1-Amaliy ish. Cho’kindi va sochilma konlar bilan tanishish. Ishning maqsadi
Download 17.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy ish
Allyuvial sochilmalar o’zanli, vohali, terrasali va deltali turlarga ajratiladi. Tepalikdan, yoki boshidan somilma daryo oqimi bo’ylab cho’ziladi. 0,2-0,5mm. va undan yuqori kattalikdagi oltinning yirik donalari sochilmaning boshida qoladi va uzunligi 1-2 m.dan to 10-12km.gacha, 80-90% zahiradan iborat bo’lgan sanoat konlarini hosil qiladi.
Eol sochilmalarininghosil bo‘lishida shamolning ushatmalarni yumalatish va sakratib uchirish yo‘li bilan saralashi eng asosiy omil hisoblanadi. Bunikg allyuvial saralanish jarayonidan farqi shundaki bir xil tezlikdagi shamol suvga qaraganda bir necha yuz marta kichik bo‘lgan zarralarnigina uchira oladi. Shamolning ma’lum tezligida ma’lum kattalikdagi zarrachalargina uchiriladi. Shamolning o‘zgarmas yo‘nalishda esib, qayta-qayta sovurishi natijasida mayda va engil zarrachalar chang holida uchib ketadi, yirik va og‘irroq zarrachalar esa dyuna, barxan va to‘lqinsimon tizmalarning orqa qismida to‘planib qoladi. Eol sochilmalarining xosil bulishi quruq arid iqlimga xos bo‘lib, ko‘pincha dengiz soxillaridagi qirg‘oq bo’yi sochilmalarini uchirib saralash eki cho‘l va saxrolarda elyuvial, prolyuvial va eski allyuvial qoldiqlarni saralash yo‘li bilan vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishida prolyuviy bilan doimo to‘lg‘izib turiladigan botiq releflar ancha qulaylik tug‘diradi. Litorial sochilmalar. Qirg’oqbo’yi sochilmalari ancha katta hajmda (qirg’oqbo’yi, dengiz va okeanlar) bo’ladi. Ushbu sochilmalarning foydali qazilmaga boy qumlari o’nlab million tonnaga etadi. Og’ir minerallar zahiralari esa ba’zan bir necha million tonnaga baholanadi. Zamonaviy qirg’oqbo’yi sochilmalari konlari Avstraliya, Yangi zelandiya, Indoneziya, Shrilanka, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amyerika qirg’oqlari bo’ylab joylashgan. Qirgoq bo‘yi sochilmalari hosil bulishining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki bunda to‘lqin kuchi zo‘r bo‘lganidan bo‘lakchalar ularning solishtirma og‘irligiga qarab saralanar ekan. Shuning uchun faqat og‘ir mineral zarralarining yirikligi ushatqi jins bo‘lakchalari bilan baravar yoki katta bo‘lgandagina, sochilma hosil bo‘lishi mumkin ekan. Dengiz va okean plyaj sochilmalarining xosil bo‘lishi uchun qirg‘oq relefining umumiy keskinligi va tektonik bo‘linganligi qulaylik tug‘diradi. Glyasial sochilmalar materik va tog‘ muzliklarining siljishi xisobiga hosil bo‘ladi. Ammo bunda maxsulot maydalanmaganligi va saralanmaganligi uchun konlar xaddan tashqari kam xosil bo‘ladi. Bunga Alyaskaning oltinli morenalari, AQSH dagi Viskonsiya va Michigan olmosli morenalarigina misol bo‘la oladi. Ba’zi xollarda erigan muz suvlari ularni qisman saralab, flyuvioglyasial sochilmalar xosil qiladi, ammo bularning amaliy ahamiyati juda kam. Bularga misol qilib Yangi Zelandiyadagi ba’zi oltin sochilmalarini va Kanadadagi platina sochilmalarini keltirish mumkin. Glyasial sochilmalar asosan tub konlarni qidiruv ishlarida katta axamiyatga ega. Vazifa: Cho’kindi vasochilma konlarning hosil bo’lishi, unda uchraydigan foydali qazilmalarni o’rganish. Quyidagilar zarur: Ish daftari. Chizg‘ich, qalam tm, ruchka Konlarning geologik xaritasi. Ishni bajarish ketma-ketligi: O‘qituvchi konlar haqida ma’lumot berib, vazifa beradi. Xisobot turi: Talaba dars tugagandan so‘ng yozma shaklda xisobot taqdim etadilar. Download 17.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling