1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash


Download 361.38 Kb.
bet1/9
Sana26.10.2023
Hajmi361.38 Kb.
#1724630
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu Microsoft Access dasturida shakllar (1)

1-Amaliy mashg`ulot.

Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash

Nazariy ma`lumot.




Shakllarni uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:
-Shakllar konstruktori yordamida - shakl maketi yaratiladi va foydalanuvchiga shakl yaratish uchun mo`ljallangan uskunalar to`plamini (usta va quruvchi kabi avtomatlashtirish vasitasilari ham) tavsiya qiladi.
-Shakl ustasi yordamida - shakllarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning shakl yaratish bo`yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo`ladi.
-Avtoshakldan foydalanib - tanlangan jadval asosida quyidagi tur shakllardan biri hosil qilinadi: В столбец, Ленточную, Табличную.
Shakl yaratish uchun ma`lumotlar bazasi oynasining Формы qo`yilmasidagi Создать tugmasi bosiladi. Ekranda Новая форма muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu oynada dastur foydalanuvchiga shakl yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Shakl yaratish usullari ro`yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda shakl yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so`rov ko`rsatiladi.




Ro`yxatdan Автоформа: в столбец elementini tanlang va OK tugmasini bosing. Biroz vaqtdan so`ng ekranda tayyor shakl paydo bo`ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo`lsangiz Access bu shaklning saqlanmaganligi haqida eslatadi va uni ВЕДОМОСТЬ СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi.




Shakllarni aks ettirish holatlari


Har bir Access-shaklni ekranda quyidagi holatlarda aks ettirish mumkin:
-konstruktor holatida;
-shakl holatida;
-jadval holatida.

Ko`rsatilgan holatlarni o`zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi holatlar nomlari ro`yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi.


Konstruktor holati. Shakllarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug`i yordamida o`rnatiladi va shakllarni loyihalash uchun mo`ljallangan.
Shakl holati. Вид menyusining Режим формы buyrug`i shakllarning ishchi ko`rinishini o`rnatadi. Bu holatda foydalanuvchi shakl yaratilgan jadvalda qo`shish, o`chirish, yangilash va ma`lumotlarni aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma`lumotlar yozuvlar bo`yicha (faqat bitta yozuv ma`lumotlari ko`rinadi) yoki jadval ko`rinishida (ekranda bir nechta yozub paydo bo`ladi) aks ettiriladi. Yozuvlar bo`yich tasvirlashni ma`lumotlarni qo`shish va o`zgartirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.
Jadval holati. Shakllarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug`i yordamida amalga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz formatlanmagan yozuvlarni ko`rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan shakl har doim ham shakl uchun asos bo`lgan jadval bilan bir xil bo`lmaydi. Maydonlarning shaklda va joriy jadvalda joylashish tartibi farq qilishi mumkin.
Shakldagi yozuvlarni ko`rish shakl oynasining pastki qismida joylashgan strelkali tugmalar hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgan maydon tashkil qiluvchilari belgilanadi. Shakl maydonlarini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo`lgan tahrirlash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o`rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari o`zgartirilganda shakl oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo`ladi.
Shaklga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun Записи menyusining Ввод данных buyrug`i mo`ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma`lumotlar bilan to`ldirish mumkin bo`lgan bo`sh yozuv paydo bo`ladi. Shakldan yozuvlarni o`chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga oshiriladi. O`chiriladigan yozuv belgilanishi shart. Buning uchun belgilash ustunida sichqonni bosish yetarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonchani bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug`i yordamida almashish buferiga olib qo`yilishi mumkin. Shakllarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin.



Download 361.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling