1-амалий иш Мавзу: Компьютерларнинг ташкилий қисмлари, асосий кўрсаткичлари ва хусусиятлари
Download 38.04 Kb.
|
1-амалий иш КТЭ
S haxsiy Kompyuterlar-hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil qiladi.
U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: sistema bloki monitor klaviatura sichqoncha tashqi qurilmalar Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir: Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1 Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi. Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki). Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver) Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver) Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin. Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir. Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Noutbuk kompyuterlar- bu kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Download 38.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling