1-amaliy mashg’ulot mavzusi (7-semestr) avtomatlashtirilgan avtomat texnologiyalari bilan ta’nishuv ishning maqsadi


Administrativ boshqaruvda kompyutеrlardan foydalanish


Download 0.67 Mb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1528241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy topshiriq Rozzoqov Xusniddin

5. Administrativ boshqaruvda kompyutеrlardan foydalanish

Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.


Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, ilmiy tadqiqot institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obʼyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Masalan, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling