1-amaliy mashg‘ulot. Davriy signallarni spektrlari tadqiq etish


Download 42.66 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2022
Hajmi42.66 Kb.
#1042430
1   2
Bog'liq
1-амалиёт

Hisobot tarkibi
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Amaliy mashg’ulotning nomi va uni bajarishdan maqsad.
2. Davriy signallar haqida nazariy ma’lumot.
3.SMX da o‘lchangan qiymatlar va uning asosida chizilgan grafik.
4. Davriy signallar signallar ossillogrammalari.

Xulosa
Axborot va axborot manbai va axborot oluvchi.
Biror bir voqea, hodisa va ob’ekt holati haqidagi ma’lumot axborot deb ataladi. Axborot manbadan axborot oluvchiga yozma, og‘zaki nutq shaklida, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tasvir shaklida va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Axborotni yetkazib berish shakli xabar deb ataladi. Xabarni turli usullarda uzatish, taqsimlash, xotirada saqlash, shaklini o‘zgartirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot oluvchiga yetkazib berish mumkin. Xabar almashish na faqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida ham bo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, uni qabul qiluvchi axborot oluvchi deb ataladi.
Radiotexnika va elektr aloqa tizimlarida axborot manbaidan iste’moliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita), oldindan yozilgan holda yoki bog‘lovchi liniyalar orqali uzatilishi mumkin. Barcha turdagi xabarlar iste’molchilarga ma’lum bir parametri uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik kattalik orqali yetkazib beriladi. Fizik kattalik sifatida yopiq elektr zanjirlaridan o‘tayotgan tokning yoki uning bir qismi bo‘lgan yuklamadan tok o‘tishi natijasida kuchlanishni mos ravishda o‘zgarishi misol bo‘ladi.

Vaqt bo‘yicha diskret signallar qiymati o‘zining eng kichik Umin va eng katta Umax qiymatlari orasidagi har qanday kattalikka ega bo‘lishi mumkin


Elektr signali deb, elektr jarayonning bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Signallar uchun quyidagi umumiy parametrlar mavjud:
1. Ts – signalning davomiyligi yoki signalni mavjudlik intervali;
2. Ds – signalning dinamik diapazoni:
Dc=10 Lg Pmax/Pmin , [db]; (1.1)
3.Fs – signalning spektr kengligi;
4.Vc – signalning xajmi:
Vc =Tc * F c*Dc. (1.2)
Signalning xajmi – signalning xabar uzata olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Xabarlar va signallar quyidagicha farqlanadilar:
1. Shakli avvaldan ma’lum xabar va signallar. Bunday signallar ma’lum matematik formula orqali ifodalanadi. Masalan: garmonik tebranishlar shaklidagi signal
u(t)=U0cos(ω0t+φ0). (1.3)
Bunday signalning har qanday t1 vaqtda oniy qiymatini aniqlash mumkin. Bunday signallardan qurilmani sozlash va tekshirishda foydalaniladi.
2. Tasodifiy signallar. Bunday signallarning berilgan t1 vaqtdagi oniy qiymatini birga teng ehtimollikda aniqlab bo‘lmaydi. Ularni avvaldan ma’lum bir matematik formula bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tasodifiy signallargina xabar yetkazish qobiliyatiga ega.
Xabarlar va signallar ko‘p hollarda vaqt funksiyasi hisoblanadi va quyidagi turlari farqlanadi:
1. Uzluksiz xabar dastlab uzluksiz signalga aylantiriladi (1.1a-rasm). Masalan: mikrofon oldida aytilgan so‘z, ijro etilgan musiqa uning oldidagi havo zichligini o‘zgartiradi va mikrofon diafragmasiga ta’sir etib, uni harakatga keltiradi. Diafragmaga biriktirilgan g‘altak (katushka) o‘zgarmas radial magnit maydonida joylashgan bo‘lgani uchun uning harakati natijasida g‘altak qutblarida elektr yuritish kuchi hosil bo‘ladi. Yopiq zanjirdagi tok va yuklama qarshilik Ryu dagi kuchlanish qiymati o‘zgaradi. Ushbu Ryu dan o‘tayotgan tok qiymati kuchlanishning o‘zgarishi mikrofon oldidagi havo zichligiga mos ravishda o‘zgaradi, akustik bosim elektr signalga aylantiriladi. Bunday u(t) signal analog signal, ya’ni xabarga mos, o‘xshash signal deb yuritiladi. Yana bir misol, televizion kamera o‘z ob’ektivi oldidagi tasvirni har bir nuqtasi yorug‘ligi (rangi) va joylashish koordinatalarini aniqlaydi va uzluksiz u(t, x, y) signalga aylantiradi. Bunday signal videosignal (tasvir signali) deb yuritiladi. Uzluksiz signallar qiymati o‘zining eng kichik qiymati Umin va eng katta qiymati Umax oralig‘idagi har qanday kattalikka ega bo‘ladi.
2. Uzlukli (diskret) xabar diskret signalga aylantiriladi. Masalan: biron-bir matndagi harflar ularga mos kodlar kombinatsiyasi bilan almashtiriladi. Ko‘p hollarda kodlar kombinatsiyasi tokli yoki toksiz (0) impulslardan (1.1b-rasm), yoki +1 va -1 impulslardan iborat bo‘ladi (1.1v-rasm).
Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling