To‘ldiruvchilarning uyma, dona va modda zichliklari bo‘yicha masalalar.
1-masala.
Berilgan
Qumni me’yorlovchi taroziga uzatib beruvchi bunker diametri 100 sm va balandligi 120 sm bo‘lgan silindrdan iborat. Bo‘sh silindr idishning og‘irligi 85 kg ni va qum bilan 1590 kg ni tashkil etadi.
Aniqlansin
Agar qumning haqiqiy zichligi 2,64 g/sm3 bo‘lsa, bunkerdagi qum zarrachalari orasidagi bo‘shlig‘i aniqlansin.
2-masala.
Berilgan.
Qumni me’yorlovchi taroziga uzatib beruvchi bunker diametri 100 sm va balandligi 120 sm bo‘lgan silindrdan iborat. Bo‘sh silindr idishning og‘irligi 85 kg ni va qum bilan 1590 kg ni tashkil etadi.
Aniqlansin.Agar qumning haqiqiy zichligi 2,64 g/sm3 bo‘lsa, bunkerdagi qum zarrachalari orasidagi bo‘shlig‘i aniqlansin.
3-masala.
Berilgan.
Qirralari 15 sm bo‘lgan gazosilikatli kubning absolyut quruq holatda og‘irligi 2,7 kg, suvga solingandan so‘ngi og‘irligi 2,95 kg ni tashkil qilgan.
Aniqlansin
Agar gazosilikatning haqiqiy zichligi 2,68 g/sm3 ekanligi ma’lum bo‘lsa, suv bilan to‘ldirilgan g‘ovaklarning miqdorini aniqlang.
4-masala.
Berilgan.
CHig‘anoqli ohaktosh massasi 52 g ni tashkil etadi. Uni parafinlangandan so‘ng tarozida o‘lchanganda og‘irligi havoda 55 g, suv 15 g chiqdi.
Aniqlansin
Parafin zichligi 0,93 g/sm3 ga teng bo‘lsa, chig‘anoqli ohaktoshni namunasini o‘rtacha zichligi aniqlansin.
5-masala.
Berilgan.
Quruq chig‘anoqning massasi 7 kg ga teng. To‘liq suvga shimdirilgandan so‘nggi massasi 7,5 kg ga teng bo‘ldi. CHig‘anoqning o‘rtacha zichligi 1400 kg/m3 ga, haqiqiy zichligi 2600 kg/m3 ga teng.
Aniqlansin
CHig‘anoqni hajmiy suv shimuvchanligi va g‘ovakligi hisoblab aniqlansin.
6-masala.
Berilgan
Quruq holatdagi 250 sm3 chig‘anoqli ohaktoshning hajmi og‘irligi 400 g ga teng. Uni suvga shimdirilgandan so‘nggi og‘irligi 500 g ni tashkil qildi.
Aniqlansin
Ushbu namunaning massasi va hajmi bo‘yicha suv shimuvchanligi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |