1-amaliy mashg’ulot mavzusi (7-semestr) avtomatlashtirilgan avtomat texnologiyalari bilan ta’nishuv vazifa


Download 0.54 Mb.
bet1/8
Sana10.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1187719
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Labaratoriya ishi


1-amaliy mashg’ulot mavzusi (7-semestr)



AVTOMATLASHTIRILGAN AVTOMAT TEXNOLOGIYALARI BILAN TA’NISHUV
Vazifa:


  1. Kompyutеrlardan maishiy hayotda foydalanish shartlarini o’rganish

Bugungi kunda ko’pchilik kompyuterlardan foydalanadi. Kompyuterdan ko'p vaqt davomida foydalanish ko’zning zo’riqishiga olib kelishi mumkin. Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va ko'zning zo'riqishini oldini olish uchun 7 ta maslahat va tavsiyalar:



  1. Shriftni kattalashtiring

Ekrandagi juda kichik harflar va rasmlar bizni doimo ekranga yaqinlashib, diqqatimizni ko‘zlarimizda jamlab zo‘riqtirishga majbur qiladi. Bu tez charchashga yoki hatto bosh og'rig'iga olib keladi. Shuning uchun shriftning mos hajmini o'rnatish juda muhimdir. Shuningdek, ko‘zning salomatligi uchun matnning rangi ham muhim; eng maqbuli – oq fonda qora rangli matn bo'lishi kerak.


2. Monitorni to'g'ri holatda o'rnating


Kompyuterning monitori ko‘zingizdan 50-65 santimetr uzoqlikda tursin. Shuningdek, ko‘zlaringiz ekranning yuqori chekkasi bilan bir xil balandlikda bo‘lgani yaxshi. Ekranning markazi ko‘zingizdan taxminan 17-20 daraja pastda turishi kerak. Agar kompyuterda ishlayotganda boshingizni ko'p ko'tarish yoki tushirish kerak bo'lsa, bu nafaqat sizning ko'rishingizga, balki sizning gavdangizga ham ta'sir qiladi.
Monitorning joylashuvi :
Agar siz diagonali 20 dyumdan kam monitordan foydalanayotgan bo'lsangiz, u holda monitorning yuqori qirrasi ko'z darajangizdan bir oz pastroq bo'lishi kerak. Agar monitor kattaroq bo'lsa, uning yuqori qirrasi ko'z darajasidan 5-7 sm balandlikda bo'lishi kerak.
Monitorni biroz orqaga egiltiring. Uning pastki asosi sizga tepadagidan biroz yaqinroq bo'lishi kerak.

  1. 2 0x20x20 qoidasi.

“20x20x20” deb ataluvchi qoida bor: har 20 daqiqada bir marta ekrandan ko‘zni uzish va kamida 20 soniya mobaynida 20 fut (6 metr) uzoqlikka qarash kerak. Bu ko‘z gimnastikasi ko‘zingiz charchashiga yo‘l qo‘ymaydi va nigohingizni susayishdan saqlaydi. Kompyuter bilan ishlashda ko’z zo’riqishini oldini olish uchun qo’shimcha dasturlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shunday dasturlardan biri Pomy dasturidir. Bu dastur yuqoridagi 20x20x20 qoidasi bo’yicha ishlaydi.

  1. Yorqinlikni sozlang


Juda qorong‘i yoki juda yorqin ekranda nima yozilgan yoki tasvirlanganligini anglash uchun ko‘zlarning uzoq tikilishib turishiga, zo‘riqtirishga majbur qiladi. Shuning uchun ko‘zingiz uchun qulay bo‘lgan yorqinlik darajasini ishlating. Qorong‘ilikda ekranning yorqinligini minimum darajagacha pasaytirilishi kerak, kuchli yoritilgan joylarda esa aksincha yorqin qilib qo‘yish kerak.

  1. Shu’lalardan xalos bo‘ling

Monitordagi quyosh shu’lalari odatda kompyuterda tinchgina ishlashga xalaqit beradi. Shuning uchun kompyuterni quyosh hech qachon tushmaydigan joyda joylashtiring yoki shu’laga qarshi maxsus plyonka xarid qiling. Monitorni artib turing. Chang va kir qancha ko‘p yig‘ilsa, ekranda yarqirishlar kuchli bo‘ladi. Monitorni nam sochiqlarda haftasiga bir marta artishni unutmang.


6. Ranglarni rostlang.
Zamonaviy kompyuterlarda nafaqat displeyning yorqinligini, balki ranglarning to‘yinganlik darajasini ham qo‘lda sozlash imkoni taqdim etilgan. Atrofning yoritilganlik darajasiga qarab uni ham to‘g‘rilasangiz bo‘ladi. Buning uchun F.lux nomli maxsus dastur ishlab chiqilgan, mana bu havola orqali uni yuklab olishingiz mumkin. Turli ilovalar va dasturlarda tungi rejimdan foydalanish ham ko’z zo’riqishini oldini oladi.
7. Ko’z parvarishi
Muntazam tarzda kompyuter bilan ishlashda ko’zlar doimiy zo‘riqishda bo‘ladi, shuning uchun ko‘z parvarishiga e’tibor berish lozim. Buning uchun maxsus kompyuter ko‘zoynaklaridan foydalaning hamda zarur bo‘lsa ko‘zlarni tinchlantiruvchi tomchilardan foydalaning.



  1. Download 0.54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling