1-amaliy mashg’ulot. Urug’chilik maydonlarini tashkil qilish. Ishning maqsadi
O’suv shoxlari cheklangan dorivor o’simliklarni kollektsiya ko’chatzorida joylashtirish tizimi
Download 249.51 Kb.
|
1-a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baland bo’yli, ko’p shoxlanuvchi dorivor o’simliklarni kollektsiya ko’chatzorida joylashtirish tizimi
- “SWOT-tahlil” metodi.
O’suv shoxlari cheklangan dorivor o’simliklarni kollektsiya ko’chatzorida joylashtirish tizimi
Shartli belgilar: -maydonchalar va ulardagi o’simlik qatorlari 1,2,3, va h. -maydonchalar № - ko’chatzor nomi va o’simlik turi yozilgan taxta 4. -maydonchalar uzunligi-5m 5. - maydonchalardagi qator soni 4ta 6. -qatorlar oralig’i-45sm 7. -har bir maydoncha o’lchami-9m2 (uzunligi-5m, kengligi-1,8m(qator orasi 45sm x 4qator=1,8m) 5x1.8=9m2. 8. -har bir maydonchadagi o’simliklar soni-100 tub (1m da 5dona ya’ni har 20sm da 1 tub bo’lsa, 1 qatorda(uzunligi 5m) 25 ta o’simlik 4 qator esa 100 tub o’simlik bo’ladi. -jami o’simlik soni (5maydoncha x100) = 500 tub Baland bo’yli, ko’p shoxlanuvchi dorivor o’simliklarni kollektsiya ko’chatzorida joylashtirish tizimi Baland bo’yli, ko’p shoxlanuvchi dorivor o’simliklarni kollektsiya va boshqa ko’chatzorlarda joylashtirishda maydonchalar uzunligi va qatorlar soni o’zgarmaydi ya’ni 5m va 4 qator. Lekin, qator orasi 60sm qilib olinadi va qatordagi o’simliklar orasi 33-34sm ya’ni har 1m da 3 tadan ko’chat bo’ladi. Yoki har bir qatorda 15 tub (5m x 3tub=15tub), bitta maydonchada esa 60tub (15 tubx4 qator = 60 tub) ko’chat bo’ladi. Jami qo’chatlar soni 300ta (60tub x 5 ta maydoncha=300tub). v) duragaylar ko’chatzorida chatishtirish yo’li bilan olingan duragay populyatsiyalar baholanadi va ulardan eng yaxshi elita o’simliklar tanlab olinadi, selektsiya ko’chatzoriga beriladi. Duragay ko’chatzorida barcha birinchi va keyingi bo’g’in duragaylar ekiladi. Delyankalarning maydoni urug’ miqdoriga qarab har xil bo’ladi. Ekishda qaytariqlar bo’lmaydi. Har bir duragay chatishtirish jufti (ota-ona o’simliklari) bilan taqqoslanadi. 1.Duragay ko’chatzorlaridadorivor o’simliklar joylashtirish tizimi. Duragay ko’chatzorida selektsiya materiallari asosida chatishtirilib, 1-3 butun duragay o’simliklari ekilganligi uchun, bu ko’chatzor maydoni bir-muncha kichik bo’ladi ya’ni bunda qator uzunliklari 1,5-3,0m, qator oralig’i o’simlik turlariga bog’liq holda 45, 60, 70 sm bo’ladi. Maydonchalardagi duragay o’simliklar soni 30-60 tadan 200 donagacha bo’lishi mumkin. Shunda har bir kichik maydoncha o’lchami 30 ta o’simlik uchun. Qator orasi 45sm bo’ladi. II. Selektsiya ko’chatzorining asosiy vazifasi kollektsiya va duragay ko’chatzoridan tanlab olingan eng yaxshi elita o’simliklar bo’g’inlarini mahsuldorligi, bioximik, texnologik ko’rsatkichlari bo’yicha dastlab baholash hamda eng yaxshi bo’g’inlarni keyingi yillarda o’rganish va ko’paytirish uchun ajratib olishdir. Bu ko’chatzorda yuzlab, minglab liniya hamda duragay oilalari ekilib, jiddiy tanlash o’tkaziladi, biror kamchiliklarga ega bo’lgan 75% ga yaqin oilalar brak qilinadi. Delyankalarning maydoni va ekiladigan urug’ miqdori dastlabki tanlab olingan elita o’simliklar hosildorligiga bog’lik. Har 5-10 nomerdan so’ng standart nav ekiladi. Bu ko’chatzordan tanlab olingan namunalar urug’i ikkinchi yil selektsiya yoki nazorat ko’chatzorida ekiladi. Standart- (dorivor o’simliklar yovvoyi shakli yoki eng yaxshi chet eldan keltirilgan, o’zimizda yaratilgan nav bilan solishtirish baxosi. III. Nazorat ko’chatzorining vazifasi, selektsiya ko’chatzoridan tanlab olingan namuna va nomerlarni uncha katta bo’lmagan delyankalarda hosildorligi bo’yicha ikkinchi yil davomida sinashdir. Buida selektsiya ko’chatzoridan mahsuldorlik elementlariga qarab, tanlangan elita o’simliklarining keyingi bo’g’ini hosildorligiga qarab tekshiriladi. Nazorat ko’chatzorida 20 tadan 100 tagacha katta hajmda selektsiya ishi olib borilayotganda 600-700 tagacha selektsion nomerlar ekiladi. Ekish uchun maxsus seyalkalar qo’llaniladi. Har bir delyanka maydoni 5-10m2 ayrim hollarda 30m2 gacha bo’lishi mumkin. Nomerlar 2-4 qaytariqda ekiladi, har 5-10 nomerdan keyin standart joylashtiriladi. IV. Nazorat ko’chatzori bilan bir vaqtda mahsus ko’chatzorlar ham tashkil etiladi. Bulardan maqsad selektsion nomerlarning noqulay sharoitlarga, qurg’oqchilikka, sovuqqa kasallik va zararkunandalarga chidamliligini aniqlashdir. SES asosida o’zidan changlatilgan liniyalar bo’yicha ish olib borishda ham mahsus ko’chatzorlardan foydalaniladi. “SWOT-tahlil” metodi. Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. S – (strength) kuchli tomonlari W – (weakness) zaif, kuchsiz tomonlari O – (opportunity) imkoniyatlari T – (threat) to’siqlar Namuna: Qishloq xo’jalik ekinlari urug’ini ko’paytirishda innovatsion texnologiyalar tizimining SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
Download 249.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling