1-amaliy mashg’ulot mavzu: Aniq gravimetrik usul yordamida neft va suv chegarasini aniqlash


Download 339 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi339 Kb.
#1783318
Bog'liq
1-амалий


1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Aniq gravimetrik usul yordamida neft va suv chegarasini aniqlash.
Katta chuqurlikda joylashgan nomuofiq tuzilishga ega cho‘kindi yotqiziqlarining xar-xil qavat chegaralarida joylashgan strukturalarni qidirish geofizik tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Ushbu masalalarni yechishda odatda seysmik tadqiqotlari yordamida amalga oshiriladi. Cho’kindi yotqiziqlaridagi strukturalarni mufassalroq o’rganish, chuqur qidiruv burg’ilashga tayyorlash, chuqur geologik tuzilishini o’rganish kompleks geofizik tadqiqotlari yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun neft va gazli strukturalarni qidirishda boshqa geofizik qidiruvlar qatori birinchi o’rinda gravimetrik tadqiqotlarini qo’llash mumkin. Buning uchun bir qator shart sharoitlar mavjud. Bir necha strukturalarni gravimetrik syomka natijalari bo’yicha aniqlash osonroq, boshqa tadqiqotlarda esa kuzatuv natijalarini murakkab interpretatsiyalash talab etiladi. Tuz gumbozlari. Yirik tuz gumbozi ustida gravitatsion minimum bilan klassik shakl keltiriladi. Birgina extimoliy maksimum qiymati qalin gipsoangidrit qopqoq jinslarida kuzatilgan. Bir qator xolatlarda tuz gumbozlari ko’tarilmalarida brekchiyalar ochilgan bo’lib, og’irlik kuchining gorizontal gradiyenti orttirmasi konturining kkesishishida nomoyon bo’ladi. Tuz gumboz elementlarini detal qidiruv natijalari asosida tuz shtoklari shaklini qo’ziqorin xolatiga o’xshashligi aniqlanadi. Tuz shtogining ustki qismi seysmorazvedkaning qaytgan to’lqin usuli orqali aniqlanadi.
Antiklinallar. Geosinklinal rayonlarda va platforma botiq zonalarida uchraydigan neft va gaz konlari og’irlik kuchi anomaliyalari bilan nomoyon bo’ladi. Saxalin oblastining shimolida xuddi shunday zona ajratilgan.
Boshqa turdagi struktura elementlari. Asosan uzilmali buzilish mavjud xdudlarda gravimetrik anomaliyalar bilan kuzatiladi.



Uyumlarning gravimetrik effekti gaz uyumlarining zichligini kamayishi bilan (0.07-0.13 g/sm3), neftlarda esa (0.10-0.15 g/sm3) gacha bo’lib, suvga to’yingan kollektorlarning qiyoslanishi bilan aniqlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan effekt nef va gazga to’yingan qatlamlarning zichligi ularni atrof sig’diruvchi jinslarnikidan farq qilganligi bilan ajratiladi. Kichik va o’rta konlarda gravitatsion effekt 100-10 mgal gacha o’zgaradi.yirik konlarda esa 1-2.5 mgal gacha aniqlikda o’rganiladi.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling