1-Amaliy ish Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish Darsning maqsadi


Download 111.5 Kb.
bet1/5
Sana08.06.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1463682
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliy ish


1-Amaliy ish
Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish


Darsning maqsadi: Talabalar va mutaxassislarga mehnat xavfsizligi
standartlari to’plami, mehnat muhofazasi qonuni va mehnat kodeksi va boshqa meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun yo’riqnoma tuzish, o’tkazish va uni rasmiylashtirish tartibini o’rgatish.
Darsni o’tkazish tartibi:
1. Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar haqida tushuncha olish.
2. Yo’riqnomalar turlari , mazmuni, o’tkazish tartibi va muddati haqida ma’lumot berish.
3. Yo’riqnomalarni rasmiylashtirish talablari va tartibini o’rganish (ilovada keltirilgan shakllar asosida)
4. Ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqqan holda yo’riqnoma tuzish (berilgan
topshiriqlar asosida).
Darsning mazmuni
Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’tkaziladigan yo’riqnomalar haqida tushuncha. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish barcha tarmoqlarida shikastsiz ish jarayonini va samaradorlikni oshirish maqsadida mehnat va texnika xavfsizligi bo’yicha barcha ishchi va xizmatchilarga yo’riqnomalar o’tkaziladi. O’tkaziladigan yo’riqnomalar mehnat xavfsizligi standartlari va mehnat kodeksi me’yorlari talablari asosida tuziladi va o’tkaziladi hamda maxsus jurnallarda o’tkazilganligi to’g’risida qayd qilinadi.
Ishlab chiqarishda belgilangan yo’riqnomani o’z vaqtida o’tkazilmasligi yoki me’riy hujjatlarni talablariga mos kelmasligiga xo’jalik yo korxona rahbarlari qonun oldida javobgardirlar.
Yo’riqnomalar turlari , mazmuni, o’tkazish tartibi, muddati va ularni rasmiylashtirish
O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarda mehnat va texnika
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunining 19- moddasi va O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 215-moddasiga asosan qo’yidagi yo’riqnomalar va o’qitish o’tkaziladi:
- kirish yo’riqnomasi;

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling