1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- الجامع الصحيح
№1 1.Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari Ma’lumki, VIII asrdan boshlab arab yozma adabiyoti shakllanadi.Matn tuzish masalalarining eng asosiysi bevosita Qur’oni karim matni bilan bog‘lanadi. Qur’onni jamlash uning turli sahifalardan iborat bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra suralarni tartib bilan joylashtirib, bitta mushaf (muqova) ostida yig‘ish matn tuzish ishlarining aniq belgilangan prinsiplari asosida bajarilgan. Qur’onni bu tarzda jamlash Muhammad alayhissalom hayotligida amalga oshirilmadi. U paytda Qur’on to‘laligicha sahobalarning qalblaridan joy olgan edi. Payg‘ambar alayhissalom vafotidan keyin aksariyat arablar dindan qaytadilar. Musaylimatul kazzob payg‘ambarlik da’vo qilib chiqadi. Bularga qarshi kurashda Abu Bakr Siddiq YAmomada jang olib boradi. Jangda juda ko‘p Qur’on hofizlari shahid bo‘ladi. Bu voqeadan so‘ng Umar ibn Xattob Qur’onni yod bilgan qorilarning o‘limi tufayli Qur’on oyatlari unutilishidan qo‘rqadi. Abu Bakr Siddiq Umar ibn Xattobdan Qur’onni jam qilishga buyurishini so‘raydi.Qur’on matni unutilish, qo‘shilish yoki buzilishidan xavflanib, qayta ko‘chirildi. Bu ish Zayd ibn Sobitga topshiriladi. U xurmo po‘stloqlariga, toshlarga yozilgan oyatlarlarni yig‘ib, oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib, Qur’onni jamlay boshlaydi. Qur’on sahifalari dastlab Abu Bakr Siddiqda, uning vafotidan so‘ng Umar ibn Xattobda, so‘ngra Umar ibn Xattobning qizi Hafsada saqlandi. So‘ngra Usmon ibn Affon xalifaligi davriga kelib qiroatda ixtilof paydo bo‘lishi sababli sahobalar orasida xavfsirash kuchaydi. Shuning oqibatida Usmon ibn Affon Umar ibn Xattobning qizi Hafsadan Mushafni ko‘chirib olish uchun berib turishini so‘raydi. Ular Mushaf nusxalarini ko‘paytira boshladilar Usmon ibn Affon ko‘chirilgan nusxalarni dunyoning to‘rt tarafiga jo‘natdi va Qur’onning ushbu nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib yuborishni buyurdi. Zayd ibn Sobit Qur’onni jamlagan birinchi kotib hisoblanadi. Mushaf matnini tayyorlashda eng yaxshi yozadigan, arab tilini yaxshi biladigan hamda Qur’on quraysh tilida nozil bo‘lganligi sababli qurayshlik ilm kishilari tanlangan. Abdusattor Shayxning “Abdulloh ibn Mas’ud” kitobida Qur’on matnini jamlashdagi usmoniy usulning asosiylari quyidagilar deb ko‘rsatiladi: 1. Qur’on matni uchun Hafsa onamizda saqlangan Qur’on juz’lariga suyanish asos bo‘ldi. Bu juz’lar Payg‘ambar alayhissalom buyruqlari bilan yozilgan asliyatga to‘la muvofiq edi. 2. Har bir oyatning manbasi aniqlandi. Ixtilofli hollarda quraysh lug‘atiga murojaat etildi. 3. Qur’onni jamlash hay’ati Payg‘ambar alayhissalomdan sobit bo‘lgan muborak so‘z yo jumlani yozishda uni bitta jihat bilan chegaralab, qusurli qilib qo‘yadigan har qanday alomatdan saqlandi. 4. Bosh Mushafni kitobat qilish ishi tugagach, endi barcha mushaflar bosh Mushafdagi tartibda ko‘chirilishi uqtirildi. Zayd ibn Sobit bosh Mushafni bir necha marta sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. Keyin musulmonlar xalifasining o‘zi ham bu Mushafni e’tibor bilan ko‘chirib chiqdi va hech narsa unutib qoldirilmaganini ta’kidladi A. Habibullayev ilk islom davri madaniyatida matnni tiklash ishlari uch xil shaklda bajarilganligini qayd etadi. Olimning tekshiruvlari bo‘yicha, bular: mavjud matnlarni aynan ko‘chirish, asarning mazmunini o‘z talqinida bayon etish va folklor matnshunoslikdir Matnshunoslikning shakllanib borishi yana qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariylarning manbalarni yig‘ish, saqlash va, asosiysi, matn yaratishdagi ilmiy-nazariy xulosalari hamda olib borgan amaliy ishlari bilan bog‘lanadi. Xususan, Forobiyning xattotlikka oid “Xattotlik haqida kitob”(“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik mahorati masalalariga ahamiyat qaratgan Har bir oyatning nozil bo‘lish o‘rni, vaqti, sababi insoniyat tarixida hayotining barcha jihatlari eng kichik nuqtalarigacha to‘la qayd etib borilgan yagona shaxs Muhammad alayhissalomning hadislari orqali o‘ta aniqlik va butun tafsilotlari bilan o‘rganilgan. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy 600 ming hadis to‘plagan. Hadislarni jamlashda to‘qson ming kishi huzurida bo‘lgan. Ushbu hadislar ichidan saralangan 7 mingdan ortiq sahih hadisni o‘n olti yilda yozib tugatgan mashhur الجامع الصحيح (“Sahih hadislar to‘plami”) kitobiga kiritgan. Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling