1-amaliy ish Pedagogika va psixologiya Guruh: 210-21-guruh Bajardi: Mallayev Inomjon Tekshirdi: Yusupova Zamira Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish


Download 49.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi49.51 Kb.
#1833999
1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish

Quldorlik tuzumida erkin bo’lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari 
cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat 
qilgan. 
Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur 


davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan 
tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, SHarqda esa 
machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu 
maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni 
yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham 
ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi
tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish 
hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi 
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab 
chiqarishni yanada takomillashtirish yo’lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat 
murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi 
tasdiqladi. Bu davrda ilg’or, progressiv pedagogik g’oyalar ilgari surildi. 
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan 
asoslandi. SHaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim 
tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni yangi tizim (izchil, 
uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalar ilgari surildi. 
Sobiq SHo’ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya 
yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama 
rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya 
g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi. 
O’zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish”

 davlat siyosatining ustuvor 
yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy 
talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi. 
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni 
tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni 
hal etish yo’llarini o’rganadi. 

Download 49.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling