1. Analitik modellarning kamchiliklari


Imitasion modellashtirish bosqichlari va umumiy sxemasi


Download 314.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi314.5 Kb.
#1741303
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-maruza Matem model

3. Imitasion modellashtirish bosqichlari va umumiy sxemasi. Imitasion 
modellashtirish usulining asosiy bosqichlari kuyidagicha: 
1. Ichki va tashqi ta’sirlarni modellashtirish.
2. Modellashtirilgan sistema ishini xuddi o’ziday aks ettirish.
3. Modellashtirish natijalarini izohlash va qayta ishlash.
Imitasion modellashtirish usulining umumiy sxemasini keltiramiz.
Usulning yuqorida sanab o’tilgan bosqichlari kirish va tashqi ta’sirlarning turli 
to’plami uchun, modellashtirishning ichki I siklini tashkil etib, ko’p marta 
takrorlanadi. Tashqi II siklda modellashtirilgan sistemaning berilgan variantlari 
qarab chiqiladi. Optimal variantni tanlash tadbiri variantlarni qarab chiqishni 
boshqaradi, imitasion modelga, ichki va tashqi ta’sirlar modeliga mos tuzatishlar 
kiritadi. Sistema modelini tuzish, mashina eksperimenti natijalari bo’yicha 
modelning aniqligini nazorat qilish va uni tuzatish tadbiri modellashtirishning 
natijalariga bog’lik holda ichki sikl bloklarini beradi va keyin o’zgartiradi.
Shunday qilib, sxemada tashqi III sikl paydo bo’ladi, bu sikl modelni 
shakllantirish, nazorat qilish va tuzatish bo’yicha tadqiqotchining faoliyatini aks 
ettiradi. Imitasion modellashtirish usuli nihoyatda murakkab masalalarni yechish 
imkonini beradi.
Modelni tuzish va unga 
tuzatish kiritish
Модел-
ловчи 
алго-
ритм 
Моделлаш 
натижаларини 
изоҳлаш ва 
қайта ишлаш
III цикл 


Ichki va tashqi
ta’sirlarni
modellash
Bu usul sonli usul hisoblanadi. Uni Monte – Karlo usulini murakkab 
sistemalar holiga umumlashtirish deb hisoblash mumkin. Imitasion modellarni 
ro’yobga chiqarish uchun yuqori unumdorlikdagi EHM zarur bo’ladi. 
Modellashtirish uchun yuqori darajali algoritmik tillardan, masalan, Fortran, 
Paskal kabilardan foydalaniladi. Ammo tizimlarni modellashtirish masalalari qator 
xarakterli xususiyatlarga ega, bu esa modellashtirishning katta sondagi muammoga 
yo’naltirilgan tillarini ishlab chiqishga olib keldi. Bunday tillardan Simula,
Simskript, Delphi va boshqalarni eslatish zarur.

Download 314.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling