1-Amaliy dars print, sinteks va arifmetik amallar


Download 39.81 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi39.81 Kb.
#1303590
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-dars Amaliy mashg\'ulot

Operator

Tavsif

Misol

+

Qo'shish

5+6=11

-

Ayirish

5-6=-1

*

Ko'paytirish

5*6=30

/

Bo'lish

5/6=0.833333

//

Bo'lish va butun qismini olish

5//6=0

**

Exponenta (daraja/ildiz)

5**6=15625

%

Bo'linmaning qoldig'ini olish

15%6=3



print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi:


print("To'qqizning kvadrati", 9**2, "ga teng")
To'qqizning kvadrati 81 ga teng


print('3x3=',3*3)
3x3= 9


IZOHLAR (COMMENTS)
Yaxshi dasturchilarning odatlaridan biri har qanday kodni izohlar bilan tushuntirib ketish. Izohlar kelajakda o'zimiz uchun ham, boshqalar uchun ham dasturimiz qanday ishlashini tushunishda yordam beradi.
Quyidagi ikki misolga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini solishtiring


print(2*5*3.14159)
31.4159


#Radiusi 5 ga teng bo'lgan aylananing uzunligi quyidagicha hisoblanadi
print(2*5*3.14159)
31.4159

Yuqoridagi misolda # belgisidan keyin yozilgan matn izoh (comment) deyiladi.


Izoh alohida qatorda yoki qator oxiridan ham yozilishi mumkin. Python # dan keyingi har qanday matnni (qator oxirigacha) e'tiborsiz qoldiaradi. # dan keyin yozligan kodlar ham bajarilmaydi:


print("Assalom alaykum!") # Bu matn konsolda chiqadi
#Keyingi qator esa bajarilmaydi
#print("Mening ismim Anvar")
Assalom alaykum!



Download 39.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling