1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari


Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan; Al-Xatim


Download 37.95 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi37.95 Kb.
#1634019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arab xalifaligi

Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan;

Al-Xatim – xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan;

Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bo‘lgan. U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan. Yo‘llarni, karvon-saroylarni, quduqlarni quri-lishiga rahbarlik qilgan;

Al-Mustaqilot - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish vazifasini bajargan.

Ushbu ko‘rsatilgan to‘rtta devon Umaviylar davrida tashkil topgan bo‘lsa, Abbosiylar davrida devonlarning soni 10 taga yetadi. Devonlarning boshida xalifa tomonidan tayinlanadigan ministr, ya’ni rais-ud-devon turardi. Yuqoridagilardan tashqari, davlat xazinasi - bayt-al-mol ham bo‘lib, u zakot solig‘ini undirish ishlarini yuritgan.



Armiya. Dastlab armiya asosan arab qabilalaridan va ko‘ngillilardan iborat edi. Xalifa oliy bosh qo‘mondon hisoblangan. U armiyadagi oliy va o‘rta darajadagi zobitlar tarkibini tayinlagan va almashtirib turgan. Uma-viylar davrida har bir viloyatning o‘z qurolli kuchlari (otryadlari) mavjud edi. Ularga tegishlicha viloyat hukmdorlari boshchilik qilgan. Abbosiylar davrida ulkan harbiy dengiz floti tashkil etiladi.

Sud. Sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy hokimiyatlar sudyalarning qaroriga aralashish huquqiga ega bo‘lmaganlar.
Download 37.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling