1. Aloq-chaloq so‘zi quyidagi qaysi so‘z bilan birikma hosil qila oladi?


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1604274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test javobsiz



Ona tili va adabiyot
1. Aloq-chaloq so‘zi quyidagi qaysi so‘z bilan birikma 
hosil qila oladi? 
A) gap
B) yozuv 
C) tush
D) qadam 
 
2. Qaysi gapda urg‘uni noto‘g‘ri qo‘llash gapning 
mazmunini o'zgartirib yuboradi? 
A) Dono olg‘a bora turib orqaga qarab qo‘yadi. 
B) Zilday zamin darz ketibdi qilday zamin dastidan. 
C) 0‘zi suvi oz, qaynatma sho‘rvaga aylantirib yuborasan. 
D) Aytilmagan bir qo‘shiqsan, Jayhundirsan, 
Sayhundirsan. 
 
3. Andijonda o‘t yoqsam, 0‘shda tutuni.
Ushbu gapda ot so‘z turkumiga mansub so‘zlar qanday 
gap bo'laklari vazifasida kelgan? 
A) hol, ega 
B) hol, ega, kesim 
C) hol, to‘ldiruvchi, kesim 
D) hol, ega, to'ldiruvchi 
4. Qaysi bitishuvli birikmaning tobe qismida ikkita 
nisbat qo‘shimchasi mavjud? 
A) chaqiriladigan mehmon 
B) yarashtirish kuni 
C) pishiriladigan ovqat 
D) she’rning chop etilishi 
5. Qaysi qatordagi gapda fe’lning vazifa turlaridan 
barchasi ishtirok etgan? 
A) Bola boshini qo'llari orqasiga qo'yib, Boysun tog‘i uzra 
charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. 
B) Malol kelib, qo‘l uchida qilgan ishlaridan ota-onalari 
norozi bo'lishsa, uzr so‘rash o‘rniga to‘ng‘illab beraverdi. 
C) Eshon otasining vasiyatiga amal qilib, to‘rdan joy 
tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo‘lib 
yetishibdi. 
D) Shoir ijodiy faoliyati bilan XV asr o‘zbek adabiyotini 
mislsiz taraqqiyot cho'qqilariga ko‘tarib, renossans deb 
atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotida burilish 
yasadi. 
6.
Bildimki, baridan ulug'im o‘zing, 
Bildimki, yaqini shu tuproq menga. 
Bahorda Baxmalda tug'ilgan qo‘zing 
Arab ohusidan azizroq menga. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling