1-amaliy mashg`ulоt: Kinеmatika va dinamika Vоlkеnshtеyn, 1-2 § 1


- amaliy mashg’ulot mavzusiga doir topshiriqlar


Download 16.54 Kb.
bet2/2
Sana07.03.2023
Hajmi16.54 Kb.
#1247123
1   2
Bog'liq
1- Amaliy

- amaliy mashg’ulot mavzusiga doir topshiriqlar
1. Quyidagi qaysi hollarda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin?
a)ekvator uzunligini hisoblashda
b)Yerning quyosh atrofidagi orbita bo’ylab o’tgan yulini hisoblashda
c)Yerning o’z o’qi atrofida sutkalik aylanishida ekvator nuqtasining harakat tezligini hisoblashda
d)Yerning quyosh atrofida orbita buylab harakat tezligini hisoblashda
2. Quyidagi qaysi hollarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin?
a)Poyezdning bekatga yaqinlashayotganda
b)poyezdning ikki shahar oralig’idagi harakatlanishida
c)odamning xonadagi harakatida
d)Qishloq markaziga ketayotgan odamning harakatida
e)to’pning maydondagi harakatida
f) to’pning diametrini hisoblashda
3. Taksidabiz pulni yo’lga to’laymizmi yoki ko’chishgami? Samolyotdachi ?
4. Bola to’pni 1.5 m balandlikdan yerga tashladi. Yo’p yerga urilib , 0.5 m balandlikka chiqqanida bola uni ilib oldi. To’pning yo’li va ko’chishini aniqlang ?
5. Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomonga 10 km, so’ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g’arb tomonga 12 km, shundan so’ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning yo’li va ko’chishini toping?
6. Quyidagi jumlani mos ravishda yo’ldiring? Jismning boshlanga’ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo’nalgan chiziq kesmasi……………….deyiladi?
7. . Quyidagi jumlani mos ravishda yo’ldiring? Vaqt o’tishi biln jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga ……………… deyiladi?
8.Bronetransporter topshiriqqa chiqib ketdi va kechqurun qaytib keldi.Hisoblagichning ko’rsatgichi 500 km ni ko’rsatib turibdi. transporterning yo’li va ko’chishi aniqlansin.
9. Gayka boltga burab kalit yordamida burab kirgizilmoqda. Bu yerda gaykaning harakat trayektoriyasi qanday shaklda?
10. Tezliklarni km/soatga o’tkazining
2m/s, 5 m/s, 15 m/s, 25m/s, 40 m/s
11. Metro eskalatorining uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqsa uning tezligi qancha?
12. 60 m/s tezlik bilan harakat qilayotgan jism 1 minutda qancha masofani bosib o’tadi?
13. Velosiped tekis harakat qilib 25 minutda18 km masofani bosib o’tdi. uning tezligini toping?
14. 6 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jism 6 km masofani necha minutda bosib o’tadi?
15. Jism notekis harakat qilib 3 minutda 80 m masofani bosib o’tdi. Uning o’rtacjha tezligini toping?
16. Toshkentdan 7:30 da yo’lga chiqqan Neksiya avtomobili 270 km yo’l bosib soat 10:30 da Farg’onaga yetib bordi. Neksiyaning o’rtacha tezlgini toping.
17. O’quvchi yo’lning ma’lum bir qismida 2s davomda 3 m yo’l yurdi yo’lning shu qismidagi o’quvchining tezligi topilsin, bu tezlik oniy tezlikmi yoki o’rtacha tezlikmi?
18. Agar o’quvchining o’rtacha tezligi 1 m\s, uyidan maktabgacha bo’lgan masofa 600m bo’lsa u maktabga 7: 50 da yetib borishi uchun uyidan soat nechada chiqishi kerak?
19. Tinch turgan jism tekis tezlanuvchan harakat qilib 8 sda 20 m/s tezlikkaerishdi.Jism qanday tezlanish bilan harakat qilgan?
20. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan mashina 25 sda tezligini 45 km\soatdan 90 km\soatga oshirdi. Mashinaning tezlanishi qancha?
21. Samolyot qo’nish paytida g’ildiraklari yerga tekkandagi tezligi 360 km\soat. Agar uning tezlanishi
-2m\s2 bo’lsa, u qancha vaqtdan keyin to’xtaydi?
22. Avtomobil dastlabki 10 sda 150 m, keying 20 sda 500m, va oxirgi 5 sda 50 m yo’l yurdi. Yo’lning har qaysi qismidagi va butun yo’ldagi oniy tezlik aniqlansin.
Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling