1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi


Download 119.5 Kb.
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1698792
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar

Fizik-kimyoviy xossalari


Ko‘pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini o\diruvchi), xidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda. SHu bilan birga rangli (barberin to‘q sariq rangga bo‘yalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam bo‘ladi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‘lishi kerak, kislorod bo‘lishi shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar ko‘pincha suyuq, xidli va uchuvchan, kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda bo‘ladi.
O‘simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‘rinishda uchraydi:
1. Sof (asos) xolida
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida.
3. Azot atomi bo‘yicha oksidlangan N-oksid shaklida.
O‘simlik to‘qimasida alkaloidlar ko‘pincha organik (oksalat, olma, limon, vino), mineral (sulfat, fosfat va boshqalar) va ba’zan o‘simliklarning o‘ziga xos (likon, xin, xilidon) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi.
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. SHu bilan birga suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) ham uchraydi.
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (110-11 va undan yuqori) bo‘ladi. SHuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada tur\un bo‘lgan birikmali tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bo‘lgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin) kislotalar ta’sirida tur\un bo‘lmagan tuzlar beradi. Natijada bu birikmalar suvli eritmalarda tezda parchalanib ketadi.
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o‘z tuzlaridan boshqa asoslar (xatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari ham) ta’sirida osonlik bilan siqib chikariladi.
O‘simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alakaloidlar ham uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta’sirida suvda eriydigan fenolit tipidagi birikma hosil bo‘ladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda xisobga olinishi mumkin.

Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling