1-amaliy ish Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlil qilish Ishdan maqsad
Download 2.08 Mb.
|
1-amaliy ish (4) (1)
1-amaliy ish Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlil qilish Ishdan maqsad: Talaba berilgan topshiriqga asosan grafik ishlab chiqib tahlil qilish ishlarini bajarishadi. Nazariy qism: Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi, avvalo, transport kommunikatsiyalarining holatiga bog‘liq ekan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini yaxshilash Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotini rivojlantirishda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika bo‘yicha transportda tashilayotgan xalq xo‘jaligi yuklarining 83 foizini Avtomobil yo‘llari hissasiga to‘g‘ri kelishi, Avtomobil yo‘llari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi. 1.1-rasm. Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlili. Bugungi kunda respublika bo‘yicha avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 209496 km ni, jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng)., havo yo‘llari 150000 km ni va daryo‑kema yo‘llari 500 km ni tashkil qiladi. Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yo‘laklari avtomobil va temir yo‘llar hisoblanadi. Umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ining bugungi kun foydalanuv holati talab darajasida emas. Respublikada Avtomobil yo‘llarini o‘z muddatida ta’mirlash va saqlash masalasi o‘z yechimini topmaganligi bunga sabab bo‘lmoqda. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablag‘larning yetishmasligi ishlarning to‘liq bajarilmasligiga, qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib kelmoqda. Natijada, yo‘llarda muddatidan oldin mukammal ta’mirlashga muhtojlik kelib chiqmoqda. Jahon amaliyotidan ma’lumki, Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashlararo muddatini ta’minlash, avvalambor, yo‘llarni saqlash ishlari sifatiga va o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liqdir. Saqlash ishlarini yetarlicha texnik, moliyaviy, material va mehnat resurslari bilan ta’minlash bajarilayotgan ishlar sifatini kafolatlaydi. 1.2-rasm. Respublika hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining qoplama turlari bo‘yicha tasnifi 1.2-rasmdagi ma’lumotlardan shu xulosa kelib chiqadiki, respublikada umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘i uzunligi jihatdan yetarlicha rivojlangan. Bunda asfaltbeton qoplamali yo’llar 37.6 % , shagal qoplamali yo’llar 39.3% tuproqli yo’llar 19.8 %, qora qoplamali yo’llar 2.7 % va eng kam ulush esa sement beton qoplamali 0.6 % tashkil etadi. 1-jadvalda ushbu ko‘rsatkichning viloyatlar bo‘yicha aniqlangan qiymatlari keltirilgan. Viloyatlar bo‘yicha yo‘l tarmog‘ining zichligi 1.1-jadval
1‑jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, respublikada yo‘l tarmog‘i juda zich bo‘lgan hududlar Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hisoblanadi. Avtomobillarning qulay va xavfsiz harakat sharoitini ta’minlashda yo‘l tarmog‘ining holati katta ahamiyatga egadir. 1991‑2020 yillarda umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ida yuzaga kelgan o‘zgarishlar 1.2-jadval
Respublika umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ining bugungi kundagi mavjud titul holati. Respublika umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llarining titul holati 3-jadval
Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling