1 amaliy mashg‘ulot аnоrgаnik birikmаlаrning аsоsiy sinflаri


Mavzuga oid masala va mashqlar


Download 121.66 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi121.66 Kb.
#1620796
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mash

Mavzuga oid masala va mashqlar:
1. Natriy gidroksidning fosfat kislota bilan reaksiyasida kislota ekvivalentining molyar massasi 49 g/mol bo‘lsa, qanday tuz hosil bo‘ladi? (Javob: Na2HPO4).
2. Rux, alyuminiy, xrom (III), berilliy, bariy, qo‘rg‘oshin (II), rubidiy gidroksidlardan qaysilarini oksidlarga suv ta'sir ettirib olish mumkin? (Javob: Ba(OH)2, RbOH).
3. Xrom (III), qo‘rg‘oshin (II), qalay (II), magniy, alyuminiy gidroksidlardan qaysilari kislotalar kabi dissotsilana oladi? (Javob: Cr(OH)3, Sn(OH)2, Al(OH)3).
4. Sirka, benzoat, oksalat, stearin, olein, akril, sulfat, xlorid, ortofosfat, nitrat, perxlorat, persulfat, pirofosfat, metafosfat, nitrit kislotalarning qaysilari ko‘p negizli? (Javob: oksalat, sulfat, ortofosfat, persulfat, pirofosfat)
5. 0,1 kg natriy gidroksid va 0,1 kg sulfat kislota ta'sirlashgandan so‘ng eritma lakmusni qaysi rangga bo‘yaydi? (Javob: ko‘k).
6. P2O5 ortofosfat, pirofosfat, metafosfat, fosfit kislotalarning qaysilariga to‘g‘ri keladi? (Javob: ortofosfat, pirofosfat, metafosfat).
7. Alyuminiy gidroksoxloridning xlorid kislota bilan ekvimolyar nisbatda olingan reaksiyasidagi ekvivalentining molyar massasini (g/mol) hisoblang. (Javob:115).
8. Suvli eritmada a) kalsiy sulfat va oltingugurt (IV)-oksid, b) natriy gidrosulfat va nitrat kislota, c) kalsiy gidrokarbonat va xlorid kislota, d) kalsiy gidrokarbonat va kalsiy gidroksidlardan qaysilari orasida reaksiya sodir bo‘ladi? (Javob: b, c, d).
Download 121.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling