1-amaliy mashg‘ulot. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari
Download 0.77 Mb.
|
1-amaliy mashg\'ulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘zg‘alluvchi jag‘i sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.
- 1.1-rasm. Jag‘i sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagich
- 1.2-rasm. Jag‘i sodda harakat qiluvchi jag‘li maydalagichning uch o‘lchamli ko‘rinishi
№1-amaliy mashg‘ulot. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari (2 soat) Jag‘li maydalagichlar o‘rta zichli mahkam jinslarni yirik (yaxlit) va o‘rtacha maydalashda ishlatiladi. Ekstsentrik valdan harakatni qo‘zg‘aluvchi jag‘ga uzatish tamoyiliga va bu jag‘ning harakat xususiyatlariga ko‘ra maydalagichlar jag‘i sodda va murakkab harakatli bo‘ladi. Qo‘zg‘alluvchi jag‘i sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar. Qo‘zg‘aluvchi jag‘i sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagich (1.1-rasm) po‘lat quyma stanina 1 dan, qo‘zg‘aluvchi jag‘ 4, ekssentrikli val 7 dan, shatun 8, tirgak plita 12, maxovik 6 va boshqa qismlardan tashkil topgan. 1.1-rasm. Jag‘i sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagich 1-stanina; 2-zirh plitalar; 3-tirgak ponalar; 4-qo‘zg‘aluvchi jag‘; 5-o‘q; 6-maxovik; 7-ekssentrikli val; 8-shatun; 9-ko‘taruvchi vint; 10-qo‘zg‘aluvchi pona; 11-tirgak pona; 12- tirgak plitalar; 13-tortgich Yirik o‘lchamdagi maydalagichlarda stanina ikki qismdan iborat bo‘lib, boltlar yordamida biriktiriladi. Kichik o‘lchamli maydalagichlarda esa stanina quyish usuli bilan tayyorlanadi. 1.2-rasm. Jag‘i sodda harakat qiluvchi jag‘li maydalagichning uch o‘lchamli ko‘rinishi Ekssentrikli valning ikki cheka qismiga friksion mufta orqali maxovik 6 o‘rnatiladi. Ulardan biri shkiv vazifasini ham o‘taydi va tasmali uzatmalarni joylashishi uchun yuzasida konussimon shaklda kanalchalar ochilgan. Ekssentrikli val 7 sirpanish podshipniklariga o‘rnatiladi va podshipniklar saninaning yon tomonlariga joylashtiriladi. Podshipnik vkladishlariga yemirilishga chidamli material (babbit) qo‘yiladi. Val 7 ning o‘rta qismi ekssentrik ko‘rinishda bo‘ladi. Shatun 8 valning ekssentrik qismiga osiladi. Shatunning ustki qismida kallak mavjud va u tana va qopqoqdan iborat bo‘lib, boltlar yordamida biriktirilgan. O‘q 5 ga qo‘zg‘aluvchi jag‘ 4 osiladi. Qo‘zg‘aluvchi jag‘ni oldi yuzasi marganetsli po‘latdan tayyorlangan zirh plitalari 2 bilan qoplanadi. Qoplama va jag‘ boltlar yordamida biriktiriladi. Tirgak plitalar maydalagichning muhofaza qiluvchi vositasi sifatida ham ishlatiladi (maydalash kamerasiga o‘ta mahkam maydalaydigan material tushganda), shuning uchun ular SCh-18-36 cho‘yandan tayyorlanadi. Maydalovchi jag‘lar GIZL po‘latdan tayyorlanadi va ularning yuzalari g‘adir-budir shaklda bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas jag‘lar orasidagi burchak (1) - material va jag‘ orasidagi ishqalanish burchagi; (ko‘pchilik hollarda, = 200) Ekstsentrik valning aylanish soni materialning bo‘shatish teshigidan optimal chiqish bilan belgilanadi. Material parchasining bo‘shlikda tushish qonuniyatlari asosida ekstsentrik valning aylanish sonini aniqlovchi tenglama tuzilgan. (2) Smin - qo‘zg‘aluvchi jag‘ning pastki nuqtasidagi yo‘li [m]. Kameradan tushayotgan material parchalarining ishqalanish kuchlarini nazarda tutgan holda, amaliy hisoblar uchun “Stroydormash” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tuzilgan quyidagi empirik tenglamalarni tavsiya qilish mumkin: qabul qilish teshigining kengligi 600mm va undan kichik bo‘lgan maydalagichlar uchun: (3) qabul qilish teshigining kengligi 900mm va undan katta bo‘lgan maydalagichlar uchun: (4) Bu yerda: b – tushirish teshigining kengligi [mm]. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling