1-Amaliy ish. Detalga qo‘yilgan texnik talablarni hisobga olgan holda texnologik bazani tanlash bo‘yicha misol va masalalar yechish
Download 85.12 Kb.
|
1-Amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-misol.
1-Amaliy ish. Detalga qo‘yilgan texnik talablarni hisobga olgan holda texnologik bazani tanlash bo‘yicha misol va masalalar yechish Qora va toza o’rnatish bazalarini tanlash detalni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqishdagi muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bu ish qoidalarga binoan va muayyan ishlov berish sharoitlariga muvofiq amalga oshiriladi. Texnologik hujjatlarning operatsiyaviy eskizlarida baza sirtlari shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. 1-rasmda vallarni tokarlik dastgohlarida bazalashning bir nechta varianti keltirilgan: markazlarda (1-rasm, a), old suzuvchi markazni qo’llash bilan markazlarda (1-rasm, b), ketingi markaz bilan o’zi markazlovchi patronda (1-rasm, v) va qo’zg’almas lyunet bilan ozi markazlovchi patronda (1-rasm, g). 1-rasm. Detallarni tokarlik dastgohida bazalash variantlari O’rnatish xatoligining miqdori bildirgich bo’yicha aniqlanadi. Alohida hollarda esa o’rnatish xatoligining miqdori formulalar bo’yicha hisoblanadi: aylanish sirtlariga ishlov berishda , (1) yassi sirtlarga ishlov berishda , (2) bu yerda – bazalash xatoligi; – siqish kuchlari ta’sirida paydo bo’luvchi mahkamlash xatoligi. 2.1-misol. Tokarlik ko’p keskichli dastgohda pogo’nali valga ishlov berish eskizida o’rnatish bazalarini tanlang, asoslang va belgilang (1-rasm, b). Yechilishi. Tokarlik-ko’p keskichli dastgohda valni yo’nish uchun o’rnatishda zagotovkani uning o’qiga nisbatan to’g’ri mo’ljallashdan tashqari zagotovkani o’qiy yo’nalishda ham to’g’ri mo’ljallash kerak bo’ladi. Aks holda, supportlardagi keskichlarning sozlanishi zagotovka qismlariga mos tushmaydi. Bu maqsadda baza sifatida nafaqat markaziy teshiklarni, balki zagotovkaning chap toresini ham qo’llashga imkon beruvchi old suzuvchi markaz qo’llaniladi. Agar bunda konstruktorlik va o’rnatish bazalari qo’shilsa, unda bu detalning ishlov berish aniqligiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Download 85.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling