1-Amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Standartlashtirish va sifat
Download 127.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy
1-Amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Standartlashtirish va sifat. O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 1996 yil 30 avgust 483-1 sonli O’zbekiston Respublikasining qonuni oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida qonun imzolandi. Ushbu qonun 18 moddaddan iboratbo’lib, unda asosan oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligiga qo’yilgan talablar hamda ularni sertifikatlashtirish va nazorat qilishga qaratilgan .Xozirgi kunga kelib ishlab chiqarish tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik va sifatga bo’lgan talab ham oshib bormoqda. Bu sohalarda ishlarni olib boorish uchun yetuk malakali mutaxassislar kerak bo’ladi .Sifat va xavfsizlik talablarini ijrosini taminlash uchun malakaviy kadrlar tayyorlashga qaratilga ushbu fanning eng asosiy maqsad va vazifasidir. Fanning maqsadi: Bakalavriatura yo’nalishida ta’lim olayotgan “Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish asoslari va xavfsizlik me’zonlari” fanidan tegishli bo’lgan bilimlarni berishga qaratilgan. Fanning vazifasi: Eng asosiy vazifasi bu – talabalarga oziq-ovqat mahsulotlarini Sertifikatlash va xavfsizligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni berish. Sertifikatlashtirish bo’yicha davlat me’yoriy xujjatlari bilan ishlash boyicha bilim va ko’nikmalarni o’rgatish. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi tushunchasi Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, O’zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruhsat berilgan oziq- ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish gigiena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi: oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro’yxatidan o'tkazish; ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta- qayta ro’yxatdan o’tkazish; tarkibida giyohvandlik moddalari bo’lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo’shiladigan oziq-ovqat qo’shimchalari, yembop qo’shimchalar va biologik faol qo’shimchalarni ro’yxatdan o’tkazish. Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish saqlash tashish va u bilan savdo qilishga mo’ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim. Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro’yxati hamda sertifikatlashdan o’tkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. O’simliklardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog’ida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o’g’itlarni qo’llanishga ular toksikologiya- gigiena ekspertizasidan o’tkazilganidan keyin yo’l qo’yiladi. Qonuning oziq- ovqatlarni qadoqlash o’rash va tamg’alashda oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o’ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta'minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg’alangan holda chiqarishlari shart. Qadoqlangan va o’ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar, oziq- ovqat qo’shimchalari yorliqlarga ega bo’lishi va ularda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: oziq-ovqatning nomi; oziq-ovqatni nimaga mo’ljallanganligi (bolalarga maxsus mo’ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun); tayyorlovchining nomi; tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);\ oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo’shimchalarining nomi; oziqlik qimmati, navi; saqlash shart-sharoitlari; tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati; tayyorlash usuli masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun og’irligi; foydalanish usuli (biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun); muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun); normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari. Download 127.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling