1-Amaliy mashg’ulot. Biomexanika va bioakustika. Mexanik ish, energiya va quvvat Muskul mexanikasi


Download 268.64 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi268.64 Kb.
#1332665
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Amaliy

Tovush. Barcha tirik jonzot uchun tovushning ahamiyati katta. Ba’zi jonzotlar uchun bu aloqa vositasi bo'lsa, boshqa jonzotlarning rivojlanishida ahamiyati kattadir. Tovush deganda chastotasi 16 Hz dan 20 kHz gacha bo'lgan elastik toMqinlar tushuniladi. Tovush xossalari fizikaning akustika bo‘limida o’rganiladi.
Akustika - eng past chastotali tebranishlardan boshlab, o‘ta yuqori (1012 —1013 Hz) chastotali elastik to‘lqinlarni o‘rganuvchi fizikaning bir bo'lim idir. Umuman olganda, akustika tovush haqidagi ta ’limot bo’lib, odam qulog'i qabul qila oladigan gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlardagi elastik tebranishlar va to’lqinlami o‘rganadi. Gaz va suyuqliklarda bo‘ylama, qattiq jismlarda esa ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang to‘lqinlar tarqaladi.
Tovush intensivligi deb, tarqalish yo'nalishiga perpendikular birlik yuzadan birlik vaqt ichida olib o ‘tilgan energiyaga aytiladi.
Har bir inson qulog‘ining eshitish qobiliyati har xildir. Har bir tovush tebranish chastotasi uchun eng kichik intensivlik (eshitish chegarasi) va og‘riq sezish chegarasi mavjud. Tovushlami quyidagicha ajratish qabul qilingan. Tonlar va musiqiy tovushlar, shovqinlar, tovushiy zarbalar. Ton deb — davriy jarayondan iborat tovushga aytiladi. Shovqin deb — vaqt davomida takrorlanmaydigan murakkab munosabatlar bilan ajraluvchi tovushga aytiladi. Tovush zarba deb, tovushning qisqa vaqtdagi ta’siriga aytiladi.
Normal odam qulog‘i ancha keng diapazondagi tovush intensivligini qabul qiladi. M: 1 kHz chastotada lo = 10-12 W /m2 dan lm = 10 W /m2 gacha. Bunda lo — eshitish chegarasidagi intensivlik, lm - og'riq sezish chegarasidagi tovush intensivligi. Вu intensivliklar nisbati 1013 ga teng.
Har qanday tovush oddiy garmonik tebranishlar to'plami emas, balki ma’lum chastotalar to‘plamiga ega bo‘lgan garmonik tebranishlarning yig'indisidan iboratdir.
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to‘plami tovushning akustik spektri deyiladi. Tembr — tovushning boshlanishi va oxiridagi amplituda o‘zgarishini xarakterlaydi.



Download 268.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling