1-amaliy mashg`ulot mavzusi


Download 52 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi52 Kb.
#144637
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


1-amaliy mashg`ulot mavzusi: Genetik masalalarning xillari, ularni yechish prinsiplari va genetik tahlil o`tkazishni o`rganish. Mono, di va poliduragay chatishtirishga doir masalalar yechish. 

Ushbu amaliy mashg`ulotda mavzuga oid berilgan 5 ta masalani namunada ko`rsatilgan masaladan foydalanib yechishingiz kerak bo`ladi. Har bir to`g`ri yechilgan masala uchun 1 ball , umumiy  5 ball beriladi.

Hurmatli talabalar masalalarni yechishda e`tiborli bo`ling va yuqori ballarni qo`lga kiriting!

Bunda sizga omad tilayman!

Mono, di va poliduragay chatishtirishga ta’luqli masalalarning yechilish tartibi quyidagicha:

1).Pomidor o‘simligida mevasining qizil rangda bo‘lishi sariq rangi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qizil mevali pomidor o‘simliklari sariq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning hammasi qizil mevali bo‘lgan. F2 da olingan o‘simliklarning 520 tasi qizil va 174 tasi sariq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning va F1, F2 o‘simliklarning genotipini aniqlang. F1 o‘simliklari gomozigotali qizil mevali va sariq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, FB da o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

Masalaningechilishi:

Belgi Gen qizilsariq

P ♀ AA X ♂ a a Qizil rang A g A a

Sariq rang a

F1Aa -qizilranglipomidor

qizilqizilF2 AA - qizilranglipomidor

P ♀Aa X ♂ AaAa - qizilranglipomidor

g A, a A, a Aa - qizilranglipomidor

aa - sariq rangli pomidor

Nisbat 3 : 1

2).No‘xat o‘simligida donning sariq rangli bo‘lishini dominant A geni, yashil rangli bo‘lishini retsessiv a geni, donning silliq shaklda bo‘lishini dominant B geni va donning burishgan bo‘lishini retsessiv b geni belgilaydi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan no‘xat o‘simliklarini chatishtirishdan olingan keyingi avlod o‘simliklarning genotipini va fenotipini aniqlang.

5) P ♀ AaBb X ♂ AaBb

g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab

F1





AB


Ab

aB

Ab

AB

AABB

s.s.1


AABb

s.s. 2


AaBB

s.s. 3


AaBb

s.s. 4


Ab

AABb

s.s. 2


AAbb

s.b. 5


AaBb

s.s. 4


Aabb

s.b. 6


aV

AaBB

s.s. 3


AaBb

s.s. 4


aaBB

ya.s. 7


aaBb

ya.s. 8


ab

AaBb

s.s. 4


Aabb

s.b. 6


aaBb

ya.s. 8


aabb

ya.b. 9


F1 da olingangenotipik F1 da olinganfenotipikFenotipik

sinflarsinflarsinflar

nisbati

1. AABB = 1 sariq, silliq (s.s.)



2. AABb = 2 sariq, silliq (s.s.) s.s. A -B-= 9

3. AaBB = 2 sariq, silliq (s.s.)

4. AaBb = 4 sariq, silliq (s.s.)

5. AAbb = 1 sariq, burishgan (s.b.) s.b. A -bb = 3

6. Aabb = 2 sariq, burishgan (s.b.)

7. aaBB = 1 yashil, silliq (ya.s.) ya.s. aaB - = 3

8. aaBb = 2 yashil, silliq (ya.s.)

9. aabb = 1 yashil, burishgan (ya.b.) ya.b. aabb = 1

Genotipik sinflar nisbati1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1

Fenotipik sinflar nisbati9 : 3 : 3 : 1

3).Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?

1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl

Masalaning echilishi:

1) CCDDKK = CDK (gomozigotalibo‘lganiuchunfaqatbirtipdagigametalarnihosilqiladi).

2) CCDdkk = CDk, Cdk (monogeterozigotalibo‘lganiuchunikkitipdagigametalarnihosilqiladi).

3) CcDdKK = CDK, CdK, cDK, cdK (digeterozigotalibo‘lganiuchunto‘rttipdagigametalarnihosilqiladi).

4) CcDdKk = CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk (trigeterozigotalibo‘lganiuchunsakkiztipdagigametalarnihosilqiladi).

5) CcDdKkLl = tetrageterozigotalibo‘lganiuchuno‘noltitipdagigametalarnihosilqiladi. Gametahosilbo‘lishininguchxilyo‘liniko‘ribo‘tamiz:

a) CcDdKkLl = CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.

b) CDKL CdKLcDKLcdKL

CDKlCdKlcDKlcdKl

CDkLCdkLcDkLcdkL



CDklCdklcDklcdkl

Masalalarning sharti:

1).G‘o‘za o‘simligining cheklanmagan shoxli (S) bo‘lishi cheklangan shoxli (s) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i cheklanmagan shoxli va 50% i cheklangan shoxli o‘simliklar bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

2). Dengiz cho`chqalarida yungning kaltaligi (A), yungning uzunligi (a) ustidan to`liq dominantlik qiladi. Agar geterozigotali organizmlar o`zaro chatishtirilganda 1600 ta individ olingan bo`lsa, shulardan nechtasining yungi uzun ekanligini hisoblab toping.

3).G‘o‘za o‘simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo‘lishi (S) cheklangan bo‘lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o‘simlik olingan bo‘lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

4).

a)Odamlarda ko‘zning jigarrang bo‘lishi ko‘k rangi ustidan va o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatlik(o‘naqaylik) chap qo‘l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to‘liq dominantlik qiladi.a) ota-onasi digeterozigotali bo‘lgan bolalar ko‘z rangi va qaysi qo‘l bilan ishlashga layoqatlik bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

b) otasi ko‘z rangi bo‘yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko‘k ko‘z, lekin ikkinchi belgi bo‘yicha geterozigotali bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo‘ladi?
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling