1-Amaliy dars print, sinteks va arifmetik amallar


Download 39.81 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi39.81 Kb.
#1303590
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-dars Amaliy mashg\'ulot


1-Amaliy dars. print(), SINTEKS VA ARIFMETIK AMALLAR
print() funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar

PRINT()
Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz:


print("Assalom alaykum")
Assalom alaykum

Kutilganidek, yuqoridagi kod Assalom alaykum matnini konsolda ko'rsatdi. Keling endi keyingi kodni kiritamiz:




print(Xayrli tong!)
File "", line 1 print(Xayrli tong!) ^ SyntaxError: invalid syntax

Bu safar esa Xayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda? Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq(' ') orasida yozlishi kerak. Demak Xayrli tong! so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod:




print("Xayrli tong!")
Xayrli tong!
yoki
print('Xayrli tong!')
Xayrli tong!
bo'ladi.

Qo'shitrnoq yoki birtirnoq ishlatishning afzalliklaridan biri, agar siz chiqarmoqchi bo'lgan matnda ikkovidan biri qatnashgan bo'lsa, print() funktsyasida ikkinchisidan foydalanasiz. Keling quyidagi misolni ko'ramiz:


In [9]:
print('Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim')
Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim

Yuqoridagi matnda "Dell" so'zi qo'shtirnoq ichida eda. Bu matnni konsolga chiqarish uchun esa, print() funktsyasi ichida matnni birtirnoq ichiga oldik. Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik qo'shtirnoq (""" """) yoki birtirnoqdan (''' ''')foydalanish mumkin:




print("""Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami""")
Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami

Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish.




print("Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami")
Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami

Yuoqridagi matnni birtirnoq orqali ham konsolga chiqarish mumkinmi? Matndagi yo'q, g'am so'zlaridagi birtirnoqlar bunga to'sqinlik qilmaydimi? Qiladi. Buning oldini olish uchun esa matndagi birtirnoq belgisidan avval \ belgisini qo'yish lozim.




print('Odami ersang, demagil odami, \nOniki, yo\'q xalq g\'amidin g\'ami')
Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami

Yuqoridagi kodga e'tibor bergan bo'lsangiz yo'q so'zi yo\'q ko'rinishida g'am so'zi esa g\'am ko'rinishida yozilgan. Umuman olganda \ belgisi har qanday mahsus belgi oldidan qo'yiladi.


Agar yuqordagi kodimizda \ belgisini ishlatmaganimizda natija qanday bo'lar edi?
In [13]:
print('Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami')
File "", line 1 print('Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami') ^ SyntaxError: invalid syntax

Keling shu o'rinda Syntax Error (sinteksda xatolik) haqida ham gaplashaylik.





Download 39.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling