Chuqurligi bo’yicha izlash strategiyasi. Tugunlarning chuqurligi deganda tugunlarning pog’onalari tartib raqamiga teng bo’lgan son tushuniladi.
Chuqurligi bo’yicha izlash strategiyasini faqat tugunlar N = {n1, n2, …, nr} ro’yxati va yoylar L = {l1, l2, …, ls} ro’yxatidan iborat HFberilganda qo’llash maqsadga muvofiq. Bu erda lk= (nik, njk) qirralar bo’lib, nik tugundan njk tugunga yo’naltirilgan bo’ladi.
Chuqurligi bo’yicha izlash algoritmining g’oyasi quyidagidan iborat: grafning boslang’ich tuguni yo’lning bo’shlanish tuguni sifatida qabul qilinadi.Undan keyin boshlang’ich tugundan chiqadigan bir qancha alternativ tugunlardan boshlang’ich tugundan eng uzoqda (uzunligi bo’yicha) joylashgan tugun tanlanadi. Navbatdagi tugunlararni tanlash, xuddi boshlang’ich tugundagidek, o’zidan oldingi tugunga nisbatan eng uzoqda joylashgan tugunni tanlash bilan davom ettiriladi. Tugunlarni tanlash algoritm bo’yicha maqsadga erishuvchi yo’lni topishgacha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |