1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. Ishdan maqsad


Birga-ko`p. A mohiyatning bir vakiliga V mohiyatning 0, 1 yoki bir necha vakili mos keladi. Ko`pga-ko`p


Download 129.5 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1471882
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy mode

Birga-ko`p. A mohiyatning bir vakiliga V mohiyatning 0, 1 yoki bir necha vakili mos keladi.

  • Ko`pga-ko`p. A mohiyatning har bir nusxasiga V mohiyatning 0 yoki bir necha nusxasi mos keladi hamda V mohiyatning har bir nusxasi uchun ham ushbu vaziyat kuzatiladi.




    Aloqalarda aloqa ko`rsatkichidan tashqari xususiyatlar ham mavjud. Masalan, mavjud bo`lish vaqti (doimiy, uzoq davrli va qisqa davrli aloqalar), tanlov (majburiy, nomajburiy, imkoniyatdan kelib chiqadigan va shartli aloqalar).


    Atribut (xususiyat) – mohiyat tavsifining nomi. Atribut tuzilmaning elementar birligi bo`lib, u mohiyat holatini aniqlash, qayd etish, tasniflash, raqamli tavsiflash yoki ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, «O`quvchi» mohiyatining atributlari – kod, familiyasi, ismi, sharifi, manzili, yoshi, jinsi va boshqalar bo`lishi mumkin.
    Umumiy holda, mohiyat atributlari soni cheksiz bo`lishi mumkin. Axborot tizimlarini ishlab chiqishda atributlar soni va tarkibi foydalanuvchi talablari hamda amalga oshirilishi lozim bo`lgan masalalardan kelib chiqib belgilanadi. Odatda, infologik modelni qurishda PSga doir tushunchalarning xususiyatlarini nisbatan kengroq va to`laroq ifodalashga harakat qilinadi. Bunda mavjud vazifalarni bajarish imkoniyatini hisobga olishdan tashqari istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalarga ham e`tibor qaratiladi.
    ER-diagrammalarda atributlar qo`llanilayotgan modelga bog`liq ravishda turlicha tasvirlanadi. Masalan, atributlar nomlari mohiyatni tasvirlaydigan to`g`ri to`rtburchakning ichki qismida, mohiyat nomi keltirilgan satrdan keyingi satrlarda, kichik harflarda keltirilishi mumkin. Boshqa hollarda atributlar mohiyatni tasvirlovchi to`g`ri to`rtburchakdan tashqarida, unga chiziqlar bilan bog`langan tarzda ifodalanishi mumkin. Qoidaga ko`ra, kalit toifasiga ega atributlar ajratib ko`rsatiladi. Ba`zi hollarda atributlar oval ichiga joylashtiriladi.
    ER-diagrammalarning nisbatan murakkabroq elementlari qatoriga mohiyatlarning podtiplari kiradi. Mohiyat bir-birlarini o`zaro inkor etuvchi ikki va undan ortiq podtiplarga tarmoqlanishi mumkin. Ushbu podtiplarning har birida ular uchun umumiy bo`lgan atributlar va aloqalar mavjud bo`ladi. Mazkur umumiy atributlar yoki aloqalar nisbatan yuqoriroq darajada belgilanadi, podtiplarda esa faqat ularning o`zlarigagina tegishli bo`lgan atributlar va aloqalar ko`rsatiladi. Mohiyatlarni podtiplarga ajratish quyi darajalarga qarab xohlagancha davom ettirilishi mumkin. Biroq, tajribalarning ko`rsatishicha, ko`pgina hollarda ikki yoki uchta darajadan foydalanish yetarli bo`ladi.
    Podtiplarni aniqlashda asos bo`lib xizmat qiladigan mohiyat supertip deb ataladi. Podtiplar birgalikda to`la to`plamni tashkil etishlari zarur, ya`ni supertipning xohlagan bir nusxasi biror-bir podtipga tegishli bo`lishi lozim. Masalan, «Jihoz» mohiyati uchun «Monitor», «Tizim bloki» va boshqa podtiplarni belgilash mumkin.
    ER-diagrammalarni ishlab chiqishda universal munosabatni qurish, uni bo`laklarga ajratish, ikkinchi va uchinchi me`yoriy shakllarga keltirish zarurati bo`lmaydi.1 Mohiyatlarni to`laqonli aniqlashning o`zi – bu universal munosabatni uchinchi me`yoriy shaklga keltirishdan iborat.
    PSni mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda ish olib boriladi:

    1. PS ni ob`ektlari aniqlanadi.

    2. Ob`ekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri ob`ektni identifikatsiyalaydi.

    3. Ob`ektlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi.

    4. Maxsus belgilar kiritilib, ob`ekt aloqa diagrammasi o`rnatiladi. Bu diagramma PSning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi.

    Ob`ektlarni identifikatsiyalash uchun yoki kompyuter xotirasida yozuvlarning o`rnini aniqlashda ma`lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Agar kalit ob`ektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit, aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar ob`ektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kalit ulangan kalit deb ataladi. Agar A va V guruhdagi ob`ektlar berilgan bo`lsa, u holda yuqoridagidek munosabatlar o`rnatiladi.
    MBlarini ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma`lumotlarga bo`lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, predmet sohasining namunaviy (tipik) ob`ektlari birdaniga o`rnatiladi. Bu yerda eng optimal usul - ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu dastlabki bosqichda barcha masalalar to`g`risida yetarlicha ma`lumotlarning yo`qligi bilan bog`liq.
    MB loyihalashtirish jarayoni ikki bosqichga bulinadi: predmet sohasining ma`lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab chiqish va MBning mantaqiy tuzilishini aniqlash. Axborot - mantiqiy model predmet sohasini axborot ob`ektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko`rinishida aks etgiruvchi ma`lumotlar modelidir. Predmet sohasi ma`lumotlariniig axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish muammo sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga asoslanadi (3.7-rasm).


    Download 129.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling