1-amaliy mashg’ulot. Axborot xavfsizligi insidentlari(ni) menejmenti(boshqarish) topshiriq


Download 16.74 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi16.74 Kb.
#161709
Bog'liq
Practice 1


1-AMALIY MASHG’ULOT.

Axborot xavfsizligi insidentlari(ni) menejmenti(boshqarish)

TOPSHIRIQ:

  1. Savollarga javob bering:

a) Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishni ma’lum tashkilot misolida rejasini tuzing.

b) Insidentlarning kelib chiqish sabablarini bayon eting.



2. Quyidagi vazifani bajaring:

Matritsa yoki jadvaldan oqibatlar omillarini (aktivlar qiymatini) tahdidning yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog’lash uchun (zaifliklar aspektlarini hisobga olib) foydalanilishi mumkin. Birinchi qadam, xavf ostida bo’lgan har bir aktiv uchun, oldindan belgilangan, masalan, 1 dan 5 gacha shkala bo’yicha oqibatlarni baholashdan iborat (1-jadaval, “b” ustun). Ikkinchi qadam, har bir tahdid uchun, oldindan belgilangan, masalan, 1 dan 5 gacha shkala bo’yicha tahdidlarning yuzaga kelish ehtimolligini baholashdan iborat (1-jadaval, “c” ustun). Uchinchi qadam “b” va “c” ustunlarni ko’paytirish (b * c) yo’li bilan, risk o’lchovlarini hisoblab chiqishdan iborat. Nihoyat, tahdidlar risk o’lchoviga mos keladigan tartibda ranjirlanishi mumkin. Bu misolda “1” eng kam oqibatlarga va yuzaga kelishning eng past ehtimolligiga to’g’ri kelishini ta’kidlab o’tish zarur.



1-jadval. Risklar o’lchovi bo’yicha tahdidlarni ranjirlash

Tahdidlar

Oqibatlar (aktiv bahosi)

(b)


Tahdidlarni yuzaga kelish ehtimolligi

(c)


Risk o’lchovi

(d)


Tahdidlarni ranjirlash

(e)


Tahdid A

5

2

10

2

Tahdid B

2

4

8

3

Tahdid C

3

5

15

1

Tahdid D

1

3

3

5

Tahdid E

4

1

4

4

Qo’yiladigan vazifa:

Har bir talaba quyidagi 2-jadval (tashkilotlar jadvali) dan elektron jurnaldagi raqamiga mos holda tashkilotni tanlaydi va shu tashkilotda bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar misolida tahdidlar jadvalini hosil qilib, tahdidlarni ranjirlash amalni bajaradi. Eng oxirida tanlangan tashkilot uchun eng xavfli tahdidni aniqlab uni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi.



2-jadval. Tashkilotlar jadvali


T/r

Tashkilot

T/r

Tashkilot

1

Dorixona

14

Elchixona

2

Arxiv

15

Yagona darcha

3

Moliya

16

G’azna

4

Mahalla

17

Turizm

5

Buxgalteriya

18

Iqtisodiyot

6

Universitet

19

Birja

7

Soliq tizimi

20

Neft va gaz

8

Sogliqni saqlash

21

Avtomatika

9

Tijorat

22

Elektrotexnika

10

Marketing

23

Harbiy

11

Maktab

24

Mehnat birjasi

12

Bank

25

Tadbirkorlik

13

Muzey

26

Ishlab chiqarish (ixtiyoriy)

Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling