1-amaliy mashg’ulot. Elektr apparatlarida shartli belgilar Ishning maqsadi


Download 355.89 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi355.89 Kb.
#1259995
Bog'liq
Amaliy 1


1-amaliy mashg’ulot.
Elektr apparatlarida shartli belgilar


Ishning maqsadi: shartli belgilarni o’rganish va sxemalarni yig’ish shartli belgilar buyicha.
Elektr apparatlari bilan ishlaganda shartli belgilarsiz va larni o’qib tushina olmaslik mumkin emas.Elektr apparatlari bilan islaganda chizmalarni o’qiy olishi kerak va ish yuzasidan foydalana olish kerak.Shartli belgilar hammga bir xilday tshinarli bulishi kerak.

1.1-rasm.Similar , shina va kabellarning shartli grafik belgilari.
Elektr birlashmalar qismlrga ajralmaydian, yig’ma va bo’laklarga ajraladigan bo’ladi.
Qismlarga ajralmaydigan birlashmalar 4 nuqta b-n belgilanadi . bunday birlashmalar qalaylash, payvandlash va presslash yo’li bilan bajariladi. Agar xarakterini tavsiflash talab etilmasa, birlashmalarni belgilash uchun nuqtadan foydalaniladi.
Yig’ma birlshmalar 5 vintlar, qisqichlar yordamida bajariladiganlar aylana bilan belgilanadi.Yonida esri, bekor qilingan yig’ma birlashmalar 6 ko’rsatilgan, u to’lqinli chiziq bilan aylantirib chizilgan.
Bo’laklarga ajraladigan birlashmalar –bo’laklarga ajratish 2 usulda ko’rsatilgan: 18 va 21.
Bo’laklarga ajratish o’zak 19 va tuynukcha (uyacha)dan tashkil topgan. Ammo 18-belgi birsimli ajratish, 21- esa ko’p simli.
Kommutatsiyalovchi mahsulot.Kommutatsion mahsulotlarga o’chirgichlar va almashtirib ulagichlar, rele va birlashtiruvchilar kiradi, ular tutashuvchi 2-rasm (1.a.б.), ajratuvchi (1.в.г)va almashib ulanadigan kontaktlardan (1.д,е)tuzilgan.
O’chirgich va almashib ulagich.Tutashuvchi kontaktlarning boshlang’ich holati ularning ajralgan holati deb qabul qilingan, ajratilganini – yopiq holati, almashib ulagichlarniki – bitta zanjiryopiq, boshqasi ochiq.

1.2-rasm.Kommutatsion birikmalar kontaktlarining grafik belgilari.
Agar bitta kontakt boshqalariga qaraganda oldinroq ishlab ketishini ko’rsatish kerak bo’lsa, uning harakatchan qismidagi belgi ishlab ketish tomoniga yo’naltirilgan qisqa shtrix bilan to’ldiriladi (2. 2-rasm. а,б) agar keyinroq bo’lsa, boshqa tomonga yo’naltirilgan shtrix bilan (2. 2-rasm. в,г).
Ochiq yoki yopiq holatda fiksatsiya bo’lmasa (o’z o’rniga qaytish) kata uchburchak bilan belgilanadi, uning uchi kontaktlarning harakatchan qismining boshlang’ich holati tomoniga yo’naltirilgan (2. 2-rasm. д)
Almashib ulanadigan qurilma odatda kontaktlar fiksatsiyasiga ega bo’lmagan,ammo ularning fiksatsiyasi variantlariga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan hollarda, kontakt fiksatsiyasi harakatsiz qismi belgisida aylana b-n ko’rsatiladi (2. 2-rasm. ж,и).
O’chirgichlarni (3-rasm)belgilash tutashuvchi va tutashmagan kontaktlar asosida ko’riladi, bunda kontaktlar ikkala holatda fiksatsiyada bo’lishi nazarda tutiladi.

1.3-rasm.o’chirgich (1) va almashib ulagichlarni (2) grafik belgilari.
O’chirgichlarni (shuningdek almashib ulagichlarni) harfli kod bilan belgilash 2 ta harfdan iborat, ular kommutatsiyalovchi zanjir turi va uni boshqarish usuli bilan aniqlanadi, agar o’chirgich istemol janjiriga o’rnatilsa, harf pozitsiyasida 1’Q’ harfi qo’yiladi, qolgan holatlarda “S” harfi.
O’chirgichni boshqarish usuli 2-harf bilan belgilanadi:
B – tugmasi (SB) 4.2-rasm (2)
F – avtomat ravishda (SF,Q)
A – qolganlari (SA,Q)
Agar o’chirgich (almashib ulagich) bir nechta kontaktlarga ega bo’lsa, ularning harakatchan qismi belgilari parallel joylashadi va mexanik
aloqa chizig’I bilan birlashtiriladi.
Masalan: 3-rasmda (1) SA2 o’chirgichlar УГО ko’rsatilgan, ularda bitta tutashmagan, ikkita tutashuvchi kontaktdan iborat, ulardan biri (rasmda o’ngdagi) boshqasiga qaraganda kechroq tutashadi. Q1 va Q2 (oxirgisining kontaktlari mexanik ravishda qandaydir boshqaruv organi b-n bog’liq, bu haqida shrtix chiziq bo’lagi dalolat beradi) iste’mol zanjirini kommutatsiyalash uchun xizmat qiladi.
Sxemaning turli sohalarida kontaktlarni ko’rsatishda bir kommutatorga tegishli ekanini pozitsion belgida namoyish etiladi.
M-n: SA4.1, SA4.2, SA4.3 va boshqalar (3.1-rasm)
Shunga o’xshash almashib ulangankontakt belgisi asosida ikki pozitsiyali amashib ulagich UGO ko’riladi (3.1-rasm, SA1, SA2).
Agar almashib ulagich nafaqat chetki, balkim o’rta (neytral) holatda fiksatsiya qilinsa, kontaktning harakatchan qismi belgisi harakatsiz qismlar belgisi o’rtasida joylashtiriladi, uninikkala tomonga burish imkoniyati nuqta bilan ko’rsatiladi.(SA3 3-rasmda (2)).
Shunga o’xshash sxemeda faqat o’rta holatda fiksatsiya qilinadigan almashib ulagich belgilanadi.
RELE. Qo’lda harakatga keltiriladigan o’chirgich va almashib ulagichlar qatorida texnikada keng ko’lamda elektromagnit rele qo’llaniadi – bu qurilma boshqaruv signali bo’yicha elektr zanjirini avtomatik ravishda kommutatsitalovchi hisoblanadi. Ular elektromagnit yoki bir nechta kontaktli guruhlardan tashkil topgan.
Sxemalarda rele cho'lg’amni belgilovchi chiqgichli to’g’ri burchak shaklida va sxemaning kerakli qismlarida joylashgan kontaktli guruhlar shaklida ko’rsatiladi.


1.4-rasm.Elektromagnit rele belgilari.
Relening harfli kodi – “K”.
Cho’lg’am chizgichi cho’lg’amning bir tomonidan belgilash ruxsat etiladi (4-rasm K2), kontakt belgilari sxemaning turli qismlarida kommutatsiyalovchi element belgilari bilan birga, bunda kontaktlarning qaysi bir relega tegishliligi pozitsion belgida ko’rsatilib, rele raqamiga kontakt guruh (K2.1, KK2.2, K2.3)ning shartli raqami (nuqta orqali) birlashtiriladi.
Qutblangan releni (2-pozitsion, boshqaruv tok qutbliligiga sezuvchan) belgilash uchun cho’lg’am belgisida ‘P’ lotin harfi yoziladi (4-rasm K5). Cho’lg’amlarning chiqgichlaridan biri va kontaktlarning birini oldidagi nuqtalar shuni anglatadiki, nuqta b-n belgilangan kontakt kuchlanish yuborganda yopiladi (tutashadi) uning musbat qutbi xuddi shu kabi ajratilgan cho’lg’am chiqgichiga ilova qilinadi.
Agar qutblangan rele kontaktlari yopiq holda qolsa va boshqaruv kuchlanish yechilgandan so’ng xuddi tugmali almashib ulagichlardagi holdagidek yo’l tutsa, yopilayotgan (ochilayotgan) kontakt belgisiga kichik aylana ko’rsatiladi.
Magnit boshqaruvchi kontaktlarda bajarilgan relelarni belgilashda (ГЕРКОНАХ – germetik kontakt) ayrim hollarda uni belgilashda germetik korpus – aylana belgisi kiritiladi.(4-rasm K6.1).
Agar gerkon relening bir qismi bo’lmasa, muntazam magnit bilan boshqarilsa, uni avtomatik o’chirgich kodi “SF” bilan belgilanadi (4-rasm).
Relening asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:

  1. Maksimal kommutatasiyalovchi tok.

  2. Mak. Kom. Kuchlanish.

  3. Ishlab ketishva qo’yib yuborish vaqti.

  4. Gabarilari va og;irligi.

  5. Ishlab ketish, qo’yib yuborish va ishchi toklari.

  6. Cho’lg’amning ishchi kuchlanishi va uning muntazam tokka qarshiligi

Sanoatda relening ko’pgina turlari ishlab chiqariladi, relening bir xil turi turli parametrlarga ega bo’lishi mumkin.Ularning qiymati mahsulotning harf-raqam soni bilan uning pasporti bilan belgilanadi.Passport elektromagnit rele bo’yicha spravochniklarda ko’rsatiladi. Misol tariqasida 3-jadvalda relening bir necha turlarining asosiy parametrlari ko’rsatilgan (РЭС32, РЭС34 va РЭС37), ularning tashqi ko’rinishi 4.4 rasmda ko’rsatilgan. Keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, relening har bir turi elektr parametrli bir qator modifikatsiyaga ega (ularga cho’;lg’am qarshiligi va ishchi kuchlanish, ishlab ketish va qo’yib yuborish toki kiradi).





1.5-rasm.elektromagnit relelarning ayrim turlarining tashqi ko’rinishi.

Transformatorlar – bu bir parametrdagi elektr energiyasini (U,I) boshqa parameter elektr energiyasiga (U, I) o’zgartiruvchi o’zgaruvchan tokning elektromagnit qurilmasi deb ataladi.


Transformatorlar tuzilishi bo’yicha odatda elektrotexnik po’lat yoki ferritdan tayyorlangan magnit o’tkazuvchidan tashkil topgan, unda bir yoki bir nechta birlamchi cho’lg’am va bir yoki bir nechta ikkilamchi cho’lgam joylashgan, xuddi 6-rasmdagidek:



1.6-rasm.transformatorlarning shartli grafik belgilari.

Keng chiziqli chastotada ishlaydigan trans.lar T harfi bilan belgilanadi, ularning cho’lg’amlari esa, Rim raqamlari bilan, ayrim hollarda ular ham shartli raqam bilan chiqgichlari belgilanadi. Cho’lg’am belgisidagi ayrim aylanalar soni turli bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha 3-4 ishlatiladi.


Trans.dan o’tadigan halaqtlarni kamaytirish uchun iste’mol transformatorining birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlar orasiga elektrostatik ekran o’rnatiladi.
Elektrostatik ekran – bu mis yoki alyumin falganing tutashmagan o’rami yoki umumiy sim bilan bitlashtiriladigan bir qavat yupqa sim.
Sxemalarda ekran shtrix chiziq bilan belgilangan, u korpus bilan birlashtirilgan ( 6-rasm, T1).
Bir cho’lg’amli trans. – avtotransformatorlar(LATR) sxemalarda burilishli g’altak kabi ko’rsatiladi, chiqish kuchlanishini sekin boshqarish imkoniyati boshqaruv strelkasi bilan belgilanadi (6-rasm, T3).
Ikki cho’lg’amli pasayuvchi trans. 6-rasm, T2 da ko’rsatilgan. Ushbu trans.ning birlamchi cho’lg’amiga I yuqori kuchlanish yuboriladi, ikkinchi cho’lg’amdan esa II pasaygan kuchlanish olinadi.
Download 355.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling