1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Nutqning pragmatik xususiyatlari Reja
Download 25.52 Kb.
|
1-amaliy lingvopragmatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning pragmatik xususiyatlari.
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Nutqning pragmatik xususiyatlari Reja: Lingvistik pragmatikaning amaliy va nazariy shakllanishi. Lingvistik pragmatikaning umumiy va xususiy shakllanishi. Nutqning pragmatik xususiyatlari. Har bir fanning o’z rivojlanish bosqichi, tarixi va davri bo’lganidek tilshinoslik fani ham muayyan bosqichlarni bosib o’tdi. Bu davrda esa turfa qarashlar, konsepsiyalar, ta’limotlar qarama- qarshiligi asosida tilshunoslik amaliy va nazariy jihatdan shakllandi. Bugungi kun tilshunosligi ekstralingvistika, intralingvistika va komprativistika kabi tarmoqlarga bo’lindiki, ularning asosida jnson nutqiy a’zosi o’rganildi. Jumladan, Insonning obyektiv olamdagi barcha ijtimoiy hatti-harakatlari uning nutqiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun inson nutqini o‘rganish uning ma’naviy olami bilan tanishish imkonini beradi. Pragmatika tilshunoslik fanining yangi bir nazariy va amaliy tarmog‘idir. U insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi nutqiy jarayon, nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat, nutqiy vaziyatning ta’siri bilan aloqador masalalarni o‘rganadi. «Pragmatikaning manbasi Ch.Pirs, U.Djems, D.Dyun, Ch.Morris kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan bogliqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g‘oyalar o‘rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika o‘rtasidagi o‘zaro farqlar ko‘rsatiladi». Pragmatika grekcha pragmos so‘zidan olingan bo‘lib, «ish», «harakat» ma’nolarini beradi. Pragmatika lingvistik belgilarning nutqdagi funksional qo‘llanishini o‘rganadi. Shuning uchun tilshunoslikning bu yunalishi semiotika tarmoqlaridan biri sanaladi. Pragmatika termini XX asrning 30-yillarida Ch.I.Morris tomonidan ilmiy muomalaga olib kirilgan. U semiotikani semantika, sintaktika, pragmatika kabi tarkibiy qismlarga ajratadi. Tilshunoslikda pragmatikaning yangi tadqiqot obyekti sifatida yuzaga kelishi va ajratilishi, yuqorida ta’kidlanganidek, Ch.S.Pirs g‘oyalari, shuningdek, J.R.Ostin, J.R.Serl va Z.Vendlerlarning 60 -70-yillardagi mantiqiy-falsafiy qarashlari asosida yuzaga kelgan nutqiy akt, Pola Graysning ma’noning pragmatik tahlili va L.Pinskiy, J.R.Serl, P.F.Strosonlarning referensiya nazariyalari ta’siri bilan uzviy bogliqdir. J.R.Ostin, J.R.Serl va Z.Vendlerlarning nutqiy akt nazariyasi ta’limoti ta’sirida lingvistik pragmatikaning shakllanishi uchun ma’lum asoslar yaratildi. Chunki nutqiy akt tushunchasi mohiyatiga ko‘ra so‘zlovchi nutqida kommunikativ niyat aks etadi. Kommunikativ niyat esa nutqiy aktlarning ko‘rinishlari sifatida nutqda namoyon bo‘ladi. Nutqiy aktlar yig‘indisi nutqning mazmunini tashkil kiladi. So‘zlovchining munosabati esa nutqiy aktlar vositasida shakllanadi. Bunda inson tilining ibtidoiy shakllanishidan tortib to uning murakkab mazmuniy tuzilishiga qadar bo‘lgan lingvistik xususiyatlari nutqiy akt muammolari sifatida talqin etiladi. Nutqiy akt nazariyasiga xos har bir tadqiqiy talqinda nutq subyektining olamni bilish va his qilishdagi tasavvur ko‘rsatkichlarining nutqdagi darajalari hisobga olinadi. Nutqiy akt nazariyasiga xos mana shunday o‘zak tadqiqiy talqin lingvistik pragmatika tarmog‘ining shakllanishi uchun asosiy mezon vazifasini bajaradi. Lingvistik pragmatika nazariyasi xususidagi ilk ma’lumotlar tilshunoslik fanining yangi tarmog‘i sifatida o‘tgan asrning 60 - 70-yillarida boshlangan esa-da, bu yunalishning paydo bo‘lishiga turtki bergan g‘oyalar tarixi XIX asr oxiri - XX asr boshlariga borib taqaladi. Bu davrda taniqli g‘arb faylasuflarining nazariy qarashlarida semantikaning mohiyati aniqlanadi, semiotikaning tarkibiy qismlariga xos differensial belgilari ko‘rsatib o‘tiladi. 60 - 70-yillarda til belgilarining nutqdagi amaliy ko‘llanishiga xos kontekstual xususiyatlarini o‘rganish bilan tilshunoslikda pragmatik yunalish yuzaga kela boshladi. Lingvistik pragmatikaning shakllanishi yirik olim L.Vitgenshteynning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, aynan uning ishlarida pragmatika nazariy semiotik tadqiqotning mustaqil sohasi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Pragmatikaning tilshunoslik fanining yangi tarmog‘i sifatida shakllanishi va tan olinishi 70-yillarning ikkinchi yarmiga tug‘ri keladi. Chunki bu davrda lingvistik pragmatika bilan aloqador maqolalar to‘plam holida nashr qilindi. To‘plam shu yunalishning yangi tarmoq sifatida shakllanishi uchun boshlang‘ich amaliy va nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Lingvistik pragmatika falsafiy g‘oyalar ta’sirida shakllana boshladi. 1977 yildan Amsterdamda lingvistik pragmatikaga bagishlangan maxsus jurnal nashr kilina boshlandi. Jurnal «Nutqshunoslik» va «Tekstologiya»ning turli yunalishlari bilan bog‘liq masalalarni yoritishga bag‘ishlangan maqolalarni to‘plam sifatida e’lon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Lingvistik pragmatika so‘zlovchi ijtimoiy faoliyatining nutqdagi real ifoda masalalarini qamrab oladi. Pragmatikaga qiziqish tilshunoslik fanining alohida tarmog‘i sifatida shakllanishi uning oldiga qator masalalarni qo‘yadi. Bizningcha, pragmatikani tilshunoslikning boshka sohalaridan ajratish va uning tadqiqiy manbasini chegaralash orqaligina uni yangi tarmoq sifatida talqin etish mumkin. Lingvistik pragmatikaning eng muhim jihatlaridan biri uning boshlang‘ich chegarasini aniqlashdir. Tilshunos olim V.V.Petrovning til haqidagi kuyidagi tezisi lingvopragmatikaning boshlangich tadkikiy chegarasini aniklash uchun lingvistik asos buladi: Nutqiy faoliyat – til ham xuddi shunday. Inson semantik bilimlarga ega bo‘lishi mumkin, bunga ijtimoiy muhitning o‘zi har qanday shaxs uchun ma’lum imkoniyatlarni yaratadi. Biroq semantik bilimlarga ega bo‘lishning o‘zi insonning so‘zlash, fikrlash va ifoda mazmunini anglashi uchun kamlik qiladi. Inson tildagi barcha semantik ilmlarni bilish bilan birga ularni o‘z maqsadi yo‘lida tanlay olishi va ifodalash imkoniga ega bo‘lishi lozim. Tildagi ayni mana shu jihatlarni lingvistik pragmatika o‘rganadi. Ferdinand de Sossyur tilni shaxmatga qiyoslash natijasida obyektiv olamdagi predmet, narsa va hodisalarni shaxmat donalari sifatida nomlagan bo‘lsa (shaxmat donalarining imkoniyatlarini bilish bilan birga uyin ko‘rsatishni ham bilish kerak), L.Vitgenshteyn tilga xos umumiy qonuniyatlarni «semantik o‘yin» tushunchasi bilan ifodalaydi. Semantik o‘yin qoidalariga ko‘ra, har bir nutq subyekti uchun ma’lum tushunchalar semantika deb karaladi, har bir semantik o‘yinga xos oddiy yurish tartibi ham sintaktika, o‘yin ishtirokchilarining o‘ziga xos strategiya tushunchasi pragmatika deb talqin etiladi. V.V.Petrovning ta’kidlashicha, L.Vitgenshteyn aynan semantik o‘yin ishtirokchilariga xos strategiya tushunchasini e’tibordan chetda qoldiradi. Vitgenshteyn shaxmat uyinining har bir alohida partiyasi singari nutqiy faoliyat jarayonidagi nutq ishtirokchilarining suhbatini «semantik o‘yin» tushunchasi deb talqin etadi. V.V.Petrov esa lingvistik pragmatika shaxmat uyinidagi alohida partiyalarni emas, balki o‘yin ishtirokchilariga xos «yurish strategiya» sini nazarda tutishini ko‘rsatadi. Bizningcha ham «semantik o‘yin» tushunchasi mohiyatiga xos nutq ishtirokchilarining fikr ifodalash taktikasi hakiqiy ma’noda lingvopragmatik tadqiqiy obyekt deb ko‘rsatilsa mutlaf tug‘ri bo‘ladi. Lingvistik pragmatikaning shakllanishi xususidagi asosiy ma’lumotlar N.D.Arutyunova, YE.V.Paduchevalarning ishlarida beriladi. Ular an’anaviy tilshunoslikka oid juda ko‘p ishlarda semantika ensiklopedik bilimlarga tenglashtirilgani, pragmatika to‘g‘risida esa umuman tasavvurning yo‘qligini ta’kidlaydilar. Keyinchalik esa semantika masalalarini tadqiq etish jarayoni pragmatik hodisalarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Shu asosda borliqdagi voqeliklarning tildagi ifodalanish darajasi pragmatik bilimlar sifatida talqin etila boshladi. Tilshunoslikning bu yo‘nalishi, struktural tilshunoslikdan farqli o‘laroq, til va nutq muammolarini insonning nutqiy faoliyati bilan bogliq holda tadqiq eta boshladi. Borliqdagi voqeliklarning tildagi ifodasi endi o‘zining mantiqiy, falsafiy va lingvistik talqiniga ega bo‘la bordi. Download 25.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling