1-Amaliy mashg‘ulot. IoT ga kirish. IoT qo‘llanilishi. Ishning maqsadi


Download 0.62 Mb.
bet3/4
Sana02.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1423250
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliyot

Amazon kompaniyasi platformasi


AWS IoT deb nomlangan platforma 2015 yil dekabr oyida ishlab chiqilgan. 

Platforma qurilmalarni AWS xizmatlari va boshqa qurilmalar bilan bog‘laydi, ma'lumotlarni himoyasi va aloqa xavfsizligini taminlaydi. Ilovalar Internetga ulanmasdan ham qurilmalar bilan ishlashi mumkin. 


AWS IoT qo‘shimcha qurilmalar va mobil dasturlarni ulash uchun SDK taqdim etadi, bu MQTT, HTTP yoki WebSockets protokollari orqali AWS IoT platformasi bilan xabar almashishnida qo‘llaniladi. SDK paketi C, JavaScript va Arduino Sketch dasturlash tillarini qo‘llab-quvvatlaydi va mijoz kutubxonalari va dasturchilar uchun qo‘llanmani o‘z ichiga oladi. 
Qurilma shlyuzi e'lon qilish va yozib olish modellarini ishlatgan holda xabar almashishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa "birga-bir" va "birga-ko‘p" sxemalar bilan ishlashni ta'minlaydi va avtomatik ravishda ishlaydi.
Reestr sizga qurilmalarni aniqlash va ularning meta-ma'lumotlarini, masalan, atributlar, parametrlar yoki xususiyatlarni kuzatish imkonini beradi.
Har bir qurilmaning "soyasi"ni yaratish imkonyati mavjud bo‘lib, bu uning doimiy virtual versiyasi hisoblanadi va qurilmaning eng so‘nggi aktual holatini o‘z ichiga oladi va ilovalar yoki boshqa qurilmalarga xabarlarni o‘qishni va ushbu qurilma ulanmagan bo‘lsa ham o‘zaro aloqada bo‘lishga imkon beradi.
Qoidalar mexanizmi sizga har qanday infratuzilmani boshqarib o‘tirmasdan, ulangan qurilmalar tomonidan global miqyosda olingan ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun IoT ilovalari bilan harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.

AT&T M2X platformasi


M2X deb nomlangan platforma 2015 yil yanvar oyida ishlab chiqilgan



Platforma ma'lumotlarni saqlash, qurilmalarni boshqarish, xabarlarni qabul qilish va uzatish, voqealarni boshqarish va ma'lumotlarni vizuallashtirish kabi xizmatlarni amalga oshira oladi. Asosiy imkoniyatlar quyidagicha:



  • 40 dan ortiq turdagi platformalarni qo‘llab-quvvatlash, yuzlab noyob qurilmalar bilan moslik, masalan, Arduino, Redboard, u-blox, Freescale, RAM oilalari;

  • mijoz kutubxonalarining ko‘pligi;

  • Ishlab chiquvchilar ishlab chiqarishga bergungacha yechimlarni testlash uchun portal mavjudligi;

  • ma'lumotlarni tahlil qilish va juda ko‘p vazifalarni (tekshirish jadvalidan - voqealarga javob berish vaqtigacha)bajarish uchun biznes qoidalarini belgilash qobiliyati ;

  • AT&T mobil infratuzilmasiga tayanib, nafaqat Wi-Fi orqali, balki mobil aloqa orqali ham ulanish imkoniyati;


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling