1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. Asosiy formulalar: Mustaqil yech ish uchun masalalar
Download 18.25 Kb.
|
1-Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori.
1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. Asosiy formulalar: Mustaqil yech ish uchun masalalar: Idishdagi 81023 ta molekulaga ega bo‘lgan bir atomli ideal gazning temperaturasi 100 K ga ortganda, uning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi (J)? Hajmi 2 litr, bir atomli ideal gazning ichki energiyasi 300 J bo’lsa, gaz bosimi qanday? Temperaturalari bir xil bo‘lgan teng massali geliy va argonning ichki energiyalari nisbati qanday bo‘ladi? Geliyning molyar massasi 4 g/mol, argonniki 40 g/mol ga teng? Miqdori 2 mol geliy 20°C dan 80°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanchaga kamayadi (kJ)? Agar ballondagi gazning temperaturasi 100 K ga ortganda, uning bosimi 4 marta oshgan bo‘lsa, uning ichki energiya necha marta o‘zgargan? Temperaturasi 73°C va ichki energiyasi 2493 J bo‘lgan geliy gazining massasini aniqlang (g). Temperaturasi 73°C bo‘lgan bir mol bir atomli ideal gazning ichki energiyasini toping (J). Ballondagi o‘rtacha kvadratik tezligi 500 m/s bo‘lgan 2 g massali bir atomli gazning ichki energiyasi qancha bo‘ladi (J)? Bir atomli ideal gazning hajmi 2 m3 va ichki energiyasi 1500 J bo‘lsa, uning bosimini toping (Pa)? Massasi 0,4 kg va solishtirma issiqlik sig‘imi 3800 J/(kgK) bo‘lgan jism 4°C dan 24°C gacha qizdirilganda, qancha issiqlik miqodorini qabul qiladi? Temperaturasi 290 K, hajmi 6 litr ikki atomli ideal gaz ichki energiyasi 420 J bo'lsa, molekulalar konsentratsiyasini aniqlang. Massalari 20 g va 10 g bo’lgan geliy va neon gezlari aralashmasining 300 K temperaturadagi ichki energiyasini aniqlang. Geliyning molyar massasi 4 g/mol, neonniki 20 g/mol. Qandaydir massali geliy 4 l hajmni egallaydi. Qizdirish jarayonida uning bosimi 104 Pa ga otrsa, uning ichki energiyasi qanchaga ortadi? 300 kPa bosim ostida turgan bir atomli ideal gaz temperaturasi izobarik ravishda 3 marta oshirildi. Uning ichki energiyasi 18 kJ ga ortgan bo'lsa, gazning boshlang’ich hajmini aniqlang. Ideal gaz temperatura 50 K ga oshishi natijasida, ichki energiyasi 200 kJ ga ortdi. Gaz huddi shu sharoitda yana necha gradusga qizdirilsa, ichki energiyasi 80 kJ ga ortadi? Bir atomli ideal gaz 4 l hajm va 300 K temperaturada 600 J ichki energiyaga ega bo'lsa, molekulalar konsentratsiyasini aniqlang. Temperaturasi 27 °C bo’lgan 160 g kislorod hajmi izibarik qizdirish natijasida 2 marta ortdi. Uning ichki energiyasi qanchaga ortgan? Kislorodning molyar massasi 32 g/mol. Idishda 20 mol , temperaturasi 300 K bo’lgan bir atomli ideal gaz bor. Agar idishdan 2 mol gaz chiqrib yuborilsa va temperatura 5 K ga pasaysa, idishdagi gazning ichki energiyasi qanchaga kamayadi? Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling