1-Amaliy mashg’ulot. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari Axborot tizimlar


Download 0.67 Mb.
bet2/6
Sana29.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1689806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Malumotlar bazasi

Ma’lumotlar bazasi

  • ATlarni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, ma’lumotlarni shunday o‘zaro bog‘langan to‘plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi tomonidan to‘ldirilishi, o‘zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.

Eslatma:
Ma'lumotlar bazalari mantiqan bog'liq ma'lumotlar to'plamidir.
Ta’rif 1. Ma'lumotlar bazasi - bu mantiqiy aloqada bo'lgan va ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladigan, saqlangan ma'lumotlar to'plamidir. (Дэлер Эльмар, Базы данных: Учебник, 2019.)
Ta’rif 2. Ma'lumotlar bazasi - elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami.
Ta’rif 3. Ma'lumotlar bazasi - aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar to‘plami (Axborot komunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati, Toshkent 2010).
Ta’rif 4. Ma'lumotlar bazasi - bu ma’lumotlar (informatsiyalar)ni saqlash uchun mo‘ljallangan tashkiliy struktura. Ma’lumotlar bazasi elektron saqlash va qayta ishlash vositalariga bog'liq bo'lishi shart emas. (A.Sattorov, Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi, Toshkent 2006.)
Aniq masalani hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zibir ob’ektlarni o‘rganishgina qiziqish uyg‘otadi. Bunday ob’ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.
Ob’ekt – bu ixtiyoriy predmet, xodisa, tushuncha yoki jarayondir.
Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bermay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to‘plamidir. O‘zaro bog‘langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi deyiladi. Barcha ob’ektlar atributlari orqali xarakterlanadi. Masalan, ob’ekt sifatida kompyuterni qarasak, kompyuter ob’ektini atributi sifatida hisoblash tezligini, operativ xotira hajmi, o‘lchamlari va boshqalarni ko‘rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi. Masalan, operativ xotira xajmi 128 MB, EHM hisoblash tezligi sekundiga 5 mln.ta amal.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling