1-amaliy ish Pedagogika va psixologiya Guruh: 210-21-guruh Bajardi: Mallayev Inomjon Tekshirdi: Yusupova Zamira Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish


Download 49.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi49.51 Kb.
#1833999
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
1-amaliy ish 
Pedagogika va psixologiya 
Guruh: 210-21-guruh 
Bajardi: Mallayev Inomjon 
Tekshirdi:
Yusupova Zamira


1. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga 
kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida)
Reja: 
1. Pedagogika predmeti. 
2.Turli davrlarda pedagogikaning ko’rinishlari 
3.Pedagogika vazifalari 
Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike– “paidagogos” 
“bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni 
shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy 
qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh 
avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini 
o’rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o’qitish va tarbiyalashga 
e’tiborni qaratadi. SHu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika 
fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy 
Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. 
Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o’rganadi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo’lib hayot kechirishi sababli 
bolalarga tirikchilik o’tkazish yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, ildizlarini terish, 
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o’rgatish guruh a’zolari 
tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o’yin 
jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega 
bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub 
o’zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo’lishi olib keldi. Aynan mana shu 
davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo’lga qo’yila boshladi. 
Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar 
Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o’rin egallagan. 
Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas
balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti 
tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun 
boshlang’ich asoslar qo’yildi.

Download 49.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling