resurslari ko’p bo’lgan tumanlarning kamida 300 nafar ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarga qayta o’qitish.

Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya
va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablag’lari va imtiyozli kreditlarini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.
Har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish va qayta tayyorlash bo’yicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashg’ulotlardan bo’sh vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.

Amalga oshirish muddati

2017-yilda

Dasturni ishlab chiqish
2017 yil I chorak. Amalga oshirish 2017-2020
yillar

Ijrochi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, OvaO’MTV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mablag' miqdori

4000 mln.so'm

8,5 mln.doll. (o’rtacha
1 ta markazni tashkil etish uchun)
3 000,0

Moliyalashtirish manbai

Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari

Grant mablag’lari,
Xalqaro moliya tashkilotlari kreditlari
Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari

Bunday ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning quyidagi toifalariga beriladi:

  • ishdan mahrum bo’lgan, birinchi bor ish qidirayotgan, shuningdek uzoq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan fuqarolarga:

  • korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan bo’shatilgan xodimlarga imtiyozlar berilishidan;

  • kasb-kor o’rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to’lanishidan hamda shu davr umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qo’shilishidan;

  • ishsizlik nafaqalari to’lanishidan;

  • ishsizga qaramog’idagilarni hisobga olgan holda yordam berilishidan;

  • haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatidan;

  • aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmatining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy tarzda boshqa joyga ko’chishi bilan bog’liq xarajatlarning qoplanishidan iborat ijtimoiy kafolatlarni ta’minlaydi.

Ishsizlik nafaqasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 65-moddasiga muvofiq, ishsiz deb e'tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatdan o'tgan kundan e'tiboran tayinlanadi. Qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to'lanadigan jamoat ishlarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kechi bilan o'n birinchi kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi ko'pi bilan:



  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o'n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o'n uch kalendar hafta mobaynida to'lanadi.

Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo'llanma olish uchun murojaat qilishi shart.

O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra, ishsizlik nafaqasining miqdori quyidagi ishsiz fuqarolar toifalariga qarab farqlanadi:



  • Ishdan va ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslarga;

  • Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo’shatilgan shaxslarga;

  • Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga;

  • Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga;

  • Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgan, malaka oshirishni tugatgan shaxslarga qarab farqlanadi.

Ishdan va ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan va nafaqani hisoblash paytida O’zbekiston Respublikasida tarkib topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to’lash kafolatlanadi. Bu holda fuqaroning oxirgi 12 oydagi jami ish haqi miqdori 10 654 000 so’mni tashkil etsa, uning o’rtacha oylik ish haqisi (10 654 000/12=887 833) 887 833 so’mni tashkil etadi. Shundan 50%i, ya’ni 443 917 so’m ushbu fuqaroning ishsizlik nafaqasi miqdori hisoblanadi.

Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslar ishdan va ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslarga belgilangan shartlarda va miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Masalan, fuqaro muddatli harbiy xizmatga ketishidan oldin MChJ da hisobchi bo’lib ishlagan va uning oylik ish haqisi 650 000 so’mi, oxirgi 12 oy uchun esa, 7 800 000 so’mi tashkil etsin. Shunda uning o’rtacha oylik ish haqi miqdori (7 800 000 /12=660 000) 660 000 so’mi, ishsizlik nafaqasi miqdori esa, (660 000 so’mning 50%i) 330 000 so’mni tashkil etadi.28



  • Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo’ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori mutaxassisligi bo’lgan shaxslar uchun, shuningdek o’n ikki oy mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n ikki kalendar haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmaganmiqdorda (ya’ni 172240 so’mdan kam bo’lmagan), boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo’lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining yetmish besh foizi miqdorida tayinlanadi.



Xulosa

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi har ikkala jamg’armaning o’rni beqiyosdir. O‘zbekistonda avlodlar birdamligiga asoslangan taqsimlanuvchi pensiya tizimi va ixtiyoriy va majburiy xususiyatlarga ega jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Davlat kafolati ostida nodavlat pensiya tizimini yaratish kelajakda pensiya tizimini barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarini amalga oshirilishi natijasida 2019 yilda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining 35 foizdan ortiq qismi bo‘yicha tushumlarning kelib tushmasligi hamda, buning oqibatida, yetishmayotgan mablag‘larning davlat byudjeti hisobidan subsidiyalanishiga olib keladi. Mazkur holatning oldini olish yoki salbiy oqibatlari ko‘lamini qisqartirish uchun iqtisodiy faol aholi tomonidan davlat pensiya ta'minoti tizimiga ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirishning maqbul mexanizmlarini tatbiq etish orqali, iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi ish haqini legallashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda umumiy aholi tarkibida pensiya yoshidagi aholining ulushi keskin ortib bormoqda. So‘nggi yillarda yoshga doir yangi tayinlangan pensiyalarning o‘rtacha yillik soni 220 ming nafardan ortib, umumiy holda oxirgi 10 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 baravarga oshgan. Ayni paytda O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshi dunyo mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda. Holbuki,26 tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xorijiy davlatlarda, shu jumladan rivojlangan mamlakatlarda pensiyaga chiqish yoshi nisbatan yuqori hisoblanadi. Jahonda, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish yoshining o‘sayotganligi, bunga mos ravishda pensiya to‘lov davrining oshib borayotgan bir vaqtda pensiya yoshi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oralig‘idagi davr ya'ni pensiya to‘lovi davrining o‘zgarishiga qarab yoshga doir pensiya olish huquqini beruvchi pensiya yoshini oshirib borish pensiya ta'minotining moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Davlat pensiyalarini hisoblashda ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qilish o‘rinli. Jumladan pensiyalarni hisoblashda ma'lumki taqdim etilgan ish haqilarning oxirgi o‘n yillikdan ketma-ket 5 yilligi (60 oy) olinadi. Berilgan taklifga ko‘ra taqdim etilgan jami mehnat stajlaridan o‘zi xohlagan ketma-ket 10 yilligini (120 oy) tanlash orqali pensiya hisobkitob qilinishi bo‘lajak pensioner uchun, pensiya miqdori uchun foyda bo‘lib xizmat qiladi.

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash mexanizmini takomillashtirish, berilayotgan imtiyozlarni qaytadan ko‘rib chiqish, shuningdek, pensiyalarni hisoblash, tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq amaliyotlarda pensioner va Pensiya jamg‘armasi o‘rtasida ko‘plab nizolar kelib chiqmoqda. “Pensiya Ombudsmani”ni joriy etish esa mazkur muammolarni bartaraf etishga imkon beradi.

Bandlikka komaklashish jamg’armasiga beriladigan xulosaviy takliflar sifatida quyidagilar:



  • Hozirgi kunda jamg’arma daromadlari byudjet tizimi byudjetlari tarkibida juda kam ulushga egaligini inobatga olib, jamg’arma daromadlari bazalarini kengaytirish zarur. Xususan, belgilangan yagona ijtimoiy to’lovning Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga yo’naltiriladigan qismini 0,1 punktga oshirish, bu holda jamg’arma daromadlari 1.5-1.6 barobarga ortadi va o’zining funksional vazifasini to’laroq amalga oshiradi;

  • 2013-2017 yillardagi jamg’arma xarajatlari tarkibida nogironlarni kasbga o’qitish xarajatlariga mutlaqo mablag’ yo’naltirlmagan, jamg’arma mablag’lari hisobidan mazkur tizimga imkon qadar ko’proq mablag’ yo’naltirilsa, jamiyatdagi ijtimimoiy muammolarning kamayishiga zamin yaratgan bo’linar edi;

  • Amalda Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan investitsion maqsadlarda foydalanish darajasi past darajada, jamg’arma daromadlarini eng past riskli moliyaviy aktivlarga joylashtirish mexanizmlari takomillashtirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi;

  • Jamg’arma xarajatlariningtarkibida bandlikka ko’maklashihs davlat jamg’armasining faoliyatini saqlab turish xarajatlari qariyb 80 foizli ulushni tashkil etgan, mu esa jamg’arma mablag’lari fondning funksiona vazifalarini bajarishga to’siq bo’ladi, mazkur xarajatni davlat byudjetidan moliyalashtirishga o’tkazish zarur. Bu chora-tadbir orqali jamg’arma o’zining amaliy vazifalarini kengroq ijro etishni boshagan bo’lar edi;

  • Muddatidan oldin tayinlanuvchi pensiyani moliyaviy qoplashni Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasidan amalga oshirish, adolat prinsiplariga birmuncha mos kelmaydi, sababi mazkur jamg’arma pensiyalarni to’lovchi jamg’arma emas, balki aholining bandligini ta’minlovchi jamg’armadir;

Umuman olganda, mavzuga xulosa sifatida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mamlakatda Pensiya jamg’armasi bilan bir xil mavqega ega bo’lgan jamg’arma qatoriga kirishi zarur. Mazkur jamg’armaning daromadlar bazasi keng hamda moliyaviy resurslari yuqori bo’lsa, mamlakatda ishsizlik muammosi hal etilishiga katta turtki bo’lar edi nazarimda.


Foydalanilgan adabiyotlar



I.Me’yoriy-huquqiy hujjatlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “Xalq so‘zi” gazetasi, 1992 yil 15 dekabr, 243 (494)-son (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 1-songa ilova (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  3. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 52 (I)-son (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  4. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  5. O'zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 1-songa ilova).

  6. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya taminoti to‘g‘risidagi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 338-modda (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-maydagi “2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1542–son qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 22-23 son, 229-modda.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli Qarori.

  10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank boshqaruvining “Yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qo‘shma qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 14-son, 172-modda (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 13 oktyabrda 831-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganMehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

  12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrda “O’zbekiston Respublikasida Bandlikni ko’maklashish davlat jamg'armasini tashkil etish to'g'risida”gi 606-sonli Qarori.

  13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001-sonli Qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda).

  14. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona g’azna hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarishni tartibga solish to’g’risida”gi 383-sonli Qarori. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 09/18/383/1265-son).

  15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli “2015 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va byudjet parametrlari to‘g‘risidagi” Qarori.

  16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli “2016 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va byudjet parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida tuzildi.

  17. 2016 yil 13-dekabrda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yalpi yig’ilishida qabul qilingan“2017-yil Aholi bandligi dasturi”.

II.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017 yil 23 dekabr.

  2. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” – Toshkent. O‘zbekiston, 2016. -56 b;

  3. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” Toshkent. O‘zbekiston”, 2017. -48 b;

  4. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent. O‘zbekiston”, 2017. -104 b.

  5. Bozorov A.R., Madixonov Sh.O. Aholi bandligini ta’minlash iqtisodiy munosabatlarning yetuklik darajasini belgilovchi muhim omil. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №3, iyun, 2017 yil.

III.Darslik va o‘quv adabiyotlari:

  1. Abduraxmonov Q. X. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. –T.: Fan va texnologiya. 2012. –B.75-76.

  2. Vaxabov A., Malikov T. “Moliya”, Darslik. T: “Noshir”, 2011 y. B. 440.

  3. Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O’quv qo’llanma. T:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2014. 270 b.

  4. Солин В.Н., Шпаковская Е.П.Социално-экономическая статистика: Учебник.–М.: Юрист. 2011. –-323 с.

  5. Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013.

  6. “Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” 1948-yil 10-dekabr. 23-25-modda.

  7. Saidov.A.X., Mirzaev G’.A. Demokratik va xalqchil qomus. (Konstitutsiya haqida muhim ma’lumotlar) targ’ibotchilar uchun qo’llanma.. – T.: TDIU. 2012. –325 b.

  8. Гулина М.А. Словар-справочник по социалной работе./ Переводчик Николай Марчук. –Питер. 2008.  400 с.

  9. Baev X.I. Aholini ijtimoiy himoyalashni tashkil etish va boshqarish muammolari. Monografiya. –T.: Iqtisodiyot. 2012. –B.11-12.

  10. Djumanova R.F. Aholi turmush darajasi: ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari. // Iqtisod fanlari nomzodi olish uchun diss. avtoreferati. –T.: 2008. –B.11.

  11. Kasimova. G.A. Ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari. Monografiya. Iqtisod-moliya. T. 2008. –B.235.

  12. Mirzamahmudov M.M. Maqsadli jamg‘armalardan foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish. Monografiya. -T.: «IQTISOD-MOLIYA». 2013.-112 b.;

IV.Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar):

  1. Shaimaa Yassin., François Langot. Informality, public employment and employment protection in developing countries. Journal of Comparative Economics. 46 (2018). P. 327. 326-348 pages.

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0147596717300914

  1. Tog’aev B. Hufyona iqtisodiyotni kamaytirish – iqtisodiy taraqqiyot omili. \\ Moliya. . -Toshkent. 2015. №2. –B.134.

  2. Abdullaev Z. O’zbekistonning 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari kelgusi taraqqiyoti mustahkam zamindir. \\ Moliya. -Toshkent. 2016. -№1. – B.10.

  3. Ageing Report / European Commission. 2013; Social Programs throughout the World / Social Security Administration and International Social Security Association.2013.

  4. Development Human Report 2006. http://hdr.undp.org;

  5. Mirzakarimova M. Nogironlar bandligi muammosini hal qilishda ijtimoiy sheriklik. Iqtisod va moliya. - Toshkent. 2013. № 7. – B.35-41.

  6. Nurmuxamedova B. Aholi turmush farovonligini oshirishdagi ijtimoiy hamkorlik yo‘nalishlari. Ijtimoiy hamkorlik - iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish omili. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2014 yil. 16 aprel. -B.76-78.

V.Internet saytlari:

  1. http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi).

  2. http://www.treasury.uz (Moliya vazirligi G’arnachiligi).

  3. http://www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali).

  4. http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  5. http://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi Qo‘mitasi).

  6. http://http://www.soliq.uz/uz (O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi).

  7. http://www.mehnat.uz (Mehnat va bandlik masalalari vazirligi);

  8. http://hdr.undp.org (United Nations development project).

  9. http://www.norma.uz (Norma axborot-huquqiy portali).

  10. https://www.sciencedirect.com (Xalqaro ilmiy maqolalar qidiruv bazasi).




1 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 37-modda. “Xalq so’zi” gazetasi, 1992 yil 15 dekabr, 243 (494)-son

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

3 Vaxabov A., Malikov T. “Moliya”, Darslik. T: “Noshir”, 2011 y. B. 440

4 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrda “O'zbekiston Respublikasida Bandlikni ko’maklashish davlat jamg'armasini tashkil etish to'g'risida”gi 606-sonli Qarori.

5 O'zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonuni, 6-modda.

6 O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 40-modda. (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 52-I-son; 2014 y., 36-son, 452-modda).

7 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001-sonli Qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda).

8

9 Xaitov A., Ziyadulaev M. O’zbekistonda pensiya ta’minoti va xorijiy tajribasi. O’quv qo’llanma. – T.: “Adolat”. 2009. –B O’zbekiston Respublikasi fuqarolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti

10

11 Jun Peng. Stаte аnd Lоcаl Pensiоn Fund Mаnаgement. Аuerbаch Publicаtiоns. USА, 2008. P.85

12 Kаsimоvа G.А., Bоtirоv А.А. Jаmg‘аrib bоrilаdigаn pensiyа tа’minоti. Mоnоgrаfiyа. «TАMАDDUN». T., 2015. 118 b

13 Mexmonov S., Toshmuxаmedovа D. Dаvlаt byudjetidаn ijtimoiy sohаni qo’llаb-quvаtlаshning o’zigа xos xususiyаtlаri. Mаmlаkаtimizning iqtisodiy tаrаqqqiyoti vа аholi fаrovonligini tа’minlаsh: yutuqlаr, tendentsiyа vа istiqbollаr. B.A. Begаlovning umumiy rаhbаrligi vа tаhriri ostidа. Ilmiy-ommаbop risolа. – T.: IQTISOD-MOLIYA. 2016.

14 O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil. 26 dekabr. 10 bob. 53-modda.

15

16

17

18

19

20

21



22

23 O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. -T.: Adolat. 2013. 305-modda.

24 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001-sonli Qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda).

25

26

27 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

28 Qonun hujjatlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi.

Download 155.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling