1-amaliy mashg‘ulot. Murakkab (ko‘p komponentli) qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanishi, mazmun munosabatini belgilash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar
Download 365.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
- 4-topshiriq
1-amaliy mashg‘ulot. Murakkab (ko‘p komponentli) qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanishi, mazmun munosabatini belgilash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar 1-topshiriq. Quyidagi nazorat savollariga javob bering. 1. O’zbek tilshunosligida murakkab qo’shma gaplar qaysi jihatdan tasniflandi? 2. Bog’lanish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega? 3. Bir necha ergash gapli qo’shma gaplar qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi? 4. Aralash turdagi murakkab qo’shma gaplar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi? 5. Murakkab qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchi vositalar yordamida birikadi? 6. Tarkibiy qismlari ham bog’lanish, ham ergashish yo’li asosida birikkan murakkab qo’shma gaplarning qanday ko’rinishlari mavjud? 7. Bir necha ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida ergash gaplar va bosh gap qanday tartibda o’rinlashadi?
tuzilganini va oddiy qoʻshma gapdan farqli tomonlarini tushuntiring.
1. Plener yana eshikni itardi, ammo u yopiq edi, kichkina oynachadan esa chiqib ketishning iloji yoʻk. (10. Semyonov.) 2. Bilib qoʻy, bugundan boshlab biring doʻstimsan, biring-singlim! (P. Q.) 3. Minora baland, zinapoyalari tik, oʻy- xayollar esa zildek og‘ir edi. (S. B.) 4. Bu fikr hammaga ma’qul tushsa ham, Alouddinga yoqinqiramadi, chunki bu uning yolg‘iz oʻziga xos ish boʻlib, boshqalarni sherik qilishga tobi yoʻq edi. (O.) 5. Uning zamonida xalq toʻq, xazina toʻla, lashkar baxtiyor, g‘aribu g‘urabolar osuda yashar ekan. (Mir Ammon Dehlaviy.) 6. Kuz kirib, yomg‘ir ketidan yomg‘ir quyib bergach, kashtanlarning yaproqlari duv toʻkildi-da, shoxlari qip-yalang‘och boʻlib qoldi, daraxtlarning tepalari yomg‘irdan qorayib ketdi. (E. Xeminguey.)
qoʻshma gaplarni koʻchiring; ikkita gapni sintaktik tahlil qiling. 1. Osmon keng ufq poyonsiz dengiz chuqur tabiat saxiy. (H.Gʻ.) 2. Nusratjon osh yedimi yo osh Nusratjonni yedimi buni bilib olish qiyin edi. (F. Nasriddinov.) 3. Ular koridordan oʻtib ketayotganlarida Vasya Stepanov mudirning kabinetidan chiqdi ishi shoshilinch boʻlsa kerak bolalarga eʼtibor qilmay tashqariga tomon zipillab ketdi. (P. T.) 4. Garchi otlar tipirchilab bezovtalansalar ham ertalab hovlida hamma uxlab yotgani uchun otboqarlar otlarga baqirib, oʻshqirmas edilar. (S. B.) 5. Rim fakat shuning uchun halokatga uchradiki u butun dupyoga ho :im boʻlmokka intildi va natijada vahshiy kabilalar zarbasi ostida halok boʻldi. (Yu. Semyonov.) 6. Kuz oʻtadi orqasidan kor kelur Qor ketadi izma-iz bahor kelur Chamanlarga qancha-kancha yor kelur Ular sizni kutadilar turnalar. (H. Gʻ.)
bittadan misol topib yozing va sintaktik tahlil qiling. 5-topshiriq O‘qing. Avval bogʻlanish. keyin ergashish. soʻngra bogʻlovchi vositalarsiz va aralash tipda tuzilgan murakkab qoʻshma gaplarni koʻchiring; har biriga oid bittadan gapni sintaktik tahlil qilib. sxemasini chizing. 1.
Buning sababi shundaki, kuch bor joyda, odatda, g‘urur paydo boʻladi, g‘urur esa shuhratparastlikka olib boradi, boshga qiyinchilik tushgan yillarda esa shuhratparastlikdan goʻrrok va zaifrok narsa boʻlmaydi. (Y.S.) 2. Vodiy yerlari hosildor edi. unda bogʻzorlar serob edi, vodiy etagidagi togʻlar esa gakir koʻngir toglar edi. (E. Xeminguey.) 3. Qoʻllari beixtiyor chamadon ichidagi narsalarni titkilar, oʻzi esa oʻtmishni oʻylar, unutilgan kunlar koʻz oldida jonli boʻlib gavdalanar edi. (Ivan Le.) 4. Bu dunyoda qidiruv tashkilotlari kutubxonasi yoʻqolmagandek, u ham oʻlmaydi, chunki odamlarning asosiy intilishi izlanishdir. (Y.S.) 5. Agar og‘iz nazoratsiz qoldirilsa, tanobi mahkam ushlanmasa, undan dag‘al soʻzgina emas, haqorat ham chiqaveradi. (M.Ismoiliy) 6. Havo sovuq, osmon koʻkimtir, yerni qalin qor bosib yotardi. (Y.S.) 7. Allakim ichkariga kirdi, eshik ochilganida, tashqarida hamon qor yog‘ayotganini koʻrdim. (E.Xeminguey.) 8. Bilib qoʻy, Qoratoy, sen xalqning rizqini qiyding, ter toʻkib qilingan mehnat esa zoye ketdi, endi xalqning uvoliga qolasan. (Ch. Aytmatov.) 9. Qishki oʻrmon hayratda qolarli darajada goʻzal edi: shoxlardagi qor oy nurida tovlanar, hamma yoqda sukunat hukmron, bepoyon binafsha rang osmon qoʻynida yulduzlar chaqnardi. (Y.S.) 10. Kechqurun u maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugab, oʻyin-kulgi avjiga chiqqan edi. (Oʻ.U.) 11. Garchand noyabr endi boshlangan, hali uzun qish qirov ostida qimirlamay turgan boʻlsa ham, toʻsatdan tushgan sovuq odamlarni shoshtirib qoʻydi. (H. G.) 12. U yashaydi besitam, bezor, u bilmaydi qayg‘uni, g‘amni, Oyoqlari ostiga bahor toʻshab qoʻygan alvon gilamni. (H.O) Download 365.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling