1-amaliy mashg’ulot. Yer yuzidagi suv va energiya manbalari. Reja
Issiqlik, gidravlik va gidroakkumulyasion, to‘lqinlar, geotermal,atom, quyosh, shamol, biomassa va boshqa energiya turlari
Download 151.58 Kb.
|
1-amaliy mashg’ulot. Yer yuzidagi suv va energiya manbalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atom elektrostansiyalari (AES)
- Suv energiyasi. Gidroelektrostansiyalar (GES)
- Geotermal energiya.
- Shamol energiyasi.
Issiqlik, gidravlik va gidroakkumulyasion, to‘lqinlar, geotermal,atom, quyosh, shamol, biomassa va boshqa energiya turlariIssiqlik elektrostansiyalari (IES), organik yoqilg‘ilar(ko‘mir, neft mahsulotlari va gaz)ni yoqish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasini elektroenergiyaga aylantirib beruvchi energetik agregatlardir. Organik yoqilg‘ilardan bir marta foydalanilgandan sung undan qayta foydalanib bo‘lmaydi. SHuning uchun ularni qaytalanmaydigan energiya manbalari ham deb ataladi. Qaytalanmaganligi uchun ulardan tejab-tergab foydalanish xamda ularning o‘rnini bosadigan boshqa arzon elektroenergiya olish mumkin bulgan usullardan foydalanish lozim. Shuning bilan bir katorda, issiklik elektrostansiyalarinig chiqindilari atrof-muhitga katta zarar yetkazadi. Atom elektrostansiyalari (AES) atom (yadro) energiyasini elektroenergiyaga aylantirib beradi. Atom reaktori energiya generatori hisoblanadi. AES yadro yoqilg‘isi(o‘ran, plutoniy va boshqalar)da ishlaydi. YAdro yoqilg‘isining zahiralari organik yokilg‘ilar zahiralaridan katta miqdorda ko‘pdir. Suv energiyasi. Gidroelektrostansiyalar (GES) – gidrotexnik inshootlar va energetik jihozlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning yordamida suv oqimi energiyasi elektroenergiya aylantirib beriladi. GESlarni kurish natijasida ham atrof muhitga zarar etkaziladi: daryolar oqimi to‘silishi bilan ularning o‘zani o‘zgarib ketadi, juda katta maydon suv ostida qoladi, flora va faunaga katta zarar etkaziladi. Issiqlik energetikasiga qaraganda suv oqimi energiyasining asosiy xususiyatlaridan biri, uning qaytalanib turishidir (3-rasm). GESlarning yana bir turi, nasos va turbinalar bir-biriga joylash-tirilib ishlatiladigan gidroakkumulyasion GESlardir. Bunday GESlar-ning yuqori befi suv ombori yoki daryo bo‘lishi mumkin.YUqori bef sifatida yuqorida joylashgan ko‘l (oqmaydigan) yoki maxsus sun’iy qurilgan kichik suv ombori bo‘lishi mumkin. To‘lqinlar energiyasi. To‘lqinlar energiyasi ikki turga bo‘linadi: to‘lqinlar energiyasi va suv sathining ko‘tarilib-tushish energiyasi. Okean va dengizlardagi to‘lqinlar energiyasidan foydalanish, K.E.Sialkovskiy tomonidan 1935 yilda taklif qilin-gan. 1985 yilda dunyoda birinchi marta Norvegiyada 850 kVt quvvat-li to‘lqinlar elektrostansiyasi ishga tushirilgan. Quyosh, er va oyning bir chiziqda turib qolgan vaqtida okean va den- gizlardagi suv sathlari ko‘tarilib tushadi. Mana shu tabiatda sodir bo‘ladigan jarayondan foydalanib ham elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun dengizning biror qo‘ltig‘i to‘g‘on bilan berkitiladi. Suv sathi ko‘tarilganda, to‘g‘on tanasiga joylashtirilgan gidroagregatlardan suv qo‘ltiqqa o‘tadi va ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. Dengizdagi suv sathi tushganda qo‘ltiqdagi suv dengizga gidroagregatlardan o‘tkaziladi va yana ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. SHunday qilib sikl takrorlanayveradi. Geotermal energiya. Yer qa’rida juda katta issiqlik miqdori mavjud. Undan juda arzon va ekologik zararsiz bitmas-tuganmas energiya olish mumkin. Hisoblarga ko‘ra, er bag‘rida to‘plangan issiqlikdan olinadigan energiya, er yuzidagi hamma organik yoqilg‘i zahirasidan olnadigan energiyadan bir necha barobar ko‘p ekan. Ammo bu Issiqlik energiyasi faqatgina er ostidagi qaynoq suvlardan olinadi xolos.Shamol energiyasi. Bug‘ dvigatellari paydo bo‘lguncha, Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda shamol energiyasidan juda katta masshtabda sanoatda va qishloq xo‘jaligida ko‘llanib kelingan. SHamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar, katta alohida shamol generatorlari yaratish va ularning energiyasidan ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulashdan va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan iboratdir. Download 151.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling