1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Suv o„tlari tuzilishi va ularning sistematikasi


Download 21.6 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi21.6 Kb.
#1840248
Bog'liq
1amaliy


1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Suv o„tlari tuzilishi va ularning sistematikasi
Ishni bajarish tartibi. Mikrosuvo‗tlari - o‗z nomi bilan atalganidek bir va ko‗p hujayrali mikroskopik holatga ega bo‗lib, bu tirik organizmlarni insonning ko‗zi bilan ko‗rib bo‗lmaydi. Bu organizmlar faqatgina mikroskop yordami bilangina ko‗riladi. Shunday bo‗lsada aynan shu tirik organizmlar chuqur tarixga (yani 3,5 mlrd yil) ega bo‗lib, aynan shu organizm yer kurrasida birinchi bo‗lib havo tarkibidagi CO2 fotosintez jarayoni orqali O2 (kislorod) aylantirib tirik mavjudotlar yashashiga sharoit yaratib berdi. Aynan shu organizmlar fotosintez jarayonini o‗zlashtirib insoniyat va barcha tirik mavjudotlar boshlagan tarixiy va albatta kelajakomus qadamlarini 33 boshlashlariga asos bo‗ldi. Yillar davomida bu mitti organizmlar Yer iqlimining barcha injiqliklarini ko‗rib va kuzatibgina qolmay, shu holatlarga moslashib bordi. Bu esa katta tarixiy vaqt davomida bu organizmlarni har-xil sharoitga moslanuvchan qilib moslashtirib keldi. Hozirgi kelib mikrosuvo‗tlari yer sayyorasining eng sovuq mintaqasi Antarktidaning muzliklaridan tortib, endigina oqib chiqqan lava bo‗ylari, hattoki havoning namlik yuqori bo‗lgan qatlamlarida ham uchrashi qayd etilgan. Mikrosuvo‗tlarining ozuqasi asosan suvda erigan mineral tuzlar hisoblanadi. Mikrosuvo‗tlari tuban o‘simliklarning katta bir guruppasi bo‘lib, asosan rangi (yashil, ko‘k-yashil, qo‘ng‘ir, qizil va hokazo), tana tuzilishi va ko‘payishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mikrosuvo‗tlari – tipik suv o‘simliklaridir. Hatto tuproq suvo‘tlari degan turlari ham to‘la hayot davrasini o‘tish uchun suvli muhitga muhtoj bo‘ladi. Ularni suv havzalari tubida yopishi yashaydigan va suvda erkin suzib yuradigan formalari mavjud. Bu organizmlar ham o‗z navbatida 2 ta katta oilaga bo‗linadi. Bular prokariotlar va o‗simliklar (2-jadval). 2-jadval Mikrosuvo„tlarining sinflanishi Eukariot mikrosuvo„tlari oilalari Prokariot mikrosuvo„tlari oilalari Yashil mikrosuvo‗tlari (Chlorophyta) Ko‗k-yashil mikrosuvo‗tlari (Cyanobacteria) Qizil mikrosuvo‗tlari (Rhodophyta) Oltinrang mikrosuvo‗tlari (Chrysophyta) Diatom mikrosuvo‗tlari (Bacillariophyta) Evglen mikrosuvo‗tlari (Euglenophyta) Sariq-yashil mikrosuvo‗tlari (Xanthophyta) Dinofit mikrosuvo‗tlari (Dinophyta) Kriptofit mikrosuvo‗tlari (Cryptophyta) Scenedesmus mikrosuvo‟ti Qisqacha tavsifi. Scenedesmus mikrosuvo‗ti ham yashil mikrosuvo‗tlari oilasiga mansub protokok bir hujayrali tirik organizmlardir. Bu organizm 4-16 ta gacha koloniyalar hosil qilgan ya‘ni zanjirsimon holda yashaydi. Ustki va pastki xujayra qismlari silliq yon xujayra devorlari bilan esa boshqa Scenedesmus xujayralariga yopishib aytilganidek zanjir hosil qilib oladi. Bu organizmni xujayrasidagi xromatofor ham yashil xlorofill donachalar saqlaydi va suvga yashil tus beradi. Bu organizm hozirda insoniyat uchun oziq-ovqat sanoatida oqsil, vitamin va fermentga boy qo‗shimcha, qishloq xo‗jaligida esa oqsilga va fermentga boy ozuqa yemi sifitida ishlatilish uchun chuqur o‗rganilib izlanishlar 34 olib borilmoqda. Bu mikrosuvo‗tining insoniyatga katta urg‗u berilish sabablaridan biri uning hujayra qobig‗ining yumshoqligidadir va uning ham oqsil va mikroelementlarga boyligidir. Ya‘ni bu mikrosuvo‗ti tirik organizm organizmiga tushgandan so‗ng to‗liq singadi. Bu mikrosuvo‗ti chuchuk suvda o‗sadi va uning 100 dan ortiq turlari mavjud. Uning hujayra diametri ham kichik bo‗lib, uni faqatgina mikroskop yordamida ko‗riladi. (19-rasm) 19-rasm. Scenedesmus mikroskop ostida ko‗rinishi Scenedesmus ni Makaziy Osiyo davlatlari hududi joylashgan suv havzalarida keng uchratish mumkin. Bu mikrosuvo‗ti juda tez katta biomassa hosil qiladi. Mezofil organizm hisoblangani uchun bahor oylarini juda hush kuradi. 25-26 CO harorat bu organizm uchun eng ma‘qul harorat hisoblanadi. Bahor oylarida asosan uning bosh qismlarida qiyg‗os gullaydi va xovuzlarga o‗zgacha ko‗rk bag‗ishlaydi. Bu organizm ko‗payishi uchun ham mineral tuzlar va fotosintez jarayoni asosiy omil hisoblanadi. Quyoshning ta‘siri ostida shu darajada tez ko‗payadiki suvning ustki qatlamidan boshqa qatlamini ko‗rsatmaydigan holatga olib keladi. Bu mikrosuvo‗ti ham hozirda jadal ravishda o‗rganib kelinmoqda. Shunga qaramasdan bu tur haqida hozirda ma‘lumot juda oz hisoblanadi. Chlorella va uning biokimyoviy tarkibi. Chlorella dunyo okeanlarida 3.5 mlrd yil avval paydo bo‗lgan va 1.5 mlrd yil oldin esa yerda o‗suvchi o‗simliklar paydo bo‗lgan. Vaqt zamonlar o‗tib ko‗pgina hayvon va o‗simliklar butunlay yo‗q bo‗lib ketgan. Chlorella esa yanada rivojlanib, shu davrgacha etib kelgan va hozirda hayvonlar oziqasi uchun qimmatli vosita hisoblanadi. Chlorellani mikroskopik o‗stirish va avtomatlashtirilgan tajriba uskunalarida sun‘iy ravishda yoritish natijasida sutkasiga 1 m2 da 100-140 g quruq modda hosil bo‗lgan. Bu sutkasiga 1-1.4 t/ga (quruq massada) yoki 360-500 t/ga (yiliga) teng. Mikrosuvo‗tlaridan massaviy kultura tayyorlashda tabiiy yoritish 1 sutkada 14-35 g/m² (quruq moddada) dan 60 g/m² gacha boradi. Chlorella bir hujayrali mikrosuvo‗ti bo‗lib, uning tarkibidagi birgina vitaminlarni o‗zi, boshqa o‗simliklar va qishloq xo‗jaligida madaniylashtirilgan 35 o‗simliklar tarkibidagi vitaminlar bilan taqqoslanganda, vitamin A ning miqdori na‘matak va quritilgan o‗rikning tarkibidagidan 7-10 marta ko‗pligi aniqlangan. Vitamin A uning provitaminlari - karotinlar mavjud. Karotin organizmda me‘daichak shillig‗ida karotinaza fermenti tufayli vitamin A ga aylanadi. Chlorella oqsil, uglevod, lipid, vitamin va minerallar manbasi hisoblanib, ularning yetishtirish sharoitlari o‗zgartirilganda, tarkibidagi biologik faol moddalarni miqdorini yengil o‗zgartiradi. Oddiy mineralli muhitda yetishtirilgan Chlorella biomassasining (quruq massaga nisbatan, % da) – oqsillar 40-55, uglevodlar 35-37, lipidlar 5-10, mineral moddalar esa 10 % ni tashkil qiladi . Chlorella etishtirish vaqtida, oziqa muhitida azot miqdori ko‗p bo‗lsa, uning tarkibida oqsillar miqdori ortadi, azot miqdori kamayganda esa lipidlar va uglevodlar sintez bo‗lish jarayoni tezlashadi. Agar oziqa muhitiga glyukoza va atsetat tuzlari qo‗shilganda karotinoidlar miqdori ortadi. Chlorellaning 1 g quritilgan biomassasida biologik faol moddalar - 1000- 1600 mkg karotin, 2 – 18 mkg vitamin B1, 21 - 28 mkg B2, 12 - 17 mkg B3, 9 mkg B6, 0,025 - 0,1 mkg B12, 1300 - 5000 mkg C, 1000 mkg provitamin D, 6 mkg K, 110 - 180 mkg PP, 10 - 350 mkg E, 12 - 17 mkg pantoten kislota, 485 mkg foli kislota, 0,1 mkg biotin, 22 mkg leykovorin mavjud. Chlorella boshqa mikrosuvo‗tlari kabi, biologik faol moddalar manbasi hisoblanib, oqsillar miqdori nisbatan yuqori bo‗ladi, oqsilining tarkibida esa almashinmaydigan aminokislotalar - valin 50,5 mg; leysin 60,1 mg; izoleysin 30,5 mg; metionin 10,4 mg; trionin 20,9 mg; fenil--alanin 20,8 mg; lizin 100,2 mg; triptofan 20,1 mg [14-16] uchraydi. (3-jadval) 3-jadval Chlorella suvo‗ti quruq biomassada BFM miqdori (mg, 100 g da). Modda nomi massa Modda nomi Massa glutamin 70.8 Karotin 600.0 glitsin 60,2 vitamin A 100.0 alanin 70,7 vitamin B1 18.0 prolin 50,8 vitamin B2 280.0 arginin 150,8 vitamin B6 9,0 leysin 60,1 vitamin B12 125,9 lizin 100,2 vitamin C 15,6 trionin 20,9 provitamin D 1000 serin 30,3 vitamin PP 180.0 metionin 10,4 vitamin K 60,8 valin 50,5 vitamin E 350.0 teriozin 2,8 pantoten kislota 17.0 sistin 2,2 foli kislota 26,9 gistidin 30,3 biotin 191,6 36 izoleysin 30,5 rux 71,0 fenil-b-alanin 20,8 yod 0,08 triptofan 20,1 kalsiy 203 asparagin 60.4 temir 167 Chlorella tarkibidagi vitaminlar, achitqi tarkibidagi vitaminlarga nisbatan yuqori miqdorda bo‗ladi, chunki achitqi esa hayot uchun kerak bo‗lgan vitaminlarni boy manbasi hisoblanadi. Chlorellaning hujayra tarkibidagi achitqidan inozit - 1,5, biotin - 2, pantogen kislota 1,3, para – aminobenzoy kislota 2,9, marta ko‗p bo‗ladi, B12 achitqida bo‗lmaydi, bu esa yuksak o‗simliklar uchun vitaminli ozuqasi bo‗lishi mumkin. Agar baliq moyi tarkibida oltita vitaminlar bo‗lsa, Chlorella esa 13 tadan kam bo‗lmagan vitaminlarni o‗zida saqlaydi. Chlorellani kimyoviy tarkibini o‗zgartirish uning etishtirish sharoitiga va oziqa muhitiga qarab, uni boshqarish mumkin [1]. Chlorellaning tashqi po‗stlog‗ida vitaminlar B1, B2, B3, B5, B6, B12, foli kislota va uning hosilasi para – aminobenzoy kislota, inozit, biotinlar aniqlangan. Mikrosuvo‗ti hujayrasi tarkibida vitaminlarni hosil bo‗lishi, o‗sishning 6-kunida pantoten kislota, biotin, para – aminobenzoy kislotalar - 80%, piridoksin uchun 70%, tiamin, inozit, nikotin kislota 60%, biologik faol moddalar shu yo‗nalishda davom etadi. Mikrosuvo‗ti hujayra o‗sishining 14 - kunida vitamin va oqsillar biosintezi to‗la tugallanadi. Chlorellaning o‗stirish paytida oziqasini o‗zgartirish, ya‘ni oziqa tarkibiga biologik faol moddalardan fitogarmonlar qo‗shib, uning tarkibidagi faol moddalar biosintezini boshqarib, kerakli va qimmatbaho faol moddalar – fitogarmonlar, sterinlar, antibiotik va boshqalar olinadi [2]. Chlorella vulgaris sp2 o„stirishning optimal sharoitlari. Chlorella vulgaris mikrosuvo‗ti yashil mikrosuvo‗tlari (Chlorophyta) oilasiga mansub protokokk bir hujayrali tirik organizmdir. Yashil mikrosuvo‗tlari oilasiga kirishining asosiy sababi xujayrasidagi yashil xlorofill donachalar saqlashi hisobiga suvlarga yashil tus berishidir. Bu organizm tanasi atigi 1,5 dan 10 mikrongacha bo‗ladi. Bu organizmni faqatgina mikroskop yordamida ko‗rish mumkin (20-rasm ). 20-rasm. Yashil mikrosuvo‗ti Chlorella vulgaris sp2 37 Shunga qaramasdan bu organizm ham tanasida katta miqdorda oqsil va makro- va mikroelementlar saqlashi bu organizmga bo‗lgan qiziqishning ortishiga sabab bo‗lgan. Hozirgi kelib Sayyoramizning ko‘plab davlatlarida ushbu mikrosuvo‗ti keng o‗rganilib va ularni ko‗p miqdorda yetishtirilmoqda. Bu mitti organizm yer yuzasida eng keng tarqalgan mikrosuvo‗ti bo‗lib uni barcha suv havzalarida uchratish mumkin, ularni ajratib olish imkoniyati yuqori sanaladi. Shunisi qiziqki, aynan shu tur mikrosuvo‗ti havoda ham yashay olishi bilan ajralib turadi. Chlorella juda tez moslanuvchan bo‗lganligi sababli u har qanday suv havzalarida o‗sa olish imkoniyatiga egadir. Bu organizm termofill organizm hisoblanib, u issiq havoni juda sevadi va u uchun 35-39 ºC harorat eng ma‘qul hisoblanadi. Shu bilan birga fotosintez jarayoni va mineral tuzlar organizmning ko‗payishi uchun eng muhim omil hisoblanadi. Issiq o‗lkalarda Chlorellani o‗stirish oson hisoblanadi. Buning sababi quyoshning yil davomida ko‗proq bo‗lishi va fotosintez jarayonining to‗xtovsiz davom etib turishidir. Chlorella tuzli va chuchuk suvlarda bemalol o‗sa oladi. (ishqoriy va kislotali muhitlarda o‗smaydi) [3]. Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Tadqiqotlarda Toshkent kimyotexnologiya instituti, ―Biotexnologiya‖ kafedrasi laboratoriyasida saqlanayotgan O‗zbekistonning Surxondaryo va Sirdaryo suv havzalaridan algologik toza holda ajratilgan Chlorella vulgaris sp2 kolleksion shtammlardan foydalanildi. Kul‘turalarni o‗stirishda ―Chu-13‖ ozuqa muhitidan foydalanildi (g/l): KNO3 -0,2, K2HPO4 -0,04, MgSO4 × 7H2O- 0,1, CaCl2×6H2O -0,08, temir sitrati -0,01, limon kislotasi - 0,1, bor - 0,5 ppm, MnSO4 ×7H2O - 0,5 ppm, CuSO4×5H2O -0,02 ppm, CoCl2×2H2O-0,02 ppm, Na2MoO4×2H2O - 0,02 ppm, pH 7,5,o‗stirish davomiyligi va harorat tajriba maqsadidan kelib chiqib tanlandi. O‗stirishda CO2 miqdori 1% deb qabul qilindi hamda flyuritsent yorug‗ligidan (200 ìmol photon sm-2 -s -1 ) foydalanildi. Chlorella vulgaris sp 2 suvo‗tini sterillangan va Lyuminostatik yorug‗lik yig‗masi sutkasiga 6-7 klk, harorat 33±2 °C bo‗lgan xonada, algabakterial o‗sadigan sharoitida mineral tuzlar aralashmasi (NaCl, KNO3, NH4Cl) va steroid saqlagan o‗simlik ekstrakti qo‗shilgan muhitda Tamiya bilan birga 12 sutka davomida ko‗payish tezligi o‗rganildi. Chlorella vulgaris sp2 o‗stirishning maqbul sharoiti o‗rganildi. O‗stirishda oziqa muhitini o‗zgartirish natijasida ko‗payishi tezlashishi tajribalar asosida o‗rganildi. Oziqa tarkibi – minerallar (noorganik tuzlar aralashmasi)ga nisbatan, o‗zida steroid saqlagan o‗simlik ekstraktlari qo‗shilgan muhitda o‗stirilgan suvo‗ti biomassaning miqdori ortishi tajribalar asosida o‗rganildi va natijada steroidlar Chlorella vulgaris sp2 tez ko‗paytirishi aniqlandi. 38 Makro suv o‟tlarining umumiy ko‟rinishi 1 2 3 4 21.1- rasm. Pistiyaning umumiy ko‘rinishi 21.2- rasm. Eyxorniyaning umumiy ko‘rinishi 21.3- rasm. Ryaskaning umumiy ko‘rinishi 21.4- rasm. Azollaning umumiy ko‘rinishi Eyxorniya (suvko‟zagul) ning guli guldastasiga bittadan joylashgan, juda chiroyli, oq rangli, yoqimli hidga ega, diametri 10-12 sm keladi. Mevasi ko‘zachaga o‘xshash va shuning uchun ham suvko‘zagul deyiladi. Xalq tilida bu o‘simlik suv atirguli yoki nilufar ham deyiladi. Bargi yirik, yashil rangli, qalqonsimon, yaltiroq, suv betida suzuvchi. Tugunak ildizli, tugunagining uzunligi 120 sm dan 150 sm gacha bo‘ladi. 1 m uzunlikdagi tugunagining og‘irligi 8 kg bo‘lib suv tagidagi loyiqada joylashadi. Nilufar tabiiy sharoitda ko‘llarda o‘sadi. U botanika bog‘lari va madaniy-istirohat bog‘larining ko‘llari, hovuzlarida chiroyli manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Suvko‘zagulning tugunak ildizi va urug‘I turli ozuqaviy moddalarga boy bo‘lib, tugunagida 20 % gacha, urug‘ida esa 47 % gacha kraxmal bo‘ladi. Bu o‘simlikning yashil massasi, tugunak ildizi va urug‘i mo‘yna beruvchi hayvonlar, parrandalar uchun asosiy yemish bo‘lib xizmat qiladi [4]. Biologik xovuzlarda oqava suvlarni tozalash. Azolla (suvqirqqulog‟i) paporotniklarning vakili bo‘lib, suv yuzida qalqib o‘suvchi kichik o‘simlikdir. Bu o‘simlikning nozikkina 4-5 sm keladigan va gorizontal joylashgan poyasi bo‘lib, uning yon tomonida bir-biriga qarama-qarshi 39 bo‘lgan ikki qator tuxumsimon bargchalar joylashgan. Poyasining tagidan suvning ichiga qarab yana bir qator bargchalar o‘sgan bo‘lib, ular ipsimon shaklga aylangan va qalin tukchalar bilan qoplangan, yashil ranga ega emas. Qirqquloqning ildizi yo‘q deb e`tirof etiladi. Bu o‘simlik chuchuk suvli ko‘l, hovuz va oqmaydigan zovurlar yuzasida qalin yashil gilam hosil qiladi. Qirqquloq asosan vegetativ, ya‘ni bachkilash va sporalar yordami bilan ko‘payadi. Bu o‘simlik 1m2 suv yuzasidan 1430 gr yoki 1 ga suv yuzasidan 143 sentner yashil massa berishi va tarkibida 53,5 mg % karotin moddasining borligi aniqlang. Bu o‘simlik suvdan har xil organik va mineral moddalarni o‘zlashtirib, o‘zida kechadigan fotosintez jarayoni natijasida suvga ko‘p miqdorda O2 ajratib chiqaradi, suvning sanitar holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, qirqquloq o‘sgan suvda bezgak kasalini tarqatuvchi chivin lichinkasining rivojlanmasligi aniqlangan. Bu o‘simlikni uy va laboratoriya sharoitlarida, akvariumlarda osonlik bilan ko‘paytirish mumkin [3] Pistiya (suv karami) kuchalagullilar oilasiga mansub o‘simlikdir. U ko‘p yillik bo‘lib, chuchuk suvlar qisman minerallashgan va organik moddalarga boy suvlar yuzasida qalqib o‘sadi. Pistiya Yer sharining ko‘pgina tropik va subtropik mintaqalaridagi suv havzalarida daryo qirg‘oqlarida va ko‘llarda, suv omborlarida katta-katta suv o‘tloqzorlarini hosil qiladi. O‘zbekistonda pistiyani laboratoriya sharoitida qishda issiqxonalarda shisha plastik idishlarda va akvariumlarda, beton hovuzlarda, yozda esa temir beton lotoklarda va sementlangan hovuzlarda ochiq havoda o‘stirish mumkin. Pistiyani o‘stirish uchun ozuqa muhiti sifatida turli xil hayvonlar: qo‘y, qoramol, cho‘chqa, ot go‘ngidan, parranda go‘ngi, chorvachilik majmualari, qoramollarni bo‘rdoqiga boqish xo‘jaliklari, kanopni qayta ishlash zavodlari, mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonalari, biokimyo zavodlari, pillakashlik fabrikalari, go‘sht kombinatlari, shahar maishiy xizmat korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar va kanop mineral ozuqa muhitidan foydalanish mumkin. Pistiyani laboratoriya sharoitida va ochiq suv havzalarida ko‘paytirganda, uning voyaga yetgan ayrim vakillari balandligi 20-40 sm ni tashkil qiladi. Ildiz tizimi popuksimon, uzun kipriksimon ildizlarga ega. Ildizi och, tiniq rangli bo‘lib, 0,5-0,6 m va undan ham uzun bo‘lishi mumkin. Tanasi qisqa, barglari ponasimon ko‘rinishga ega. Bargning ustki qismi baxmalsimon yashil rangli, pastki qismi esa kumushsimon-yashil, 9-12 tagacha bo‘rtgan tomirlardan iborat. Bargining tuzilishi ro‘vak bo‘lganligi uchun, barg hujayrasi havo bilan to‘lgan bo‘ladi, shu sababli pistiya suv yuzasida qalqib o‘sadi. Pistiya ochiq havoda aprel oyining ikkinchi yarmidan to noyabrgacha, issiqqxona sharoitida esa yil davomida gullab turishi mumkin. Pistiya vegetativ yo‘l bilan hamda urug‘idan tez ko‘payish xususiyatiga ega. Lekin unda vegetativ yo‘l bilan ko‘payish ustunlik qiladi. Vegetativ ko‘payish asosan barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiquvchi novdalar orqali kechadi. Novdalar ichida yangi pistiyalar rivojlanadi. Bu hol yoz bo‘yi davom etadi va kech kuzgacha bir necha bor takrorlanishi mumkin [1]. 40 22-rasm. Laboratoriyada ustirilgan а) pistiya va b) eyxorniyaning umumiy ko‘rinishi Suvo'tlar bilan tozalangan yengil sanoat korxonasi suv namunalarining fizik-kimyoyiy ko'rsatkichlarining o'zgarishi. Mavzuga oid adabiyotlar. 1. https://agromatik.ru/assets/img/upload/2020/10/08/%D0%90%D0%BA%D0 %B2%D0%B0%D0%BF%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B0 .pdf 2. http://aquacultura.org/upload/files/pdf/library/food/%D0%93%D0%B0%D0 %B9%D1%81%D0%B8%D0%BD%D0%B0%20%D0%B8%20%D0%B4% D1%80%20- %20%D0%A1%D0%BE%D0%B2%D1%80%D0%B5%D0%BC%D0%B5 %D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B5%20%D0%BC%D0%B5%D1%82 %D0%BE%D0%B4%D1%8B%20%D0%B2%D1%8B%D0%B4%D0%B5 %D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F%20%D0%B8%20%D0 %BA%D1%83%D0%BB%D1%8C%D1%82%D0%B8%D0%B2%D0%B8 %D1%80%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F%20% D0%B2%D0%BE%D0%B4%D0%BE%D1%80%D0%BE%D1%81%D0%B B%D0%B5%D0%B9.pdf Ko'rsatkichlar O'lchov Birligi Standart Tozalashdan oldin Eichhornia crassipes Pistia stratiotes Ta'mi Ball 2,0 1,78 ± 0,02 1,94 ± 0,02 1,96 ± 0,04 Hidi Ball 2,0 1,76 ± 0,04 1,93 ± 0,04 1,96 ± 0,02 Rangi daraja 20,0 18,4 ± 0,24 19,4 ± 0,14 19,7 ± 0,04 Loyqaligi mg/dm3 1,5 1,74 ± 0,02 1,54 ± 0,02 1,51 ± 0,03 Umumiy qattiqlik mg/dm3 7,0 9,2 ± 0,37 7,2 ± 0,02 7,0 ± 0,22 Nitratlar mg/dm3 45,0 53,6 ± 0,4 46,6 ± 0,3 46,0 ± 0,4 Xloridlar mg/dm3 250,0 266,4 ± 3,7 252,2 ± 2,2 251,1 ± 1,24 Mg (magniy) mg/dm3 12,0 14,2 ± 0,37 12,1 ± 0,21 12,2 ± 0,17 Ca (kalsiy) mg/dm3 23,0 23,2 ± 0,04 23,1± 0,02 23,0 ± 0,0
Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling