1-amaliy ish mavzu: Toponomika fanining maqsadi, predmeti va vazifalari Topshiriq: Tumaningizdagi geologik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlarini yozing


Download 65.15 Kb.
bet5/9
Sana09.06.2023
Hajmi65.15 Kb.
#1467539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy

VATANPARVAR – mahalla. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Ushbu atama o‘z vatani, xalqini sevuvchi ma’nosini bildiruvchi ma’nosini ifodalab, u mustaqillik yillarida yangicha yondashuv asosida qo‘yilgan joy nomi.
VAZIR – qishloq. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Ushbu so‘z arabchada yuk ko‘taruvchi ma’nosini bildiradi. Termin sifatida o‘rta asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq davlatlarida, shu jumladan, O‘rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshlig‘i ma’nosida ishlatilgan. Shuningdek, Xorazm vohasining o‘rta asr shahar-qal’alaridan biri ham ushbu nom bilan atalgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Shayboniylardan Mustafoxon tomonidan XV asr o‘rtalarida asos solingan. Ko‘hna Urganchdan 60 km masofada joylashgan. Shayboniylarning Xorazmdagi mulki markazi bo‘lgan. XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon xonlik markazini Yangi Urganchga o‘tkazgan, Vazir aholisini esa ushbu qishloq hududiga ko‘chirgan.
XIZR ELI – qishloq. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Ushbu qishloqning nomini afsonaviy Xizr nomi bilan bog‘lashadi. Xizr – islom rivoyatlaridagi shaxs, taqvodor inson. Xizr Qur’onda tilga olinmagan, lekin ulamolar Qur’onda “Allohning quli” nomi bilan tilga olingan shaxsni Xizr deb talqin qiladilar. Xizrga odamlarda Allohga bo‘lgan e’tiqodni qo‘llab turish uchun Iso, Ilyos va Idris singari abadiy hayot ato etilgan. U hayot bulog‘idan “obi hayot” ichgan va umri boqiy bo‘lgan.
YORMISH – mahalla. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Ushbu termin “kichik ariq” ma’nosini ifodalab, shu hududda bir paytlari qo‘l kuchi yordamida kichkina ariq qazilib, mazkur hududga suv keltirilgan hamda o‘sha kichkina ariq Yormish deb nomlangan va Yormish arig‘i bo‘yida joylashgan mahalla ham shu nom bilan atalgan.
ZIYOKOR – mahalla. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Mazkur termin fors tili orqali o‘zlashgan bo‘lib, u "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ilm tarqatuvchi, ma’rifatparvar, bilim targ‘ib qiluvchi ma’nolarini ifodalaydi.
O‘YILMA – Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi mahalla nomlaridan biri. Ushbu termin o‘y (pastlik, chuqurlik ma’nosida) so‘zi asosida hosil qilingan bo‘lib, pastlikda, chuqurlikda joylashgan yer, joy, mahalla ma’nosini bildiradi.
SHANG‘I – Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi mahalla nomlaridan biri bo‘lib, mazkur so‘z "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da baland va qo‘pol ovozda gapiradigan shaxs ma’nosini ifodalashi qayd etiladi.
SHODLIK – mahalla. Xorazm viloyatining Gurlan va Xonqa tumanlari. Mustaqillik yillarida qo‘yilgan nom bo‘lib, mazkur so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da shod-xurram holati, xursandlik, sevinch, quvonch ma’nolarini ifodalashi qayd etiladi.

Download 65.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling