1-amaliy mashg’ulot. Ro’yxatlar va ro’yxatlar ustida amallar


Download 184.68 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi184.68 Kb.
#1445367
1   2   3   4
Bog'liq
7-AMALIY ISH

n o‘lchamli (n>0)butun turga tegishli a ro’yxat berilgan. Uning akn-1 shartni (0≤k≤n-2) qanoatlantiradigan birinchi ak elementi chiqarilsin, bunday element topilmasa nol chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>2) butun turga tegishli a ro’yxat berilgan. Uning a0kn-1 shartni (1≤k≤n-2) qanoatlantiradigan oxirgi ak elementi chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat hamda k va l butun sonlari berilgan (0≤k≤l≤n-1). k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan (k va l ham kiradi) ro’yxat elementlarining yig‘indisi topilsin.


n o‘lchamli (n>1) ro’yxat hamda k va l butun sonlari berilgan. (0≤k≤l≤n-1). k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan (k va l ham kiradi) ro’yxat elementlarining o‘rta arifmetigi topilsin.


 Bir xil sonlarni o‘z ichiga olmaydigan n o‘lchamli (n>1) butun turga tegishli ro’yxat berilgan. Uning elementlari arifmetik progressiya hadlarini tashkil etishi aniqlansin. Agar tashkil etsa progressiya ayirmasi, aks holda 0(nol) chiqarilsin.


 Nol bo‘lmagan butun sonli n (n>1) o‘lchamli ro’yxat berilgan. Uning elementlari geometrik progresssiya hadlarini tashkil etishi tekshirilsin. Agar tashkil etsa progressiya maxraji, aks holda 0(nol) chiqarilsin.


n o‘lchamli (n>0) butun turga tegishli ro’yxat berilgan. Ro’yxatda juft va toq sonlarning(navbat bilan) almashinib kelishi aniqlansin. Agar almashinib kelsa 0, aks holda qonuniyatni buzgan birinchi element chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>0) nol bo‘lmagan butun turga tegishli ro’yxat berilgan. Ro’yxatda musbat va manfiy sonlarning almashinib kelishi tekshirilsin. Agar almashinib kelsa 0, aks holda qonuniyatni buzgan birinchi element chiqarilsin.


n o‘lchamli (n>0) a ro’yxat berilgan. Uning a0 ,a2, a4, …elementlari ichidan eng kichigi topilsin.


 n o‘lchamli (n>0) a ro’yxat berilgan. Uning a1 ,a3, a5, …elementlari ichidan eng kattasi topilsin.


 n o‘lchamli (n>0) ro’yxat berilgan. O‘zining o‘ng yonidagi elementdan katta ro’yxat elementlari indekslari va shunday elementlar soni, agar bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>0) ro’yxat berilgan. O‘zining chap yonidagi elementdan katta bo‘lgan ro’yxat elementlarining indekslari va shunday elementlar soni, agar bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin.)


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Uning birinchi lokal minimumining indeksi, bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin (lokal minimum – o‘zining har ikki yonidagi elementdan kichik bo‘lgan element. Ro’yxatdagi birinchi va oxirgi element lokal minimum bo’la olmaydi).


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Uning oxirgi lokal maksimumining indeksi, bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin (lokal maksimum – o‘zining har ikki yonidagi elementdan katta bo‘lgan element. Ro’yxatdagi birinchi va oxirgi element lokal maksimum bo’la olmaydi) .


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Uning lokal minimumlari orasidan eng kattasi, bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Uning lokal maksimumlari orasidan eng kichigi, bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Uning lokal maksimumini ham lokal minimumini ham tashkil etmaydigan eng katta element, bunday element bo‘lmasa 0 chiqarilsin.


 r soni va n o‘lchamli (n>0) a ro’yxat berilgan. r soniga eng yaqin bo‘lgan ro’yxat elementi topilsin, agar bunday elementlar soni bir nechta bo’lsa, ulardan ixtiyoriy biri chiqarilsin.( ak element r soniga yaqin element deyiladi,agar |ak-r| qiymat minimal bo‘lsa, 0≤k≤n-1).


 n o‘lchamli (n>1) ro’yxat berilgan. Ro’yxatdagi yig‘indisi eng katta bo‘ladigan 2 ta yonma-yon turuvchi elementlar topilib, bu elementlarning indekslari chiqarilsin. Bunday yig‘indilar bir nechta bo‘lsa oxirgisi olinsin.


 r soni va n o‘lchamli (n>0) ro’yxat berilgan. Yig‘indisi r soniga eng yaqin bo‘lgan 2 ta yonma-yon ro’yxat elementlari topilib, bu elementlarning indekslari o‘sish tartibida chiqarilsin. Bunday yig‘indilar bir nechta bo‘lsa oxirgisi olinsin.



Download 184.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling