1. Arablar bosqini Arablar davrida ijtimoiy hayot va boshqaruv tuzumi Somoniylae hukmronligida boshqaruv tuzumi
Download 34.52 Kb.
|
ozb davlatchiligi
Mavzu: Arablar hukmronligi davridagi mahalliy boshqaruv tuzumi Reja: 1.Arablar bosqini 2.Arablar davrida ijtimoiy hayot va boshqaruv tuzumi 3.Somoniylae hukmronligida boshqaruv tuzumi Arablar istilosi va hukmronligi davrida 0 ‘rta Osiyo. Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri - bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri 0 ‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va 0 ‘rta Sharq, shimo- liy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtiso- diy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilo- chilari xususida, shubhasiz, eng asosiy ma’lumotlami arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al-buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg‘am- barlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632), ketma-ket “Xulofoiy Rashoddin” (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661-yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. 0 ‘zaro qabi- lalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘mi nihoyatda katta boidi. VII asming ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib, o‘z chegara- larini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va 0 ‘rta Sharqning boy viloyatlari q o ig a olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar o‘z yurishla- rini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Sosoniylaming so‘nggi vakili Eron shohi Yozdigard III (632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi, Lekin Ka- disiya (636) va Nahavand (642)dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshat- qich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilin- gan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo boigan edi. 643-644-yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab, Xurosonning janubdagi darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq toiash majbu- riyatini oladilar. Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo‘shini tomonidan istilo qilinishi. VII asr o‘rtalariga kelib, xalifalik e’tibori 0 ‘rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallay- dilar, so‘ngra Amudaryogacha boMgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hudud- lami Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan no- ib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryo- dan shimoldagi boy viloyatlami istilo etishga tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlami arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kid- lab o‘tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo‘shini Amudaryo atrofidagi hu- dudlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’- lum oMjalami qoMga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlami yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So‘fiyonning 654-yilda Maymurg‘ga, 667-yilda Chag‘oniyonga, 673-yilda uning o‘gMi Ubaydulla ibn Zi- yodning Amudaryodan o‘tib, Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so‘ngra Buxo ro hukmdorini yengib, o‘z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qoMga ki- ritishi va, nihoyat, 675-676-yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Sa marqand tomon qo‘shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlami yengib, katta boy- lik va ko‘p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular 0 ‘rta Osiyo hu- dudlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. OMkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xusu- san, 704-yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun 0 ‘rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuk- lanadi. Qutayba 707-yilda Amudaryodan o‘tib, Poykandni egallash sari harakatla- nadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shahami qoMga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og‘ir janglar bilan fath etiladi. 710-yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug‘dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radi. Shu orada Xorazm shohi Chag‘on o‘z ukasi Xurzod boshchiligida ko‘tarilgan xalq qo‘z- g‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib, Xorazmga yurish boshlaydi. Xurzod tor-mor qilinadi va oMdiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe boMib, uning bojdoriga aylanadi. Chag‘onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712-yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G‘urak ) edi. G‘urak arab qo‘shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng boMmaganligi sababli yengiladi. Qutayba bilan G‘urak (709-738) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, u arablarga bir yoMa 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to‘- lash, 30 ming baquvvat yigitlami qul o‘rnida berishi ko‘zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi -Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etiladi. Arab qo‘shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab, 0 ‘rta Osiyoning sharqiy hudud larini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay, oMkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ish- g‘ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg‘inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo‘ravonlik o‘tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo‘lyozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko‘plab ibodat- xonalari, muqaddas qadamjolari kunpaya-kun etildi. Ulug‘ bobokalonimiz Beruniy o‘zining “0 ‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida achchiq alam bilan ta’- kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlami o‘l- dirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So‘ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlami yo‘q qildilar. Musulmon- chilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ulaming nazarida g‘ayritabiiy hoi hisoblanib, ayovsiz yo‘q qilindi. Bulaming o‘miga arablar aholi- dan olingan mo‘may daromadlar, to‘lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjid-u madrasalar, xonaqolar, maqbaralar barpo etib, odamlami ularga da’vat etdilar. Yur- timiz jilovini qoiga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulm-u asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o‘lponlarni joriy etdilar. Arab xalifaligining 0 ‘rta Osiyoda yuritgan siyosati. Boshqaruv tizimi. Soliq siyosati: xiroj, ushr, jizya, zakot, fitr. Aholining majburiyatlari. Mahal liy madaniyatning ta’qib etilib, arab madaniyatining targ‘ib etilishi Shahar- larga arab qo‘shinining joylashtirilishi, arab tilining rasmiy tilga aylantirili- shi. Arablar 0 ‘rta Osiyoni bosib olgach, bu hududdagi hamma shaharlar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun og‘ir yuk boiib qoldi. Istilochilar awal boshda Movarounnahming hunarmandchilik va savdo sha- harlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ulami taladilar va katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. 0 ‘lkalami bosib olish chog‘ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina joy- larda qurg‘oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o‘ljalar, Buxoro, Poykand va So‘g‘d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi. Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan sa- farbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok boidi, bir qis- mi asir olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashti- rishgan arablar shu harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirishar, ulami turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylaming qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar deh qonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘masha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolami ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan be- pul foydalanar edilar. Shu bilan birga, mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shini- ni ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab tu- rishi kerak edi. Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig‘i ham qo‘shildi. Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqaror- ligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor ber- dilar. 0 ‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, bud- dizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa, zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodat- xonalari yo‘q qilindi. Uning o‘miga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan, diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi. “Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini qi- rib tashlab, ulaming kitob va qoiyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yoz- gan edi Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ulaming faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat o‘zlari uchun mos boigan xotiralargina saqlanib qoldi”. So‘g‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon boigan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya soligini o‘z vaqtida toiamagan kishilar tutib olinib, bo‘yinlariga “qarzdor” deb taxtachalar osib qo‘yilgan. Qutaybaning oiimidan so‘ng, arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mav- qeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda b o ia boshlaydi. Sulaymon vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717— 719) - Umar II xorijiylar taiimoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiq- qan guruh boiib, ilk islom taiimoti tartiblarini va umumiy tenglik g‘oyalarini ilga- ri surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘y- sundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movaroun- nahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko‘ra, arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda, yangi musulmonlardan ham juz ya va xiroj soligi olish bekor qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on va Hadislarga qat’iy amal qilishni buyurdi. Arab feodal-zodagonlari turli yoilar bilan xiroj soligi yig‘a boshladilar. Xa lifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat soligi sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytiri- shni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719-yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq olish ko‘zda tutildi. Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib, Samarqand shahristonini qaytarib berishni so‘radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishi- ni so‘raydi. Samarqandliklar shikoyati ko‘rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foy- dasiga hal bo‘ldi. Qozi Samarqanddan arab gamizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan sa marqandliklar o‘z da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay qo'ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan soliqlami olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kucha- yib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi. Arab xaiifaligidagi ichki sulolaviy kurashning o‘lkamiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri. Abu Muslim boshchiligidagi harakat. Mustamlaka zulmining yanada kuchayishi. G‘urak va Divashtich. Xalq g‘alayonlari. Muqanna qo‘z- g‘oloni va uning tarixiy ahamiyati. 0 ‘rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo‘z- g‘olonlari. •Sug‘diyonada 720-722-yillarda G‘urak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon. •725-729-yillarda Samarqand, Buxoro, Xuttolondagi qo‘zg‘olon. •736-737-yillarda Tohariston va Sug‘ddagi qo‘zg‘olon. • 746-749-yi1larda Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida gi qo‘zg‘olon. •769-784-yillarda Muqanna qo‘zg‘oloni. •806-809-yillarda Rofe ibn Lais qo‘zg‘oloni. 720-722 yillarda So‘g‘diyonada yuz bergan G‘urak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olon arablar hukmronli- giga qarshi yo‘nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo'lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‘azabga kelgan o‘n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xaroshiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shaf- qatsizlik bilan bostirishga muvaffaq boMadi. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri - Di vashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729-yillar davomida xalifalikning ogMr so liq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko'tarilgan qo‘z- g'olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo‘zg‘olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norozilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to‘qnashuvi rostmona jang-u jadal tusini olgan. 736-737-yillarda Tohariston va Sug‘dda yangidan ko‘ta- rilgan kuchli qo‘zg‘olon o‘z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgan- di. Faqat Xuroson va Movarounnahming yangi hukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalami hal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo‘zg‘olon harakatlarini bartaraf etish, oMkada muvo- zanatni bir qadar saqlash mumkin boMdi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur boMdi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O'zi ham Buxorxudot Tug‘shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilarjuzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj soligM toMash barcha uchun baravar deb eMon qilinadi. VIII asr 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash boshlanadi. 748-yilda Abu Mislimning Xurosonda ko‘tar- gan qo‘zg‘oloni uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy Marvon 11taxtdan ag‘dariladi. 749-yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffoh taxtga ko‘tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilan- madi. Shu boisdan xalq qo‘zg‘olonlari tez-tez ko‘tarilib turdi. Muqanna qo‘zg‘oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida alohida o‘rin tutadi. Tarixda “oq kiyimlilar” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu qo‘zg‘olonga o‘z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg‘usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Ha kim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo‘ldi. Muqanna ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Abu Muslim qo‘zg‘olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayot- ning katta mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkar- boshi, keyin vazirlik darajasiga ko'tarilgan (757-759). 759-yilda Xuroson amiri Abdujabboming xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib, 769-yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan taniqli siy- mo bo‘lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh boMishi bu harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyor- garlik ko‘rish jarayonlarini ham hisobga olganda, 14 yilni o‘z ichiga oladi) sabab boMibgina qolmay, ayni chog‘da, arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo‘zg‘olon Marv- da boshlangan bo‘lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo‘zg‘oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naxshobu Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg‘ona vodiysi- ning ko‘p sonli aholisi ham quwatlab chiqdi. Qo‘zg‘olonning bosh g‘oyasi - Va tanimiz xalqlari, ulaming asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlar- dan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo‘lga kiritish g‘oyasi bo‘lgan. Ma- na shu yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi qo‘zg‘olonchilarga hayotiy ruh, ma’naviy madad bag‘ishlagan, ulaming uzoq vaqt davomida arablaming katta harbiy kuch- lari bilan jon berib, jon olishib kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo‘lgan. Biroq, shu bilan birga, qo‘zg‘olonga tortilgan aholining hamma ijti moiy tabaqalari ham shu ulug‘vor g‘oyaga sodiq bo‘lgan, unga oxirigacha amal qilgan, deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi, albatta. Negaki, qo‘zg‘olon kuchaygan kez- larda undan o‘z xudbin maqsadlari yo‘lida foydalanishni ko‘zlab, xalq kurashiga qo‘shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo‘lgan. Ular, keyinchalik, qo‘zg‘o- lon pasayishi va magiubiyat sari yuz tutgan kezda darhol xiyonat yo‘lini tutib, aj- nabiylar bilan til topib, ular tomoniga o‘tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat’i nazar, bir necha yillar da-vom etgan “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug‘ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilarli zarbalar berdi. Qo‘zg‘olon Muqannaga katta madad- kor, jangovar safardosh bo‘lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki G‘uriy, G‘aricha kabi xalq qahramonlarini ham yetishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar. 780-783-yillarda qo‘zg‘olon harakatlari so‘nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to‘plangan edi. Qo‘zg‘oIonning bosh tayanch nuqtasi - Som qal’asi ham shu joyda boigan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo‘shinlari katta ustunlikka ega boiib, ular ma halliy aholining yuqori tabaqalarini o‘z tomoniga jalb etib, qo'zg'olonchilami to- bora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o‘z tarafdorlari bilan so‘nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa dushman qoiida magiub boimay, o‘zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok boiadi. Bu voqea Beruniy maiumotiga ko‘ra, 783-yilda yuz beradi. Garchand Muqanna qo‘zg‘oloni yengil- gan boisa-da, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini toia namoyon etdi. Qo‘zg‘olon, ayni chog‘da, xalifalikning Movaroun- nahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukm- ronligining davom etishini shubha ostiga solib qo‘ydi. Eng muhimi, u erk va ozod- lik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida vatanparvarlik tuyg‘usini jo ‘sh urdir- di, ularni ajnabiy zolimlarga qarshi yanada shiddatkorlik bilan kurash olib borish- ga da’vat etdi. Ismoil Somoniy islohotlari. Davlatni boshqarish tartibiRuhoniylar mavqeyi. Buxoroning islom dunyosida nufuzli markazga aylanishi. Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun, avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu, ayniqsa, Is moil Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markaz lashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish boidi, Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi. Hokimiyatning eng yuqori pog‘onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somo- niyning ma’rifatli vazirlari Abu Abdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Mu hammad Balamiylarning xizmatlar katta bo‘lgan. Umuman, somoniylar hukmdor- ligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuyini dargoh va devonlarga boiinishi ma’lum darajada rasmiy boigan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko‘p xollarda devonlaming ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat “Sohibi Xoras” qo‘li ostida boigan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtdorlar, Otboqarlar, xo‘jalik beklari kabi turli xizmatchilar boigan. Saroydagi hamma xo‘jalik ishlarini “vakil” boshqargan. Vakil saroydagi e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o‘n devonga Buxoro registonida o‘nta maxsus bino qurilgan. Devonlar orasida vazir yoki “xo‘ja buzurg” devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo‘ysungan. U hamma ma’muriy, siyosiy va xo‘- jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Davlatni idora etishda “mustavfiy devoni” ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan. “Devon Amir al-mulk” yoki “al-rasayi” davlat ahamiyatiga molik boigan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, bu devon chet dav- latlar bilan boiadigan munosabatlami ham boshqargan. “Sohib ash-shurat” devoni davlatning butun harbiy ishlarini, shu jumladan, amirning shaxsiy qo‘shinini boshqargan. “Sohib ash-shurat”ning maxsus yordam- chisi - Aris boigan. U mahkama va uning boshligi amir qo‘shini xazinasi bilan shug‘ullangan. Qo‘shimcha bir yilda to‘rt marta maosh toiagan. Davlatni idora etishda “sohib al-borid” devonining ahamiyati ham juda katta boigan. Bu devon davlat ahamiyatiga molik boigan hujjatlarni va xabarlami yetkazish bilan shug‘ul- langan. Devonning hamma shahar va viloyatlarda mahalliy mahkamalari boigan. “Muxtasiba” devoni bozorlami, sotuvchilami, qadoqboshlaming og‘irligi, bozordagi mollaming narxini, sifatini nazorat qilgan. Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini “mushrif” devoni nazo rat qilgan. Bundan tashqari, “qozi az-ziya” va “vaqf’1devonlari boigan. “Qozi az- ziya” devoni davlat yerlarini, “vaqf” devoni hadya etilgan yerlami va musulmon ruhoniylarining boshqa mol-mulklarini nazorat qilishgan. Devonlarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari boigan. Devon- laming viloyatlardagi boshqarmalari, bir tomondan, o‘z devonlariga, ikkinchi to- mondan, viloyat hokimiga bo‘ysunishgan. Bundan faqat “Sohib al-borid” devoni- ning amaldorlari mustasno bo‘lgan. Viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan idora qilingan. Odatda, bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. So- moniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta’siri nihoyatda kuchli boigan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozim- lami o‘z qo‘llariga olishgan. Ruhoniylarning boshlig‘i “ustod”, keyinchalik “Shayx ul-islom” deb atalgan. “Ustod”dan so‘ng o‘z lavozimi bo‘yicha ruhoniylar orasida “xatib” turgan. U jome’ masjidlaridajuma namozida xutba o‘qish huquqi- ga ega boigan. Bu davrda Buxoro Sharqdagi islom olamining eng nufuzli markaz- laridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda bar- po etilishi ham bejiz emas. Soliq siyosati. Yer-suv munosabatlari. Mulkchilik shakllari. Iqto va iq~ todorlar. Koranda-barzikorlar, ularning majburiyatlari. Shaharlarning rivoj- lanishi. Hunarmandchilik. Savdo-sotiq ishlari. Savdo uyushmalarining tashkil topishi. Karvon savdosi. Karvonsaroylar. Yer egaligining quyidagi shakllari mavjud boigan. Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon, do‘konlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana yer egaligining toma (umrbod berilgan yer), iqto (merosiy) turlari boigan. Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zo- dagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisob- langan. Shartli yer egaligi ham boigan. Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan. Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbagirlaridagi lalmi yerlar. Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dir- hamni tashkil qilgan. Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Yer egalarining yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko‘pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alptegin- ning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlogi boiib, biror shahar yo‘q ediki, unda uning qasri yo bogi, yoxud karvonsaroyi boimasa. Uning tasaruffida ming- lab otlar va chorva mollari boigan. Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi nati- jasida Movaraunnahr va Xurosonda maium barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqt- da Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan. Tarix- chilar va geograflar bu boradajuda yaxshi ta’riflar yozib qoldirganlar. Ular bu yer- lar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va shaharlar borligi- ni, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar. Xuroson, ayniqsa, Movarounnahr dehqonchilik oMkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orishga asoslangan. Ko‘plab soy va dar- yolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan. Buxoro vohasida Sho- purkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg‘om), Barm- sish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlami suv bilan ta’min- lagan. Bundan tashqari, bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va Shoshda ham boMgan. Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga (833-842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yor- dam so‘ragan. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dalalarda bug‘doyning turli navlari, arpa, sholi va boshqa boshoqli ekinlar ekilgan. Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan. Paxta, ayniqsa, Zarafshon, Qashqadaryo va Marv vohasida ko‘p ekilgan. Bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bog‘larda olma, shaftoli, nok, behi, anor, anjir, yong‘oq kabi turli mevalar yetishtirilgan. Uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniq sa, Samarqand, Marv, Hirotda yetishtirilgan uzumlar juda qadrlangan. Umuman, Xuroson va Movarounnahming mevalari o‘zining turli navlari va yuqori sifatliiigi bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda ko‘p quruq mevalar Yevropaning turli shaharlarigajo‘natilgan. Umuman, somoniylar davrida Xuroson va Movarounnahr qishloq xo‘jaligi- ning turli tarmoqlari, xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davri da dehqonchilik bilan bir qatorda, hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqal- gan. Shahar aholisining ko‘p qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mash- hur boiishgan. Manbalarda qayd qilinishicha, Movarounnahrda, ayniqsa, to‘qima- chilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar o‘zining yuqori sifatliiigi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib tur- gan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vador va Surxondaryodagi Darzangi to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron va Hindistonda ham ma’lum bo‘lgan. Xususan, Narshaxiyning yo- zishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta boigan. Ibn Xavqal va Muqaddasiyning qayd etishicha, Vadorda tayyorlangan yu qori sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasidajuda qadrlangan. Bu gaz- lamalardan, asosan, amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar o‘zlariga liboslar tik- tirganlar. Vador gazlamasi, hatto Xuroson parchasi ham deb atalgan. Gazlamalar- ning turli navlari, bundan tashqari, Keshda, Nasafda, Dabusiyada va ko‘pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan. Kulolchilik ham somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqich- lariga ko‘tarilgan. Kulolchilik charxini yanada mukammallanishi natijasida idish- lami bezashda sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu borada katta yutuq bo‘ldi. Natijada idishlami turlari ham, shakllari ham ko‘paydi. Ularning sifati keskin dara- jada oshdi. Idishlar turli rangdagi sirlar bilan bezatila boshlandi. Manbalarda qayd qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binkat va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Epigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, diqqatga molikdir. Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik izlanishlarga qaraganda, ku- lollar shaharlarda mahalla-mahalla boMib yashaganlar. Mana shunday mahallalar Samarqandda, Marvda, Axsikatda, Termizda ochib o‘rganilgan. Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. 0 ‘rta Osiyo shishasozlari turli shakldagi katta-kichik shisha idishlami tayyorlaganlar. Idishlar, asosan, ko'kimtir va shaffof rangdagi shishalardan tayyorlangan. Ularning ma’lum qismi naqshlar bilan bezatilgan. Shishasozlarning ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykand kabi shaharlarda ochib o‘rganilgan. 0 ‘rta Osiyo shishasozlarining mahsulotiga boshqa o‘lkalardaehtiyoj katta bo‘lgan. Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritil- gan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga qaraganda bu davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu davrda Badax- shonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan. Ustrushonaning Mink tumanida katta miqdorda temir rudasi, Buttamda oltin, kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon koMida tuz, Farg‘onadagi Nokad degan joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‘mir qazib olingan. Far- g‘onada neft ham borligi yozma manbalarda qayd qilingan. 0 ‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivoj langan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib, un- dagi qog‘ozlarning mahsuloti faqat 0 ‘rta Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevro- pada ham mashhur boMgan. Samarqand qog‘ozining olti navi manbalarda qayd qi lingan. Yuqorida qayd qilingan hunarmandchilik turlaridan tashqari, somoniylar davrida 0 ‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik, duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj topgan. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatnig paydo boMishi dehqon- chilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming taraqqiyoti, o‘z navbatida, ichki va tashqi savdoni yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan, shahar va qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivoj- landi. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa, karvon yoilari bo‘ylab joylashgan, shaharlar da bir nechtadan bozorlar boMgan. Buxoro, Xo‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum boMgan. Istahriyning yozishicha, Samarqandda Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga hamma yerdan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa oMkalarga tarqalgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlaming ham o‘rni katta boMgan. Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda yozishlaricha, bu shaharda somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi oMkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib boiisligan. Slialmr hokiinlari savdogarlar uchun hamma shart-sharoitlarni tug'dirib berishga Imrnkal qilganlar. Shaharda o‘nlab kar- vonsaroylar mavjud boigan, ular bo/oi>',a yaqin joylarda joylashgan. Savdo rasta- lari karvonsaroyning o'zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yoilarda ham qurilgan. Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondi- rishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qi- lishgan, o‘z navbatida, dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan. 1X-X asrlarda O'rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmanchilar bilan chegaradosh boigan shaharlaming ahamiyati katta boigan. Download 34.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling