1-amaliy ish. Mavzu: Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning taxlili Ishdan maqsad


Download 37.27 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi37.27 Kb.
#1710138
Bog'liq
1 амалий иш.....


1-amaliy ish.
Mavzu: Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning taxlili


Ishdan maqsad: Avtomobil yo‘llarining qurish va ekspluatatsiya qilishda respublikamiz va chet davlatlardagi olimlarning ilmiy izlanishlari bilan yaqindan tanishish va talabalarni ilmga bo‘lgan mehrini o‘yg‘otish uchun soha olimlarining ilmiy izlanishlari sohani rivojlantirishda qo‘shgan hissilari va ularning shaxsini yaqindan tanitish va ularni hayot yo‘llarini o‘rganish va tahlil qilish.


Nazariy qism
O‘zbekiston Respublikasi uchun “Avtomobil yo‘llari” mutaxassisligini yo‘lga qo‘yish va uni rivojlangan davlatlar qatoriga ko‘tarishda kadrlar masalasi hal qiluvchi ahamiyatga egaligini chuqur his etgan. P.B. Boboxonov Toshkent politexnika institutining “Avtomobil yo‘llari” kafedrasini bitirgan A.R.Eshonxo‘jaeva, Z.X.Saidov, S.I.Xolmuxamedov, A.Sadirxo‘jaevlarga ilmiy ishlarini bajarishda yordam berdilar. Natijada ular yetuk olimlar darajasiga erishib, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo Respublikalarida avtomobil yo‘llari sohasining rivojlanishi uchun ko‘plab muhandislar, fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlashda xissa qo‘shdilar.
Shuni aytish lozimki, yo‘l qurilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar, transport oqimiga yo‘l xizmatini ko‘rsatish darajasi dunyoning ilg‘or va rivojlangan davlatlaridan ancha farq qilar edi.
Mustaqillik yillarida 23002 kilometrlik yo‘l ishlari bajarilib, 2722 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar qurildi va rekonstruksiya qilindi. 3800 kilometr yo‘l mukammal, 21378 kilometri esa o‘rta ta’mirlandi. 175 ta ko‘prik, 19 ta yo‘lo‘tkazgich va transport yechimlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. “Toshkent─O‘sh” yo‘lining 116-214 kilometri holatini yaxshilash, “Qamchiq” va “Rezak” dovonlarida 2,5 kilometrlik tunnellar qurish, M-39 yo‘lining “Taxtaqaracha”, “Oqrabot” dovonlaridagi yo‘llar─davlatimizning asosiy iqtisodiy arteriyasiga katta ahamiyat berilishi maqsadga muvofiq bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446 sonli qarori bilan tuzilgan dastur asosida 2012-2015 yillarda 2306 kilometr yo‘l, shundan 1410 kilometri - O‘zbek Milliy magistral yo‘llari qurildi va rekonstruksiya qilindi hamda yo‘lning 896 kilometr qismi qoplama bilan qoplandi va geometrik o‘lchamlari 10 tonnalik og‘irlik me’yoriy birlikdan 13 tonnalik og‘irlik birligiga o‘tkazildi.
Bugungi kunda umumfoydalanuvdagi yo‘llarning uzunligi 42869 kilometr, shundan 3993 kilometri xalqaro, 14203 kilometri davlat, 24673 kilometri mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar qayta ishlandi. 2012 yilgacha 100 dan ortiq tavsiyalar, yo‘riqnomalar, texnik ko‘rsatmalar, “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (QMQ) “Shaharsozlik norma va qoidalari” (ShNQ), “Muassasaviy norma va qoidalar” (MQN) “Muassasaviy shaharsozlik qoidalari” (MShN), “Idoraviy qoidalar va normalar” (IQN)lar ishlab chiqildi.
Bu hujjatlarni ishlab chiqishda t.f.d., professor I.S.Sodiqov, professorlar A.R.Qodirova‑Eshonxodjaeva, Z.H.Saidov, Q.X.Azizov, A.F.Shoxidov, dotsentlar S.I.Xolmuxamedov, A.U. Eshonqulov, Sh.A.Axmedov, A.X.O‘roqov, A.M. Qoraboev, B.D. Salimovalar katta hissa qo‘shganlar.


Topshiriq: Har bir talaba 1 mamlakatimizdagi, 1 ta chet davlatdagi yo‘l olimlarni amalga oshirgan ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rganib, konstpektlar yozib gapirib berishadi.
Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling