1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 87.34 Kb.
bet6/16
Sana08.11.2023
Hajmi87.34 Kb.
#1757053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)

5-rasm. Porshen halqalari qulfining shakli (a,b,v) va kompression halqalarning
nasos kabi ishlashi (g):a-qil; b-to‘g‘ri; v-to‘g‘ri o‘rnatma vintli.
SHatunlar sterjen, ikkita kallakdan-yuqoridagi, porshen barmog‘i bilan
ulanadigan, pastki kallagi esa tirsakli val bilan ulanadi (3-rasm). SHatun sterjeni
dvutavr kesimli qilib ishlanadi va pastga qarab kengayib boradi. SHatunning
yuqoridagi kallagiga jez yoki bronza vtulka preslanadi va u podshipnik vazifasini
bajaradi. Bu podshipnik ikkita kallakni ulangan kanal bo‘yicha majburiy bosim
ostida o‘zilib-o‘zilib oqadigan moy hisobiga moylanadi. D-240 dvigatelida bu
podshipnik shatun yuqori kallagidagi moy teshik orqali beriladi va shu hisobiga
vtulka moylanadi.
SHatunning pastki qopqog‘i tirsakli val shaykasi bilan biriktirishni
osonlashtirish uchun ajraladigan qilib yasaladi va pastki kallak qopqog‘i shatun
boltlari bilan mahkamlanadi.

D-144, D-240 va ZIL-130 dvigatellarining pastki kallagining ajralish


tekisligi odatda shatun o‘qiga perpendikulyar, A-0IM dvigatelida shatunida esa 55
0
burchak bilan qilingan. Ajraladigan joyning qiyaligi tufayli shatunni porshen bilan
yig‘ilgan holda gilza orqali olish va o‘rnatish mumkin. SHatun pastki kallagi bilan
uning qopqog‘ini muayyan holatda ushlab turish uchun ular ajratilgan yuzada
uchburchaksimon shlitsalar qilinadi va shtift deyiladi (A-0IM, SMD-60).
Qopqoq shatunga rezbali qilib ishlangan teshiklarga ikkita bolt bilan (A-
0IM, SMD-60) yoki gayka bilan (D-144, D-240, ZIL-130) mahkamlanadi, boltlar
ligerlangan po‘latdan qilinadi, termik ishlov beriladi, silliqlanadi va o‘z
teshiklariga jips bo‘lib kiradi. Gayka va boltlar ma’lum kuch bilan tortiladi (2-
jadvalga qarang).
ZIL-130 dvigatelining pastki kallagida kichikroq teshik qo‘yilgan, bu teshik
orqali shatun podshipniklariga vaqt-vaqti bilan moy otilib turadi. Bu moy bilan
silindr ichki sirti, taqsimlash vali, kulachoklar, turtkichlar ham moylanadi.
SHatun pastki kallagining yuqori qismi va qopqog‘i bilan birgalikda juda
yuqori aniqlikda ishlov beriladi, shu sababli qopqoqni bir shatundan ikkinchi
shatunga olib va ularni 180
0
ga aylantirib qo‘yish mumkin emas. Yig‘ish paytida
chalkashliklarni yo‘qotish uchun shatun pastki kallagining ikkita qismidagi bir xil
raqam va belgilar qo‘yiladi. SHularga muvofiq qopqoq o‘ziga mos shatun bilan va
shatun esa o‘ziga mos silindr porsheni bilan biriktiriladi.
Dvigatelning muvozanatini ta’minlash uchun bitta dvigatel komplektidagi
shatunlar massasi farqi tayyorlovchi zavod tomonidan ko‘rsatilgan qiymatdan katta
bo‘lmasligi shart (masalan: D-240 dvigatelida 10 gr.s, ZIL-130 da 8 gr.)

Download 87.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling