1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. Asosiy formulalar: Mustaqil yech ish uchun masalalar


Download 18.25 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1797511
Bog'liq
1-Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori.


1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ichki energiya, Ideal gaz ichki energiyasi. Issiqlik miqdori.
Asosiy formulalar:



Mustaqil yech ish uchun masalalar:

    1. Idishdagi 81023 ta molekulaga ega bo‘lgan bir atomli ideal gazning temperaturasi 100 K ga ortganda, uning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi (J)?

    2. Hajmi 2 litr, bir atomli ideal gazning ichki energiyasi 300 J bo’lsa, gaz bosimi qanday?

    3. Temperaturalari bir xil bo‘lgan teng mas­sali geliy va argonning ichki energiya­lari nisbati qanday bo‘ladi? Geliyning molyar massasi 4 g/mol, argonniki 40 g/mol ga teng?

    4. Miqdori 2 mol geliy 20°C dan 80°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qan­chaga kamayadi (kJ)?

    5. Agar ballondagi gazning temperaturasi 100 K ga ortganda, uning bosimi 4 marta osh­gan bo‘lsa, uning ichki energiya necha marta o‘zgargan?

    6. Temperaturasi 73°C va ichki energiyasi 2493 J bo‘lgan geliy gazining massasini aniqlang (g).

    7. Temperaturasi 73°C bo‘lgan bir mol bir atomli ideal gazning ichki energiya­sini toping (J).

    8. Ballondagi o‘rtacha kvadratik tezligi 500 m/s bo‘lgan 2 g massali bir atomli gazning ichki energiyasi qancha bo‘ladi (J)?

    9. Bir atomli ideal gazning hajmi 2 m3 va ichki energiyasi 1500 J bo‘lsa, uning bosi­mini toping (Pa)?

    10. Massasi 0,4 kg va solishtirma issiqlik sig‘imi 3800 J/(kgK) bo‘lgan jism 4°C dan 24°C gacha qizdirilganda, qancha issiqlik miqodorini qabul qiladi?

    11. Temperaturasi 290 K, hajmi 6 litr ikki atomli ideal gaz ichki energiyasi 420 J bo'lsa, molekulalar konsentratsiyasini aniqlang.

    12. Massalari 20 g va 10 g bo’lgan geliy va neon gezlari aralashmasining 300 K temperaturadagi ichki energiyasini aniqlang. Geliyning molyar massasi 4 g/mol, neonniki 20 g/mol.

    13. Qandaydir massali geliy 4 l hajmni egallaydi. Qizdirish jarayonida uning bosimi 104 Pa ga otrsa, uning ichki energiyasi qanchaga ortadi?

    14. 300 kPa bosim ostida turgan bir atomli ideal gaz temperaturasi izobarik ravishda 3 marta oshirildi. Uning ichki energiyasi 18 kJ ga ortgan bo'lsa, gazning boshlang’ich hajmini aniqlang.

    15. Ideal gaz temperatura 50 K ga oshishi natijasida, ichki energiyasi 200 kJ ga ortdi. Gaz huddi shu sharoitda yana necha gradusga qizdirilsa, ichki energiyasi 80 kJ ga ortadi?

    16. Bir atomli ideal gaz 4 l hajm va 300 K temperaturada 600 J ichki energiyaga ega bo'lsa, molekulalar konsentratsiyasini aniqlang.

    17. Temperaturasi 27 °C bo’lgan 160 g kislorod hajmi izibarik qizdirish natijasida 2 marta ortdi. Uning ichki energiyasi qanchaga ortgan? Kislorodning molyar massasi 32 g/mol.

    18. Idishda 20 mol , temperaturasi 300 K bo’lgan bir atomli ideal gaz bor. Agar idishdan 2 mol gaz chiqrib yuborilsa va temperatura 5 K ga pasaysa, idishdagi gazning ichki energiyasi qanchaga kamayadi?


Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling