1-Amaliy ishi Mavzu: Tog’ jinslarini hosil qiluvchi mineral namunalarini ko’zdan kechirish. Maqsad


Download 237.41 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2020
Hajmi237.41 Kb.
#150419
  1   2
Bog'liq
Amaliy Ish - копия


1-Amaliy ishi
Mavzu: Tog’ jinslarini hosil qiluvchi mineral namunalarini ko’zdan kechirish.

Maqsad: Minerallar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tog’ jinslarini hosil qiluvchi asosiy minerallar bilan tanishish.

Minerallar- Bu tarkibi jihatidan bir xil turdagi bo’lgan tabiiy qotishmalar bo’lib Yer qobig’ida ro’y beradigan rurli xil fizikaviy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalardir.

Minerallarni ко'zdan kechirganda ulaming rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, yaxlitligiga e'tibor berib ta'riflash kerak. Minerallarlaming rangi ulaming kimyoviy tarkibi va qotishmalar borligi bilan belgilanishini yodda tutish zarur.



Minerallar qattiqligi-bu minerallar xom-ashyosining mexanik ta'siriga qarshilik ko'rsatishi, yeyilishiga moyillik darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun talabalar avvalam bor (namunaviy) etalon minerallar bilan, ya'ni Moos qattiqlik tabaqalari jadvali bilan tanishib chiqishlari kerak.(l-jadval).

Yarqiroqlik-minerallarning sirtki qismlari (kristall sirtlari) bilan yorug’lik nurlarini qaytarish xususiyatidir.

Yahlitlik-Minerallaming ma'lum yo'nalishlar bo'yicha tekis, silliq va yarqiroq sirtlar hosil qilib bo'linishi xususiyatidir.

Barcha minerallarni asosan: nodir, aksessor, kam tarqalgan va jins hosil qiluvchi minerallarga bo’linadi.

Foydali minerallar-jinslari asosini tashkil etadi. Shuning uchun talabalar ularning kimioviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan tanishishi kerak.

Minerallarda kristallik tuzilishini ta’riflovchi kation va anion komplekslarni aniqlash muhimdir.

Mineral kavs bilan farqlanadi. Masalan: Siderit Fe[CO3]. Barit Ba[SO4] va boshqalar.

Shuni nazarda tutish kerakki minerallarning emperik formulalari uning ichki tuzilishi xususiyatlarini ko’rsata olmaydi va hozirgi paytda minerologiyada uning tuzilishi formulalarigacha o’zgartirilgan. Masalan: muskovit minerallarning emperik formulasi HsKAl3Si3O12 tuzilish formulasi KA3[Al3Si3O12](JN.F)2 oxirgi element muskovit tuzilishdagi murakkab anion kompleksi borligi va undagi suv H2Oko'rinishida emasligini ko’rsatadi. Suv gidrooksid (OH) ko’rinishida va bu gidrooksid F ga almashtirish mumkin. Kovelin minerallarning formulasi Сu2S korinishida bo'ladi. Lekin kovelinda ikki xil oltingugurt ionlari bor-yakka [S2]va birikkan [S] holda va ikki xil mis ionlari Cu+ va Cu2+bor. Shuning uchun kavellin formulasi CuS*CuS2.


Topshiriq - labaratoriyada mavjud bo'lgan 100 ga yaqin minerallar bilan tanishib chiqib, ularni Moos qattiqlik talablariga asoslanib, quyidagi tartibda: mineral nomi, rangi, yarqiroqligi bo'yicha ta'riflab berish.

Buning uchun:

l.Ish daftari;

2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;

3.Minerallar ro'yhat jadvali zarur bo'ladi.

Minerallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim.
Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:

1. Moos qattiqlik tabaqalaridagi minerallar bilan tanishish va ta'riflash (1-jadval).

2 Minerallar bilan tanishish va ularni ta'riflash.

Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar hisobot topshiradilar.

Minerallar ta'sniflanishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi, masalan:

l.Opalrangsiz, ammo minerallarning turli yo'nalishlarida har xil ranglarga osonlik bilan bo'yaladi, yarqiroqligi - shishasifat, mo'msifat.

2.Muskovit- oq, rangsiz, yaltirashi shishasifat.


Amaliy ishi №2

Mavzu: Turli tipdagi cho’kindi tog' jinslarini o'rganish.

Maqsad: Turli tipdagi tog' jinslarini ajrata bilish, hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash.

Tog' jinslari kelib chiqishi bo'yicha 3 bo'limga bo'linadi: magmatik, cho'kindi, metamorfik. O'z navbatida bu bo'limlar turlarga bo'linadi: Magmatik tog' jinslari: Intruziv (granit, siyenit, diorite, gabbro, piroksinit va h.k.) va effuziv (kvarzli porfir, porfir, porfirit, liparit va h.k.);

Cho'kindi tog' jinslari: siniq-bo'lingan (qum, maydalangan tosh, shag'al, loy va h.k.), orgonogenli (bo'r, yashma, torf, ugol va h.k.), kimyoviy (gips, angidrid, achiqtjsh ohak va h.k.) Metamorfik tog' jinslari (mramor, slans, kvarsit va h.k.)

l.Mexanik yo'I bilan hosil bo'lgan cho'kindi tog' jinslari (qumli jinslar galechnik ,graviy ,dresva,shag'al,qum, gil, supes, suglinok, lyos;tsementIashgan cho'kindi jinslar-brekchiya (qirrali tosh), kongIamerat(shag'al tosh ) qum tosh, alevlarit, argilit.

2.Ximyaviy yo'I bilan hosil bo'lgan cho'kindi tog' jinslar (ohaktosh daIamit,angidrid,osh tuzi,gips.)

3. Organik yo'I bilan hosil bo'lgan cho'kindi to'g' jinslar (bo'r, opoka, torf, ko'mir,chig'anoqsimon ohaktosh).

Yuqoridagi jinslar yer po'stining eng ustki qatlamlarini hosil qiladi magmatik ,metamorfik tog' jinslaridan farq qiladi.Co'kindi tog'jinslar butun erdagi tog' jinslarining atigi 5%ni tashkil qiladi, lekin bu jinslar erning yuza qismining 75% maydonni ishg'ol qilib yotadi.

Cho'kindi tog' jinslar hosil bo'lishida bir qator xususiyatlar xosil qiladiki ,bu jinslar magmatik va metamorfik tog' jinslaridan ko'rinishida ham farqlar ko'rinib turadi.

Bu hususiyat minerallik va himyaviy tarkibi, strukturasi, qiymati, hajmi bilan farqlanadi va hosil bo'lish iqlimi bilan bog'liqdir.

Cho'kindi tog' jinslar strukturasi turlichadir .Har bir jins o'ziga xos strukturaga ega.Qum toshliji jinslarga tarkibida qum bor jinslar xarakterlidir.



Struktura-bu jinsning ichki tuzilishi hususiyati bo'lib ,uning minerallik tarkibi ,hajmi va miqdori haqidagi ma'lumotlar demakdir.

Tekstura-bu jins tarkibidagi minerallarning hajm bo'yicha kristallanishformasi va joylashuvi to'g'risidagi xarakterlar xaqidagi ma'lumotlar.

2.1-jadval

Donador cho‘kindi jinslarni aniqlash jadvali (A. V. Eremin va A. A. Slednikovlardan ba’zi o‘zgarishlar bilan olindi)

Tog‘ jinslarining strukturaviy xususiyatlari

Donador bo‘shoq cho‘kindi jinslar

Sementlashgan donador cho‘kindi jinslar

Tashkil qilib turuvchi bo‘laklar

Silliqlangan

Silliqlanmagan

Silliqlangan

Silliqlanmagan

I. Yirik donali strukturada

100 mm dan katta

100 mm dan 10 mm

10 mm dan 2 mm

Silliq xarsang tosh

Silliq chag‘al Mayda silliq shag‘al

Chaqiq qirrali xar-sang tosh

Qirrali chaqiq tosh Mayda qirrali chaqiq tosh

Konglomerat

Konglomerat

Brekchiya

Brekchiya

II.O’rta donali strukturada

1 mm dan 0,5 mm

0,5 mm dan 0,25 mm

0,25 mm dan 0,1 mm

Katta donali qum

O‘rta donali qum

Mayda donali qum




Katta donali qumtosh O‘rta donali qumtosh Mayda donali qumtosh

III. Mayda donali strukturada0,1 mm dan 0,05 mm

0,05 mm dan 0,005 mm

0,005 mm dan kichik

Alevritlar
Lyosslar

Gillar




Alevrolitlar Shox (tosh qotgan lyossimon jinsi) Argillit

Vazifa: Cho'kindi tog' jinslari bilan tanishib chiqish va ularni quyidagi tartibda yozib chiqish:jins nomi, strukturali va teksturali husysiyatlari, qo'llanilishi.

Kerakli jihozlar.

  1. Ish daftari.

  2. Chizg'ich, qalam, ruchka.

  3. Tog' jinslarining namunalari.

Bajarilish tartibi:

l.Qutilardan tog' jinslarining namunalari olinadi.

2.Tog' jinslarining namunalarini jadval tipidagi formalarga yoziladi.

Hisobot: Dars oxirida talaba to'ldirgan jadvalini topshiradi.

2.2- jadval




Tog' jinsining nomlanishi va rangi

Strukturasi va

teksturasi hususiyatlari

Genetik tur-lanishga ko'ra nomlanishi

Qo'llanilishi

1.

Och kulrang shag’al

Katta sinishli silliqlanmagan, qirrali jins bo'laklari

Sinuvchan(meha nik umatiluvchi)

Qurilishda temiur yo'llar yotqizishda vaboshqalar.


3 -Amaliy ishi

Mavzu: Namunalar bo’yicha magmatik tog' jinslarini organish.

Ishning maqsadi. Namunal bo’yicha magmatik tog’ jinslari bilan tanishish bilimlarni mustahkamlash uchun ularini tog’ri tanlay bilish.

Chuqur yer qarida hosil bo’luvchi magmatik tog’ jinslari intruziv yoki chuqurlik jinslari deb nomlanadi. Agar magmaning qotishi yerning yuzasida bo’lsa effuziv yoki yer usti jinslarideb ataladi. Intruziv jinslar magmaning qotish chuqurligiga bog’liq holda 2 ta fattsiyaga bolinadi: 1. Obissal jinslar

ma’lum chuqurlikda yuzaga keluvchi obissal jinslar. 2. Gipoobissal nisbatan katta bo’lmagan chuqurlikda hosil bo’luvchi gipoobissal yarim chuqurlik jinslar.

Gipoobissal jinslar yotish sharoiti va strukturasi bo'yicha intruziv jinslardan iffuziv jinslarga o'tuvchi jinslar hisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibidagi SiO2 miqdori bo’yicha tasnifi amaliy ahamiyatga ega: SiO2 miqdori kamayish bilan zichlik oshadi, erish harorati pasayadi. Effuziv jinslar saqlanuvchanlik (yaxshi saqlanganlik) darajasi bo’yicha bir yoki boshqa tarkib har xil nomlanishi mumkin. Masalan:

Sust o’zgargan o’rtacha tarkibli yaxshi saqlangan effuziv jinslar andezit deb nomlanadi, kuchli o’zgargan porfirit yoki metaandezit hamda liparit minerallari bilan birlashib o’zgargandan keyin kvartsil porfir deb nomlanadi. Magmatik jinslar bilan tanishish va ularni o’rganishda guruhlar orasida orqaliq jinslar bo’lishiga etibor qaratish kerak. Masalan: granit va diorit orasida granadioritlar, granit va sienitlar granasienitlar, sienet va dioritlar orasida sienetodioritlar, andezit va orasida andezitodatsitlar va boshqalar joylashadi.
Magmatik tog' jinslari klassifikatsiyasi.

3.1-jadval



Tog' jinsi tarkibi

Chuqurlikdagi tog' jinslari

Yer yuzasidagi tog' jinslari

Kimyoviy

Asosiy minerallar



Qadimgi (o'zgarganlari)

Yosh (yangi)

Nordon SiO2>65%

Kvars, dala shpati (ko'proq ortoklaz), slyuda (kamroq boshqa qora minerallar)

Granit

Kvarsli porfit

Liparit

O'rta SiO265-52%

Dalashpati (ko'proqortoklaz). Kamroq soxta muguz aldamchisi, biotit avgit.

Sienit

Ortoklazli porfir

Traxit






Diorit

Porfirit

Andezit

Asosiy SiO252-40%

Asosiy plagioxlaz (ko'proq labrador), avgit, bazida olivin.

Gabbro

Diabaz

Bazait

Ultra asosiy SiO2<40%

Avgit, olivin rudali mineral. Olivin va kon minerallar;

Piroksenit Pirodotit

Dunit


---

---




To'liq kristalli, yarim kristalli va shishasimon kristallari farqlanadi. Birinchilari intruziv jinslarga, ikkinchi xil tuzilmalar effuzif jinslarga, uchinchi xil tuzilmalar esa lavaga xos bo'ladi.

Intruziv tarkibli tuzilmalarning to'liq kristalli, yirik donali bo'lishi ularning yuqorisida joylashgan tog' jinslarining bosimi ostida asta - sekinlik va xotirjamlik bilan kristallanishdan dalolat beradi. Tarkibiy tuzilmalarning yirik donli (donlar o'lchami 5 mm dan oshiq), o'rta donli (2 mm dan 5 mm gacha) va mayday donli (2 mm gacha) turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Shuningdek donlari bir tekis joylashgan va porfirsimon tuzilmalar pegmatit tuzilma dala shpati va kvarsning bir vaqtda kristallanishidan vujudga kelgan tuzilma (yozuv granit deb ham ataladi)larni ajratib ko'rsatish mumkin.

To'liq kristalli, donli tog' jinslari odatda og'ir tekisturaga ega bo'ladi.Bazi oqib chiqqan tog' jinslariga flyuidal tekisturaga hos bo'lib, shu magma oqishi bilan bo'gliqdir. Xamda bodomsimon tekisturaga ega bo'ladi, yani bodomda bo'lgani kabi bo'shliqlar kalsit va boshqa minerallardan hosil bo'lgan bo'ladi.

Shuningdek taksid tekistura (tarkibiy tuzilish) bu minerallar to'plamining alohida dog'lar shaklida joylashuvidan xosil bo'ladi. Chiziqsimon tarkibiy tuzilish (tog' jinsida turli mineral bo'laklarining birin-ketin almashib joylashuvi va shakli tarkibiy tuzilish tog' jinsida ko'zga ko’rinadigan bo'shliqlar bo'ladi.) kabi tarkibiy tuzilishlar farqlanad.

Yerning ichki qismidagi mineral massa — magmaning yuqoriga qarab ko‘tarilishi va yer qobig‘i qavatlari ichida yoki ularning ustiga chiqib qotishi jarayonida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bu jinslar o‘zlarining qayerda paydo bo‘lishiga qarab, o‘z navbatida intruziv va effuziv- vulqon, ya’ni vulqonlarning otilishi jarayonida vujudga kelgan tog‘ jinslariga ajratiladilar.



Intruziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga yetib chiqmay, yer qobig‘ining ichki qismi qavatlari orasidagi yoriqlarga batolit, shtok, lakkolit, lopolit, dayka, sill (qatlamlararo tomirlar) holatida kirib qotishi va uzoq vaqtlar davomida sovishi jarayonida paydo bo‘ladi (3.1-rasm).



3.1-rasm. Magmatik tog’ jinslarining yotish shakllari.

Intruziv:1-batolit; 2-shtok; 3-lakolit; 4-lopolit; 5-dayka; 6-sill; 7-tomir; 8-apofiza. Effuziv: 9-lavali oqim; 10-lavali qoplama; 11-gumbaz; 12-nekk

Batolitlar noto‘g‘ri gumbaz ko‘rinishdagi eng yirik magmatik shakl bo‘lib, ba’zan uzunasiga 200 km dan ham katta maydonni egallaydi. O‘zining yer qobig‘idagi o‘rni bo‘yicha magma o‘chog‘iga yaqin bo‘ladi.

Shtoklar batolitga yaqin yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Maydoni esa uning maydonidan ancha kichik bo‘lishi bilan xarakterlidir.

Lopolit magmatik jinslarning tovoqsimon shakli. Magmaning ko‘tarilish va tog‘ jinslari qatlamlari oralig‘idagi qulay joylarda yig‘ilib qotishi natijasida vujudga keladi.

Lakkolitlar magmatik jinslarning qavariq qo‘ziqorin ko‘rinishdagi qatlamlararo intruziv shakli. Uning pastki qismi ko‘pincha gorizontal holatda bo‘ladi.

Daykalar yer qobig‘ining aksariyat cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan vertikal, ba’zan qiya, bir-birlariga parallel, radial-shula halqasimon yoriqlar bo‘ylab magma massasining ko‘tirilishi va qotishi jarayonida vujudga keladi. Ularning eni bir qancha sm dan 1—1,5 km bo‘lib, uzunasiga bir qancha o‘n, hatto 100 km ga cho‘zilishi ham mumkin. Daykalar yoriq atrof jinslarga nisbatan qattiq bo‘ladi.

Sillar tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida ularni yotish holatlariga muvofiq bo‘lgan tomirlar ko‘rinishidagi qotib qolgan intruziv shakl.
Topshiriq. Quyidagi tartib boyicha magmatik jinslar bilan tanishish va ularni tozish ( 15-20 ta namuna ): Jinsning nomi SiO2 miqdori boyicha guruhi hosil bolish sharoiti rangi zichligi foydalanish tabiiy sharoitda yotish shakli.

Zaruriy jihozlar.

  1. Ishchi daftar.

  2. Chizgich qalam ruchka.

  3. Magmatik tog jinslarining namunalari.

Amaliy ishining bajarilish ketma- ketligi:

  1. O'qituvchi tog jinslari namunalarini beradi va ishni tushuntiradi.

  2. Tog jinslarini yozish ( topshiriqqa qarab) : Masalan: Gabbro SiO2 miqdori bjyicha ( asosiy ) guruhga kiradi hosil bolishi boyicha intruziv obissal rangi qora, zich, qattiq-bezak beruvchi material sifatida qo'llaniladi yotish shakllari linzalar shtoklar va daykalar.

Xisobot ko'rinishi.

Talaba mashgulot tugagandan keyin yozma korinishda hisobot topshiradi. (gabbroni yozish misoliga qarang).



4-Amaliy ishi
Mavzu: Namunalar bo’yicha metamorfik tog' jinslarini o'rganish.

Maqsad: Matamorfizm jarayonini bilish uchun namunaga qarab metamorfik tog' jinslari bilan tanishish.

Yer po'stining ichki qismlarida kuchli bosim va yuqori harorat ta’sirida tog’ jinslarining kimyoviy, mineralogik tarkibiy struktirasi, yotishi va tashqi ko'rinishi butunlay o'zgarishi metamorfizm jarayoni deyiladi. Yer po'stida bo'ladigan metamorfizm quyidagi asosiy guruhlarga bo'linadi.

Kontakt metamorfizmda issiq magma cho'kindi va boshqa jinslarni eritib yuqoriga chiqaradi. Atrofdan tog' jinslari qizitadi, eritadi va ular bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ularni o'zgartiradi. Bu jarayon ikki tog' jinsini yaqinlashdan kontakt vujudga kelganligi uchun kontakt metamorfizm deb yuritiladi.

Dinamometamorfizm - jinslarning yuqori harorat va yuqori bosim ostida o'zgarishidir. Bunda tog' jinslarining tekstruktuasi va strukturasi o'zgaradi. Yer qatlamlaridagi granitlar kuchli bosim ostida slanetska o'xshash granitga aylanadi.Tog' jinsi o'zining dastlabki holatini yo'qotib, juda mayday strukturaga ega bo'lib qoladi, bu milonitdir.

Regional metamorfizm- katta maydonni egallaydi, tog' jinsi va minerallar tarkibi o'zgarib boradi, ya'ni solishtirma og'irligi kichik bo'lgan suvli mineral jinslari solishtirma og'irligi katta bo'lgan suvsiz mineral va tog' jinslari bilan almashinadi.

O'ta metamorfizm- juda chuqurda vujudga keladi.Bu metamorfizmda tog' jinslari qisman eriydi, bu jarayon natijasida magmatitlar hosil bo'ladi. Reginal kontakt metamorfizm natijasida jinslar asosiy qismining aralashuvi qayta kristallanishi boshlanadi: qayta kristallanish natijasida yangi sharoitda yangi minerallar hosil bo'ladi, shu bilan birga jinslarning strukturasi ham o'zgaradi. Ko'p granit jinslar qatlami asta- sekin gneyslarga ko'chadi. Yer yuzida eng ko'p tarqalgan metamorfizm jinslarga gneys , kvartsit va marmartosh kiradi. Yuqori bosim va haroratga bardosh beradigan turg'un munerallar kvarts rutil titining va albit kiradi.

Metamorfik jinslarning mineral tarkibi xilma xil. Ular bir xil mineraldan kvartsit kvartsdan marmar kaltsitdan topadi., Bosh jins xosil qiluvchi minerallar kvarts, dala shpatlari, slyuda, piroksil va amfibola sanaladi. Ular bilan birga tipik metamorfik minerallar xam uchraydi. Bular - granitlar, andaluzit, sillimanit, kordierit va boshqalar. Odatda metamorfik jinslarning ko'pi kristallangan bo'ladi.

Metamorfik jinslarning teksturasi xilma xil bo'lib, quyidagi xillarga Bo'linadi:



  1. Varaqsimon yoki qat-qat tekstura. Bunday jinslarda slyuda xlorit, talk minerallarning plastmassasimon zarralari uzun qirralari bo'yicha bir-biriga nisbatan parallel xolda joylashib qat-qat, yo'l-yo'l ko'rinishdagi yuza parallel qatlamchalarni xosil qiladi. Bunday tekstura asosan slanetslar uchun xarakterli bo'lib, ularning xossalari juda o'zgaruvchan.

  2. Yo'l-yo'l taraqsimon tekstura metamorfik jinsga qatlamlar bir-biriga parallel xolda ketma-ket almashinishi bilan xarakterli.

  1. Massiv struktura bir xil mineralogik tarkibga ega.

  2. Gneysimon tekstura jinslarining teksturasi juda murakkab bo'lib, bunda jinsning bir qismi qat-qat teksturaga ega bo'lsa, bir qismi yo'l-yo'l bo'ladi.

Toshqotgan cho'kindi jinslar teksturasi tarkibidagi mineral zarralaming joylashishiga bo'shlik va g'ovaklarning katta kichikligiga qarab, bir necha turga bo'linadi. Metamorfik jinslar strukturasi jins tarkibiga qanday chukurlikda metamorfizmga uchraganligiga bog'lik bo'lib, uch turkumga kristalloplastik, kataplastik va relekt strukturaga bo'linadi.

Kristalloplastik strukturaga

1. Granoplastik-gneyslar amfibolitlar, kvartsetlar tashkil etuvchi mineral qirralari bir xil shakllarga bir xil kattalikka ega.

2. Rogovikli- gili slanets va effuziv jinslar ular zichlangan mikro-kristalli varaqsimonligi yo'qotgan yaxlit massa.

3. Lepidoplastik-gneyslar slyudali va xloritli slanetslar minerallar plastiksimon va ma'lum bir tomonga yo'nalgan bo'ladi.


Topshiriq:

Quyidagi ketma-ketlik jins nomi, rangi, tuzilishi, teksturasi, mineral tarkibi asosida 15-20 tg jinsining tuzilishi teksturasi va mineral tarkibini aniqlash, tanishish va yoritish.



Bo'lishi zarur:

  1. Ish daftari

  2. Chizg'ich, qalam, ruchka

  3. Tog' metamorfik jins namunalari

Laboratoriya ishi ketma-ketligi

  1. O'qituvchi tog* jinslari namunalarni ajratib, ish bajarilishi xaqida tushuncha beradi.

  2. 1 tablitsa asosida tog'jinsi yoritiladi.


Xisobot turi

Mashg’ulot tugagach talabalar 4.1-jadval asosida xisobot beradilar



4.1-jadval



Metamorfik tog’ jins nomi

Genetik turi

Rangi

Yotish shakli

1

Fillitlar

Regional metamorfizm







2

Xloritli slanes

Regional metamorfizm







3

Talkli slanes

Regional metamorfizm







4

Kvartsitlar

Regional metamorfizm







5

Marmarlar

Regional metamorfizm







6

Gneyslar

Regional metamorfizm







7

Migmatitlar

Regional metamorfizm







8

Temirli slanes

Regional metamorfizm







9

Amfibolitlar

Regional metamorfizm







10

Granitli gneyslar

Regional metamorfizm







11

Granulitlar

Regional metamorfizm







12

Kristalli slanes

Regional metamorfizm







13

Gilli slanes

Regional metamorfizm







1

Tektonik brekchiya

Dislakatsion metamorfizm







2

Katoklazitlar

Dislakatsion metamorfizm







3

Milonit

Dislakatsion metamorfizm







1

Rogoviklar

Kontakt metamorfizm







2

Skarnlar

Kontakt metamorfizm







3

Greyzenlar

Kontakt metamorfizm







4

Serpentenitlar

Kontakt metamorfizm







5

Albititlar

Kontakt metamorfizm







6

Metasomatitlar

Kontakt metamorfizm








5-Amaliy ish

Mavzu: Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini o‘rganish. Geologik xaritaga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni o'rganish.
Ishning maqsadi: Geologik kartalarni o’qish va ularning tularini, masshtablarini kartalarda o’rganish. Talabalarga geologic kesma tuzish usullarini o’rgatish.
Umumiy tushuncha

Geologik xaritani qo’yidagi tartibda o’qish tavsiya etiladi:

1. Xaritaning nomi, masshtabi va qabul qilingan shartli belgilar bilnn tanishish.

Geologik kartalar yer shari yoki bir bo’lagining geologik tuziliahini mu’lum, masshtabda berilgan shartli belgilar asosida berilgan tekislikdagi gnilik tusviri1 tushuniladi. Geologik kartalariga nazar solsak unda alomat belgilar (rungi, shlrixovkasi, harfli indekslari, gorizontal yoki texnologik yoziqlar) topogralik kartnni usos qiljb olib kartaga tushurilgan yoki unda daryolar, dengizlar, joy rel’efi huqida mn’lumotlar gorizontallar yordamida yoki boshqalar ko’rsatiladi.

Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o'lchangan masofalar uzunligini gorizantal proyeksiyalarni qog'ozda kichraytirilish darajasiga mashtab deyiladi. Masshtabning kichraytirilish darajasiga qarab masshtabning yirik yoki maydaligi aniqlanadi.

Geologik xaritalari masshtabiga qarab bir necha turga bo’linudi:



  1. Obzorli;

  2. Kichik masshtabli;

  3. O’rta masshtabli;

  4. Yirik masshtabli;

  5. Mukammal masshtabli.

1.Obzorli xaritalar (1:2500000 va undan kichikrog’i, 1:5000000, 1:7500000, 1:10000000). Bu xaritalarda territoriyalar topografik jihatdan aneha umumlashtirilib, geologik tuzilishi to’g’risida ma'lumot beriladi.

2.Kichik masshtabli xaritalar (1:1000000, 1:500000 va undail kichikrog’i)- katta keng territoriyalaming, ayrim davlatlaming, bir butun materiklaming yoki butun dunyoning geologiya tuzilishi to’g’risida ma'lumot beradi. Kichik masshtabli xaritalarning topografiya asosi odatda juda soddalashtirilgan bo’ladi. Bunda masshtabli xaritalarda daryolar, katta qishloqlar, dengiz va ko’l chegaralari ko’rsatilgan.

3.O’rta masshtabli xaritalar (1:200000, 1:100000) ayrim territoriya geologiyasining asosiy tomonlarini tasvirlovchi geologik xarita hisoblanadi va bu xarita asosida qazilma konlarini qidirish ishlari rejalashtiriladi. O’rtacha bo’lgan territoriyalarda tarqalgan stratigrafiya va tektonik elementlar, magma jinslar, foydali qazilmalar tasvirlanadi.

4.Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish istiqbollari aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, gidrotexnika kabi qurilishlarning istiqbollari aniqlangan bo’ladi.

Yirik masshtabli xaritalar faqat yer yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to’g’risida ham ma'lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim.

5.Mukammal geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog’i) maxsus topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilmalarning yotishi, tarqalish qonuniyatlari to’liq ifodalanadi



Xarita(lar)da tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni xarita ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo'shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o'xshash ma’lumotlami ishning maqsadiga muvofiq joylashtirishga komponovka1 deyiladi.


7.1-jadval.

Metrik o'lchovlar sistemasida xaritalarni masshtabi


Xaritani

sonli

masshtabi

Xaritani

Nomi

Xaritadagi 1 sm. oraliqqu joyda to'g'ri keladigan masofa

Xaritadagi 1 sm2 yuzaga joyda to'g'ri keladigan maydon

Joydagi 1 km masofaga xaritada to'g'ri keladigan oraliq

1:5 000

besh mingli

50 m.

0,0025 km2 = 0,25 ga

20 sm.

1:10 000

o’n mingli

100 m.

0,010 km2 = 1 ga .

10 sm.

1:25 000

yigirma besh mingli

250 m.

0,0625 km2 = 6,25 ga

4 sm.

1:50 000

ellik mingli

500 m.

0,25 km2 = 25 ga

2 sm.

1:100 000

yuz mingli

1 km.

1,0 km2 = 100 ga

1 sm.

1:200 000

ikkiyuz mingli

2 km.

4,0 km2 = 400 ga

5 mm.

1:300 000

uchyuz mingli

3 km.

9,0 km2 = 900 ga

3,3 mm.

1:500 000

beshyuz mingli

5 km.

25,0 Ian2 = 2500 ga

2 mm.

1:1000 000

bir millionli

10 km.

100,0 km2= l0000ga

1 mm.

Geologik kartalar hosil bo’lish sharoitiga ko’ra qo’yidagi turarga bo’linadi:.

  1. Litologik kartalar, bularda tog’ jinslari har xil tarkibdagi qum, tuproq ohaktoshlaming qatlamlari aks topgan.

  2. Gidrogeologik kartalar, bu kartalarda yer osti suvlaming tarqalish hududi, sathi, ularning sifati, tarkibi ko’rsatiladi.

  3. Foydali qazilmalar kartasi.

  4. To’rtlamchi yotqiziqlar kartasi.

Geologik kartalaming asosiy qismidan yoki ko’rinishlaridan biri bo’lib, ularda hamma ko’rinishlar yagona qabul qilingan shartli belgilar va o’ziga xos bo’lgan ranglar bilan belgilangan kartalaming kompanovkasidan shartli belgilar jadval shaklida karlmiing bir burchagida yo istagan joyida yagona prinsip asosida joylashtiriladi.

Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli, (ingichka chiziq), harf va raqamli bo’ladi.



Download 237.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling