1. Aliment miqdori va uning to’lash usullari


Download 16.58 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi16.58 Kb.
#1549164
  1   2   3
Bog'liq
1 (2)


1.Aliment miqdori va uning to’lash usullari
Aliment miqdori, uni to‘lash usuli va tartibi. Kelishuvga muvofiq, voyaga yetmagan bolalar uchun belgilanadigan aliment miqdori ular sud tartibida undirganda olishi mumkin bo‘lgan aliment miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Bu miqdor Oila kodeksining 99-moddasiga asosan belgilab qo‘yilgan va bir bola uchun eng kam oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadning ¼ qismini, ikki bola uchun 1/3 qismini va uchta hamda undan ortiq bola uchun ½ qismini tashkil qiladi. Bunda alimentlar ish haqi yoki boshqa daromadga nisbatan hissada, aytaylik, har oyda yoki har chorakda to‘lanadigan qat’iy pul miqdorida va boshqa usullarda to‘lanishi nazarda tutiladi. Aliment miqdorini indekslash tartibi. Indekslashning eng keng tarqalgan usuli – aliment miqdorini eng kam ish haqiga yoki chet el valutasi kursiga bog‘liq qilib qo‘yishda ifodalanadi. Aliment kelishuvini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi. Kelishuv, tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan, istalgan paytda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shuning uchun ham kelishuv tuzilgan tartibda amalga oshirilishi kerak. Tomonlarning moddiy yoki oilaviy ahvoli jiddiy ravishda o‘zgargan hamda aliment kelishuvini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan holatlarda manfaatdor tomon ushbu kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Aliment to‘lash va undirish tartibi Oila kodeksining 135-moddasiga binoan, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o‘z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘laydi. Amaldagi oila qonunchiligida aliment bo‘yicha nizo bo‘lmagan hollarda, uni ixtiyoriy ravishda to‘lashning umumiy tartiblari belgilangan. Qonunga asosan, ixtiyoriy tartibda mablag‘, bolalar bilan bir qatorda, qonun bilan belgilangan hollarda er-xotindan biriga, ota-onalarga, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlarga ham berilishi mumkin. Qonun voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini alohida himoya qiladi. Aliment to‘lovchining arizasiga muvofiq ish joyidagi yoxud u pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joydagi ma’muriyat orqali to‘lanishi mumkin. Ixtiyoriy tartibda to‘lanayotgan aliment nafaqat bolalar va erxotinlarning, shuningdek, qarindoshlar va boshqa shaxslarning ham aliment majburiyatlari hisoblanadi. Alimentning ixtiyoriy ravishda to‘lab turilishi aliment undiruvchini xohlagan vaqtda aliment undirish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi. Alimentni sud tartibida undirish – Oila kodeksining 96-129-moddalarida belgilanganidek, oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari to‘g‘risida, aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv bo‘lmasa, u holda aliment to‘lash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etish mumkin. Oila kodeksining 136-moddasida alimentni sud tartibida undirishga oid qoidalar belgilab qo‘yilgan. Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Aliment da’vo taqdim etilgan kundan boshlab undiriladi. Aliment undirishning sud tartibi aliment talab etish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar manfaati va boshqa oila a’zolarining huquqlarini himoya qiluvchi kafolat hisoblanadi. Aliment undirish huquqi qachon vujudga kelganidan va undan keyin qancha muddat o‘tgan bo‘lishidan qat’i nazar, aliment olishga haqli bo‘lgan shaxs yoki uning vakili xohlagan vaqtida sudga murojaat qilishga haqlidir.

Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling