1-Amaliy ish Tizimni struktura sxemasini qurish. Tizim xususiyatlariga ko’ra bog’lanish modelini o’rganish. Ishning maqsadi


SWOT-tahlilining maqsadi, vazifalari va bosqichlari


Download 0.72 Mb.
bet8/21
Sana02.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1320615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Amaliy ishlari

SWOT-tahlilining maqsadi, vazifalari va bosqichlari.
SWOT-tahlili aqliy hujumdan so‘ng o‘tkazilishi tavsiya etiladi, chunki aqliy hujum natijasida tizimning maqsadlari, muammoviy holati va muammoning sabablari aniqlanadi. Bu sabablar ichki muhit va tashqi muhit omillariga bo‘linadi.
SWOT-tahlilining maqsadi – chora-tadbirlar va ularning bajarilishi rejasini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishga ko‘maklashish.
SWOT-tahlilining vazifalari – vaziyatni tizimli ravishda tasvirlab berish, muammoviy holat to‘g‘risida xulosalar chiqarish va strategik harakatlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqarishdir. Demak, ushbu usul muammoviy vaziyatni tahlil qilib, uni to‘g‘ri yoritib berishga, hamda strategiyalarni (qarorlarni) ishlab chiqishga qaratilgan.
SWOT-tahlili bosqichlari

SWOT-tahlilda maxsus strategiyalar matritsasi qurilib, turli strategiyalar ko‘rsatib beriladi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu usulning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi va shu tariqa eng to‘g‘ri strategiyani tanlash juda oson kechadi.
SWOT-tahlili bosqichlari quyidagilardan iborat:
1) boshida tashqi muhit tahlil qilinadi, uning elementlari aniqlanadi va tizimga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillari tahdid va imkoniyatlarga ajratiladi;
2) so‘ng tashqi muhit omillari ta’siri sharoitida ichki muhit tahlili amalga oshiriladi, ya’ni ichki muhit elementlari aniqlangach, elementlar doirasidagi ichki muhit omillari kuchli va zaif tomonlarga ajratiladi;
3) keyingi bosqichda SWOT-matritsasi qurilib, strategiyalar to‘plami aniqlanadi; strategiyalar baholangcha, eng yaxshi strategiya to‘g‘risida xulosa qilinadi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi.
SWOT-matritsasi



Barcha omillar ustuvorligiga qarab joylashtiriladi: ustuvorlik ballar bilan o‘lchanadi. Shu bilan birga, tashqi muhit omillarining ustuvorliklaridan tashqari ehtimolliklari ham baholanadi. Ehtimolliklar – “yuqori ehtimolli”, “o‘rta ehtimolli” va “past ehtimolli” kabi tushunchalar yordamida baholanishi mumkin. SWOT-matritsasi qurilganda maxsus to‘rt katakli jadval qurililib, uning ustunlarida tashqi muhit omillari – imkoniyatlar va tahdidlar kesimida – ko‘rsatiladi, uning qatorlarida esa ichki muhit omillari – kuchli va zaif tomonlar kesimida – ko‘rsatiladi. Mazkur matritsadagi kataklar ma’nosi quyidagicha talqin etiladi:


- KI katagi tashqi muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qanaqa kuchli tomonlaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatadi;
- ZI katagi tashqi muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qanaqa zaif tomonlarni bartaraf etish lozimligini ko‘rsatadi;
- KT katagi tashqi muhit tahdidlaridan samarali saqlanish maqsadida qanaqa kuchli tomonlaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatadi;
- ZT katagi tashqi muhit tahdidlaridan samarali saqlanish maqsadida qanaqa qanaqa zaif tomonlarni bartaraf etish lozimligini ko‘rsatadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling